Uy qamog‘idagi shaxslarni elektron braslet orqali nazorat qilish tartibi tasdiqlandi
9 dekabr 2024, 09:19

Uy qamog‘idagi shaxslarni elektron braslet orqali nazorat qilish tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llangan va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarni elektron braslet orqali masofadan turib nazorat qilish tartibi tasdiqlandi. Elektron brasletlar 2025-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich qo‘llanadi.

Bashar Asad oilasi bilan Rossiyaga uchib keldi
8 dekabr 2024, 22:55

Bashar Asad oilasi bilan Rossiyaga uchib keldi

Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad oilasi bilan Rossiyaga uchib keldi, deb yozmoqda TASS Kremldagi manbasiga tayanib. Ta’kidlanishicha, Rossiya insonparvarlik nuqtai nazaridan ularga boshpana bergan.

Mamlakatlar Suriyada Bashar Asad rejimi qulaganini qanday qarshiladi?
8 dekabr 2024, 21:42

Mamlakatlar Suriyada Bashar Asad rejimi qulaganini qanday qarshiladi?

Suriyada isyonchilar Damashqni egallab, prezident Bashar Asad rejimini ag‘dardi. Mamlakatdan qochib ketgan prezidentning qayerdaligi noma’lum. Dunyo mamlakatlari yetakchilari uning hokimiyati qulagani haqida nima demoqda? Tafsilotlar.

Talabalarga Work and Travel dasturlari doirasida yo‘l xarajatlari uchun ssuda beriladi
8 dekabr 2024, 14:47 7

Talabalarga Work and Travel dasturlari doirasida yo‘l xarajatlari uchun ssuda beriladi

Prezident TIVga o‘qish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun Buyuk Britaniya, Germaniya va boshqa davlatlar bilan viza tartibini soddalashtirishga erishish bo‘yicha topshiriq berdi. Yoshlar agentligi rahbari Work and Travel dasturi ishtirokchilariga yo‘lkira xarajatlari uchun ssuda ajratilishini ma’lum qildi.

Janubiy Koreya sobiq mudofaa vaziri hibsga olindi
8 dekabr 2024, 13:28

Janubiy Koreya sobiq mudofaa vaziri hibsga olindi

Janubiy Koreya sobiq mudofaa vaziri Kim Yong Xyon tergov doirasida hibsga olindi. Prokuratura qo‘zg‘olon va hokimiyatni suiiste’mol qilish bilan bog‘liq ikkita jinoyat ishini tergov qilmoqda.

Prezident Asad Damashqni tark etdi — OAV
8 dekabr 2024, 10:52

Prezident Asad Damashqni tark etdi — OAV

Isyonchilar hujumlari oqibatida Suriyada prezident Bashar Asadning 24 yillik avtoritar boshqaruvi tugadi, u Damashqni noma’lum yo‘nalishda tark etdi, deb yozmoqda OAV o‘z manbalariga tayanib. Mamlakat bosh vaziri hokimiyatni topshirishga tayyor ekanini bildirdi.

Qishning birinchi jiddiy sovug‘i: Nimalar qilmoq kerak?
8 dekabr 2024, 09:07 1

Qishning birinchi jiddiy sovug‘i: Nimalar qilmoq kerak?

O‘zbekiston 8−11-dekabrda joriy qish mavsumida birinchi marta anomal sovuqlik muhitiga yaqin bo‘lgan ob-havo o‘zgarishlari bilan to‘qnashadi. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov bunda energetika, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar haqida “Gazeta.uz” uchun material tayyorladi.

Janubiy Koreya parlamentida prezident impichmenti uchun yetarlicha ovoz to‘planmadi
7 dekabr 2024, 18:43

Janubiy Koreya parlamentida prezident impichmenti uchun yetarlicha ovoz to‘planmadi

Janubiy Koreya parlamenti prezidentga impichment e’lon qilish uchun ovoz berishda yetarlicha ovozni to‘play olmadi: hukmron partiyaning 108 deputatidan 105 nafari majlislar zalidan chiqib ketib, ovoz berishdan bosh tortdi. Muxolifat prezidentni javobgarlikka tortishga urinishlarini to‘xtatmasligini bildirdi.

2025-yilda O‘zbekistonda isitish va issiq suv tariflarini ikki marta oshirish rejalashtirilgan
7 dekabr 2024, 18:13

2025-yilda O‘zbekistonda isitish va issiq suv tariflarini ikki marta oshirish rejalashtirilgan

O‘zbekistonda isitish va issiq suv ta’minoti tariflari 2025-yil davomida 15 foizdan ikki marta oshirilishi mumkin. Toshkentda bahorda narxlar oshishi rejalashtirilgan. Shuningdek, to‘lov tizimini qayta ko‘rib chiqish ham muhokama qilinmoqda.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari iyun oyidan beri birinchi marta kamaydi
7 dekabr 2024, 17:42

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari iyun oyidan beri birinchi marta kamaydi

Noyabr oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 1,67 milliard dollarga qisqarib, 43,1 milliard dollarga tushdi. Ko‘rsatkich oltin narxining pasayishi fonida iyun oyidan beri birinchi marta kamaydi. Markaziy bank 9 tonna qimmatbaho metall xarid qildi.

Siberian Wellness kompaniyasi Orol dengizi tubiga 5 mingdan ortiq ko‘chat ekdi
7 dekabr 2024, 17:00

Siberian Wellness kompaniyasi Orol dengizi tubiga 5 mingdan ortiq ko‘chat ekdi

Siberian Wellness kompaniyasi “100 Ga” xalqaro ekologik loyihasi doirasida Orol dengizi tubiga 5000 dan ortiq ko‘chat ekdi.

Avtobuslarda yo‘l kirani naqd pulda to‘lovchilar chiptani endi bekat va infokiosklar orqali sotib oladi
7 dekabr 2024, 16:54

Avtobuslarda yo‘l kirani naqd pulda to‘lovchilar chiptani endi bekat va infokiosklar orqali sotib oladi

1-yanvardan Toshkent shahrida avtobus salonlarida yo‘l haqini naqd pulda to‘lash taqiqlanadi. Yo‘l kirani naqd pulda to‘lovchilar bir martalik chiptani Paynet, MultiPay va Oson infokiosklari orqali sotib olishi mumkin bo‘ladi.

Og‘ir surunkali kasallikka chalingan shaxslarning subsidiya olishdagi muammolari yuzasidan SSVga senator so‘rovi yuborildi
7 dekabr 2024, 15:07

Og‘ir surunkali kasallikka chalingan shaxslarning subsidiya olishdagi muammolari yuzasidan SSVga senator so‘rovi yuborildi

Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi og‘ir surunkali kasallikka chalingan shaxslar subsidiya olishda muammolarga duch kelayotganini ma’lum qildi. Bu yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga senator so‘rovi yuborildi.

Aktrisa Halima Ibragimova vafot etdi
7 dekabr 2024, 11:16 3

Aktrisa Halima Ibragimova vafot etdi

“Mirzo” teatri aktrisasi Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etdi. Avvalroq uning sog‘lig‘ida muammolar bo‘layotgandi.

Qishloq xo‘jaligi hamda veterinariya va chorvachilik sohalarida institutlar tashkil etiladi
7 dekabr 2024, 10:47

Qishloq xo‘jaligi hamda veterinariya va chorvachilik sohalarida institutlar tashkil etiladi

Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlari hamda veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari tashkil etiladi.

Toshkent islom institutiga yangi rektor tayinlandi
7 dekabr 2024, 09:44

Toshkent islom institutiga yangi rektor tayinlandi

Uyg‘un G‘afurov Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori lavozimiga tayinlandi. Bungacha u O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori edi.

Nima tayyorlaymiz: mayonezli salatlar
7 dekabr 2024, 08:43

Nima tayyorlaymiz: mayonezli salatlar

“Qo‘ziqorinzor” salati, “Olive”, “Shuba ostidagi seld”, tovuq va ananasli “Nafosat” salati va mayonezli boshqa salat retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.

Janubiy Koreya prezidenti harbiy holat joriy etgani uchun uzr so‘radi
7 dekabr 2024, 08:08

Janubiy Koreya prezidenti harbiy holat joriy etgani uchun uzr so‘radi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol xalqqa murojaat qilib, harbiy holat to‘g‘risidagi qarori uchun uzr so‘radi va ta’zim qildi. “Qaror dilxunlikdan qabul qilingandi”, — degan yetakchi lavozimida qolish masalasini o‘z partiyasi ixtiyoriga qoldirishini ta’kidladi.

Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olganlar tabiatga 65 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdi
6 dekabr 2024, 22:15

Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olganlar tabiatga 65 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdi

Toshkent viloyatida Chirchiq daryosidan qum-shag‘al aralashmasi qazib olinishi oqibatida tabiatga 65,3 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Maxsus texnikalar jarima maydoniga joylashtirilib, to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi. Yil boshida noruda materiallar qazib olishga moratoriy joriy qilingandi.

Prezident “G‘elon” turistik zonasini tashkil etishga doir qarorni imzoladi
6 dekabr 2024, 21:51

Prezident “G‘elon” turistik zonasini tashkil etishga doir qarorni imzoladi

Shahrisabzda “G‘elon” turistik-rekreatsion zonasi avval ko‘zda tutilganidan kattaroq — 2,9 ming gektar maydonda quriladi. Bu uchun rossiyalik investorlardan 300 mln dollar jalb qilish, qurilishni 2030-yilgacha 3 bosqichda yakunlash rejalashtirilmoqda. Prezident loyihani bajarish chora-tadbirlarini belgilab berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting