Qoraqalpog‘istondagi voqealar to‘g‘risidagi jinoyat ishi bo‘yicha sud yakunlovchi bosqichga o‘tmoqda: sud tergovi yakunlandi, endi navbat — muzokaralarga. So‘nggi kunlarda tomonlar ish bo‘yicha videomateriallar va boshqa ashyoviy dalillarni o‘rganishdi.
O‘zgidromet markazi 11−16 yanvar kunlari Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfini e’lon qildi.
Respublika tez tibbiy yordam markazi Andijon filiali kadrlar bo‘limi inspektori fuqarodan 400 dollar pora olganda ushlandi. Muassasa xodimlari orasida yetarlicha tushuntirish ishlarini olib bormagani uchun filial direktori va kadrlar bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev barcha darajadagi hokimlarga noqulay ob-havo davomida yo‘llarni tozalash ishlari va transport vositalarining xavfsiz harakatini tashkil etishni topshirdi. Hukumatga har bir viloyat, tuman va shahardagi ahvol bo‘yicha kunlik nazorat o‘rnatish va muammolarni tezkor bartaraf etish vazifasi qo‘yildi.
Anomal sovuq sabab ta’tili cho‘zilgan o‘quvchi-talabalar aynan sovuq kunlarda yana qayta o‘qishga chaqirib olindi. Ijtimoiy tarmoq faollari orasida bu qaror keng muhokamalarga, xususan, tushunmovchiliklarga sabab bo‘ldi. «Gazeta.uz» holatga bildirilgan munosabatlarni bir yerga jamladi.
«Chilonzor buyum savdo kompleksi»dagi soyabonlar qalin qorni ko‘tara olmay qulab tushdi. Hududdagi fuqarolar va tadbirkorlar evakuatsiya qilindi. Savdo do‘konlari vaqtinchalik yopildi. Qolaversa, «Bek baraka» savdo kompleksi ham noqulay ob-havo tufayli 3 kunga o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
Hindistonda O‘zbekistonda bolalarning ommaviy o‘limiga aloqador yo‘tal siropini ishlab chiqargan kompaniya — Marion Biotech litsenziyasi to‘xtatildi. Hozirgacha «Dok-1 Maks» siropidan O‘zbekistonda 20 dan ortiq bola vafot etgan.
Tarmoqlarda yosh bolaning hovlida ilon ushlab, uni o‘ynab yurgani va bu harakatni amalga oshirishga uning otasi undayotgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent viloyati hokimligi holat Ohangaronda sodir bo‘lganini va bolaning otasiga tushuntirish xati yozdirilganini ma’lum qildi.
«Yuksalish» umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov mas’ullarni o‘qish jarayonlarini keyingi haftadan boshlash masalasini ko‘rib chiqishga chaqirdi. «Qarorni nafaqat ta’lim muassasalari ma’muriyati, balki ota-onalar va pedagogik tarkib bilan maslahatlashgan holda qabul qilinishi lozim», — dedi u.
Oliy ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, oliy o‘quv yurtlari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarda o‘qish mahalliy hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda 11 yanvardan bosqichma-bosqich boshlanadi. 20 yanvarga qadar yakuniy nazorat ishlari tashkil etilmaydi.
Andijon va Xorazm viloyatlaridagi ta’lim muassasalarida 11 yanvardan o‘quv jarayonlari boshlanishi ma’lum qilindi. Samarqanddagi muassasalarning esa sharoiti o‘rganilmoqda. Avvalroq O‘zbekistondagi ta’lim tashkilotlarida anomal sovuq sabab qishki ta’til 18 yanvargacha uzaytirilgandi.
11 yanvardan hafta oxirigacha O‘zbekistonning barcha hududlarida, asosan, yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kechalari −12…−20 darajacha, kunduzi −5…−12 darajagacha pasayadi. Eng kuchli sovuq — Ustyurtda va Navoiy viloyatining cho‘l hududlarida −30 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda.
Saudiya Arabistoni Haj va umra ishlari vazirining ma’lum qilishicha, koronavirus sabab qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi. «Haj ziyoratiga keluvchilar soni pandemiyagacha bo‘lgan darajaga qaytadi, yosh cheklovlari bo‘lmaydi», — dedi vazir.
Shayxontohur tumanida mast erkak uyiga kelgan tanishini shisha idish bilan urib jarohatladi. Oqibatda u voqea joyida vafot etdi. Aniqlanishicha, mezbon tanishining turmush o‘rtog‘i to‘g‘risida aytgan gaplaridan jahli chiqqan.
Boysun tumanida tibbiyot birlashmasi shifokori 2 kishi tomonidan kaltaklandi. Shifokor yengil jarohat olgan. Kaltaklaganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
«Samarqand aeroporti» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan pnevmatik to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi. Undan olingan 1 dona kalibri 4,5 mm bo‘lgan pnevmatik to‘poncha hamda ushbu to‘pponchaga tegishli 4 dona siqilgan havo balonchalari va 89 dona o‘qlari tegishli tartibda yo‘q qilindi.
Milliy turoperator plyajlar, zamonaviy mehmonxonalar va ko‘plab diqqatga sazovor joylarga ega issiq Shri-Lankada ta’til o‘tkazish uchun 10 ta sababi haqida so‘zlab berdi.
Noqulay ob-havo sharoiti tufayli O‘zbekistonning ayrim aeroportlarida parvozlar bekor qilindi, ba’zi reyslar kechiktirildi yoki boshqa aeroportlarga yo‘naltirildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya va Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni noqulay ob-havo tufayli yo‘llarda kuzatilayotgan noqulayliklardan ogohlantirdi. Ushbu davlatlarda bo‘lib turgan fuqarolardan barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish so‘raldi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi anomal sovuq kunlarda uylarda qulay haroratni saqlagan holda isitish xarajatlarini qanday tejash mumkinligi bo‘yicha tavsiya berdi. Jumladan, isitish radiatorlarida kiyimlarni quritmaslik, mebelni radiatorlardan uzoqroq joylash kerakligi aytilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting