Tojikistonda tunda sodir bo‘lgan zilzila epitsentriga yaqin joylashgan bir qancha qishloqlarda mahalliy aholining uylari va avtoyo‘llar qisman zarar ko‘rdi. Biroq asosan poydevorsiz xo‘jalik inshootlari shikastlangan. Insonlar o‘rtasida qurbonlar qayd etilmagan.
36 yoshli xonanda Dilmurod Daliyev o‘zi bilan birga yashab yurgan ayolni o‘ldirganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, san’atkor ayolga bir necha marta pichoq urib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan.
Poytaxtning elektr energiyasiga bo‘lgan 75 foizlik talabini qondirish maqsadida Toshkent viloyatida umumiy quvvati 2400 megavatli 4 ta quyosh fotoelektr stansiyasi barpo etiladi. Ularning 3 tasi Xitoy kompaniyalari ishtirokida quriladi.
Qamchiq dovonida kalava ip ortilgan IVECO rusumli yuk mashinasi kabina qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisada hech kim jabrlanmadi.
Prezident 2024 yilgacha 34 turdagi oziq-ovqat va tovarlar — pishloq, tvorog, shokolad, qandolat mahsulotlari, olma, nok, behi, yogurt, kefir, sut mahsulotlari, makaron, cho‘chqa go‘shti importiga 2024 yilgacha nol stavka joriy etilishini tasdiqladi. Piyoz, salat bargi importiga ham imtiyozlar joriy etilmoqda.
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi 23 mart kuni referendum o‘tkazuvchi 14 ta okrug komissiyalarini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi va ularning tarkiblari tasdiqladi.
«O‘zavtosanoat» kompaniyasi raisi, Bosh prokuratura departamentining sobiq rahbari Shavkat Umurzoqov Toshkent hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deya «Gazeta.uz»ga hukumatdagi manbalari ma’lum qildi.
O‘zbekistonda yaqin kunlarda yana zilzila kuzatilishi haqida tarqalgan xabarlar asossiz. Seysmologiya instituti xodimi Qaharbay Abdullabekov bir hududda bo‘lgan zilzila ikkinchisini keltirib chiqarmasligi, faqat uning ortidan ayrim aftershoklar kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.
Qurilish vazirligi va First Developing Group kompaniyasi Toshkentdagi Parkent Plaza turar joy majmuasi fasadining yorilishiga zilzila sabab bo‘lganini rad etdi. Yoriqlar 2020−2021 yillarda yomg‘ir va sifatsiz g‘isht mahsulotlari tufayli yuzaga kelgani va kompaniya yetkazib beruvchini sudga bergani ma’lum bo‘ldi.
2016−2019 yillarda Qarshi shahriga hokimlik qilgan Jamshid Fozilov 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. U Jinoyat kodeksining 4 ta moddasi bilan aybli deb topildi. Shuningdek, 2 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilindi.
Vazirlar mahkamasi qarori bilan nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nafaqa hamda parvarishlash nafaqasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan «proaktiv shakl»da tayinlanadi.
UzAuto tomonidan Nurafshonda bayram sayli tashkil qilinib unda mehmonlar ko‘ngillarini shod etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.
O‘zbekistonda 1 maydan ijtimoiy reyestrga kirgan aholiga mol, qo‘y va parranda go‘shti, tuxum va o‘simlik yog‘i xarid qilsa, qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytariladi. Shuningdek, aholiga berilgan yerlarda ko‘chat, urug‘, o‘g‘it va texnika yetkazib berish uchun jami 500 milliard so‘m beriladi.
1 maydan huquqbuzarlik uchun belgilangan jarimalarga 15 kun ichida to‘lansa, 50 foiz, 30 kun ichida to‘lansa, 30 foiz chegirma beriladi. Tartib sud qarorlariga asosan qo‘llanadigan jarimalar uchun ham amal qiladi.
O‘zbekiston va Malayziya islom moliyasi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash doirasida hamkorlik qiladi. 2023 yil Malayziya Yutara universiteti huzuridagi islom biznes maktabi delegatsiyasi O‘zbekistonga amaliy safar uyushtiradi va respublika mutaxassislari uchun seminar hamda treninglar o‘tkazadi.
Jahon banki, Yevropa komissiyasi va BMT hamkorligida o‘tkazilgan yangi hisob-kitoblarga ko‘ra, Ukrainani urushdan keyin tiklash uchun kamida 411 mlrd dollar kerak bo‘ladi. Xarajatlarning eng katta qismi energetika sektoriga to‘g‘ri kelmoqda.
Fevralda O‘zbekistonga Shveysariyadan 86,5 mln dollarlik samolyot olib kelindi. 2023 yilning dastlabki ikki oyida esa qiymati 700 mln dollardan ortiq bo‘lgan 14 ta samolyot import qilindi.
Toshkentning Olmazor tumanida «Islomobod» jome masjidi ochildi. 2019 yilning oktabrida qurilishi boshlangan masjid xonaqohda 8 ming, hovli va yon-atrofidagi joylar bilan birga 13 ming kishini sig‘dira oladi.
Prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston rasmiylari bilan uchrashdi. Unda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, tranzit yuklarni tashish hajmini oshirish va ayollar huquqlarini himoya qilish kabi masalalar muhokama qilindi.
U-20 Osiyo kubogida g‘olib chiqqan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi, chempionatning «Eng yaxshi futbolchisi» deb topilgan sirdaryolik Abbos Fayzullayevning ota-onasiga viloyat ahli nomidan Umra safariga yo‘llanma sovg‘a qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting