Turkiyaning Klimasan kompaniyasi Artel bilan strategik kelishuv imzoladi. Hamkorlik doirasida sovitkichlarning uchta yangi modellari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.
«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi boshqaruv raisining qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan Odil Temirov «O‘zkimyosanoat» AJ rahbari etib tayinlandi.
Dekabr oyida shanba va yakshanba kunlaridan tashqari O‘zbekiston fuqarolari uchun prezident farmoni va Mehnat kodeksiga muvofiq 3 ta qo‘shimcha dam olish kuni belgilangan.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol, sobiq mudofaa vaziri va ichki ishlar vaziri harbiy holat e’lon qilganlikda ayblanmoqda, politsiya surishtiruv boshladi. Avvalroq muxolifat va faollar huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev hozirgi sharoitda atom energiyasini tinchlik maqsadlarida foydalanish hayot sifatini oshirish va milliy taraqqiyot strategiyalarini amalga oshirishda muhim muqobil yechim hisoblanadi, deya ta’kidladi.
Kompaniya mobil aloqa sifatini yaxshilash va uzluksiz ma’lumot uzatishni ta’minlash imkonini beradigan ikkita muhim loyihani amalga oshirdi.
Prezident farmoni bilan Bolalar masalalari bo‘yicha komissiya vazifalari qaytadan belgilandi. Hujjat bilan respublika komissiyasining yangilangan tarkibi va hududiy komissiyalarning namunaviy tarkiblari ham tasdiqlandi.
Rubob yasash va chalish san’ati O‘zbekiston va mintaqaning boshqa mamlakatlari taklifi bilan YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi.
Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak Donald Tramp jamoasi vakillari bilan uchrashdi. «Ukraina tinchlikka tayyorligini ma’lum qilmoqchi, ammo bu uzoq muddatli va barqaror tinchlik bo‘lishi kerak», — deb yozmoqda WSJ.
Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish korxonasida gaz portladi. Hodisa oqibatida 1 kishi vafot etdi, 6 kishi jarohatlandi. Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri yetib bordi.
Binance birjasida bitkoin kursi 100 ming dollardan ko‘tarildi. Ekspertlar kriptovalyutalarga himoya aktivi sifatida qiziqish ortganini qayd etdi. Bitkoin kursi Tramp g‘alabasidan beri sezilarli ko‘tarilib bormoqda.
O‘zbekistonning «Ezgulik» inson huquqlari jamiyati Fransiya «Ozodlik, tenglik, birodarlik» xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi. Mukofot 10-dekabr kuni Fransiya bosh vaziri tomonidan jamiyat rahbari Abdurahmon Tashanovga topshiriladi.
OTM talabalari va texnikum, kasb-hunar maktabi, akademik litseylar o‘quvchilari 25-dekabrdan qishki ta’tilga chiqadi. Darslar 8-yanvardan boshlanadi.
Mobiuz aksiyalar va maxsus takliflarni yo‘lga qo‘ydi, shuningdek, Qashqadaryo viloyatida yangilangan ofisini ochdi.
O‘zbekiston deputatlari 3 o‘qishda vazirlik va idoralarning 2024-yildagi xarajatlarini 9,98 trln so‘m yoki 775,8 mln dollarga oshirishni ma’qulladi. Ular hujjatni muhokama qilmadi, savollar va qarshi ovoz bermadi. Jarayon atigi 9 daqiqa davom etdi. Hech kim xarajatlarni oshirish zarurligini asoslab bermadi.
Fransiya parlamenti 1962-yildan beri birinchi marta hukumatga ishonchsizlik votumini ma’qulladi. Shu tariqa, bosh vazir Mishel Barne hukumati tashkil etilganidan uch oy o‘tib quladi. Votumga Barnening kelasi yil byudjetini parlament bilan kelishmasdan tasdiqlash qarori sabab bo‘ldi.
5-dekabr, payshanba kuni tongda Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Hududda amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilmoqda.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakat o‘zini Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT)dan tashqarida deb hisoblashi va bu masalada ortga qaytmas nuqta bosib o‘tilganini ta’kidladi. Tog‘li Qorabog‘dagi mojarolar fonida Armaniston KXShTdagi ishtirokini muzlatgan va uni moliyalashtirishni to‘xtatgan.
Farg‘ona shahridagi issiqxona o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, 1,6 mlrd so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi. To‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Yaqinda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylangan Alisher Usmonov o‘z ixtiyori bilan vakolatlarini to‘xtatdi. Tadbirkorning vakili u bunday qarorni federatsiya manfaatlaridan kelib chiqib qabul qilganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting