Ijtimoiy xarajatlardan tejash va “boshqa xarajatlar”ga ko‘proq mablag‘. Toshkent shahrining birinchi yarim yillik uchun budjeti
29 noyabr 2024, 14:26

Ijtimoiy xarajatlardan tejash va “boshqa xarajatlar”ga ko‘proq mablag‘. Toshkent shahrining birinchi yarim yillik uchun budjeti

Toshkent shahar hokimligi 1-yarim yillikda ijtimoiy soha, jumladan, ta’lim va sog‘liqni saqlashga rejalashtirilganidan kam mablag‘ ajratdi. Maktab va shifoxonalardagi qurilish-ta’mirlash ishlariga ham kamroq mablag‘ yo‘naltirildi. Shu bilan birga, davlat apparatini moliyalashtirish va “boshqa xarajatlar” ko‘paydi.

Gruziyada YeIga a’zolik bo‘yicha muzokaralar to‘xtatilgani munosabati bilan norozilik namoyishlari bo‘ldi. Tafsilotlar
29 noyabr 2024, 13:11

Gruziyada YeIga a’zolik bo‘yicha muzokaralar to‘xtatilgani munosabati bilan norozilik namoyishlari bo‘ldi. Tafsilotlar

Gruziya bosh vaziri 2028-yilgacha Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralardan voz kechilganini e’lon qildi. Shundan so‘ng Tbilisida bir necha ming kishi yig‘ildi. Namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv bo‘ldi. Prezident Salome Zurabishvili ham namoyishga qo‘shildi. Jarayon davomida 43 kishi qo‘lga olindi.

Dam olish kunlari yomg‘irli bo‘ladi
29 noyabr 2024, 11:26

Dam olish kunlari yomg‘irli bo‘ladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Harorat +3…+8 darajagacha pasayadi.

Bojxona to‘lovlarini to‘lashning bosh ta’minotini qo‘llash tartibi tasdiqlandi
29 noyabr 2024, 10:56

Bojxona to‘lovlarini to‘lashning bosh ta’minotini qo‘llash tartibi tasdiqlandi

Endi bir shaxs tomonidan ma’lum vaqt davomida bir nechta bojxona operatsiyalari amalga oshirilsa, ularni to‘lashning bosh ta’minotini taqdim etish mumkin. Bojxona qo‘mitasi arizani 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi va bosh ta’minotni qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Toshkent viloyatida o‘qituvchi maktab bolasini kaltakladi
29 noyabr 2024, 09:19

Toshkent viloyatida o‘qituvchi maktab bolasini kaltakladi

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 6-maktabda informatika o‘qituvchisi qo‘shimcha dars vaqtida 15 yoshli o‘quvchini kaltakladi. Holat bolalar ombudsmani nazoratiga olindi, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoroda qariyb 9 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan issiqxona aniqlandi
29 noyabr 2024, 09:15

Buxoroda qariyb 9 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan issiqxona aniqlandi

Buxoro viloyati Kogon tumanida issiqxona mas’ullari gaz quvuriga yashirincha ulanib, 8,85 mlrd so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. Daliliy ashyolar va hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.

Toshkent aeroportida aldov orqali 20 yoshli qizni Turkiyaga fohishalikka yuborayotgan ayol ushlandi
29 noyabr 2024, 09:10

Toshkent aeroportida aldov orqali 20 yoshli qizni Turkiyaga fohishalikka yuborayotgan ayol ushlandi

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yashovchi 22 yoshli ayol o‘ziga tanish qizga mo‘may daromadli ish topib berishni va’da qilib, Turkiyaga fohishalikka yuborayotgani aniqlandi. Ular Toshkent xalqaro aeroportida to‘xtatib qolindi.

Ravshanbek Alimov O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi bo‘ldi
29 noyabr 2024, 08:56

Ravshanbek Alimov O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi bo‘ldi

2020-yildan buyon Senat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Ravshanbek Alimov O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi etib tayinlandi. Ilgari u Ukraina (o‘rindoshlik asosida Moldovada) va Fransiyada (o‘rindoshlik asosida Portugaliyada) ham elchi bo‘lib ishlagan.

Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
29 noyabr 2024, 03:53

Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida oraliq masofaga amal qilmaslik oqibatida 5 ta mashina ishtirokida to‘qnashuv yuz berdi. YTHda hech kim jarohat olmadi.

Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlovchi qonun qabul qilindi
28 noyabr 2024, 22:28

Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlovchi qonun qabul qilindi

Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini butunlay taqiqlovchi qonun qabul qilindi. Hujjat bunday taqiq bo‘yicha dunyodagi eng qat’iy talablardan biri ekani ta’kidlanmoqda. Tanqidchilar va inson huquqlari vakillari qonunni qoraladi.

Inson huquqlari bo‘yicha vakil to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri uning vakolatlarini kengaytirdi
28 noyabr 2024, 19:52

Inson huquqlari bo‘yicha vakil to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri uning vakolatlarini kengaytirdi

Ombudsman to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri uning vakolatlarini kengaytirdi: endi u ta’sir choralari — ogohlantirish, taqdimnoma, iltimosnoma va talabnoma qo‘llashi mumkin. Ombudsman va uning jamoasi mahkumlar saqlanadigan joylarga istalgan vaqtda oldindan ogohlantirmasdan tashrif buyura oladi.

Andijondagi bog‘da charxpalak qurish bo‘yicha tadbirkorlik xususiyatiga ega loyiha “Tashabbusli budjet”da g‘olib bo‘ldi
28 noyabr 2024, 19:25

Andijondagi bog‘da charxpalak qurish bo‘yicha tadbirkorlik xususiyatiga ega loyiha “Tashabbusli budjet”da g‘olib bo‘ldi

Senat qo‘mitasida Andijondagi istirohat bog‘ida charxpalak qurish loyihasi tadbirkorlik xususiyatiga ega bo‘lishiga qaramay, “Tashabbusli budjet”ning ovoz berish bosqichiga o‘tkazilgani va g‘olib deb topilgani keskin tanqid qilindi. Huddi shunday holat Zarafshondagi aeroport binosini ta’mirlashda ham kuzatilgan.

Prezident radikallashuvga qarshi kurash va diniy ma’rifatni rivojlantirishga oid yig‘ilish o‘tkazdi
28 noyabr 2024, 18:56 1

Prezident radikallashuvga qarshi kurash va diniy ma’rifatni rivojlantirishga oid yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident yig‘ilishida internetdagi radikal g‘oyalar O‘zbekiston aholisining zaif qatlamlari, jumladan, yoshlarni noqonuniy guruhlar ta’siriga tortayotgani ta’kidlandi. Mutasaddilarga mahallalarda ma’naviy muhitni mustahkamlash, yoshlarni bilim va mehnatga keng jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Turkiyada qalbaki dollarlar tarqalgani yuzasidan tergov boshlandi
28 noyabr 2024, 18:14

Turkiyada qalbaki dollarlar tarqalgani yuzasidan tergov boshlandi

Istanbul prokuraturasi Turkiyaga 600 mln dollardan ortiq qalbaki dollarlar kirib kelgani haqidagi xabarlar yuzasidan tergov boshladi. O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi fuqarolarni dollarni faqat rasmiy banklar yoki litsenziyali valyuta ayirboshlash nuqtalaridan olishga chaqirdi.

Eski ToshMI va sobiq “Toshselmash” bozori yonidagi chorrahalar rekonstruksiya qilinadi
28 noyabr 2024, 18:00

Eski ToshMI va sobiq “Toshselmash” bozori yonidagi chorrahalar rekonstruksiya qilinadi

Toshkentda eski ToshMI oldidagi murakkab yo‘l uzeli qayta tashkil etilmoqda. Bu yerda transport oqimi bo‘linadi, qayrilib olish qismlari qayta ko‘rib chiqiladi. Rekonstruksiya ishlari sobiq “Toshselmash” bozori yonidagi chorrahani ham qamrab oladi. Pudratchi — China State Construction.

G‘arbda korxonalar davlatga qaraganda xususiy sug‘urta kompaniyalaridan ko‘proq qo‘rqadi — Behzod Hoshimov
28 noyabr 2024, 17:53

G‘arbda korxonalar davlatga qaraganda xususiy sug‘urta kompaniyalaridan ko‘proq qo‘rqadi — Behzod Hoshimov

Iqtisodchi Behzod Hoshimov nega ba’zi davlatlarda xavfsizlik qoidalari ishlashi va ba’zilarida ishlamasligini tushuntirdi. “G‘arbda qoida ishlashi ular insofliroq ekanidan emas. Agar qayerdadir yong‘in holatida chiqish eshigi ishlamay qolsa, sug‘urta kompaniyasi o‘sha korxona egasini „burnidan buloq“ qiladi”, deydi u.

O‘zbekistondagi 64 ta tumanda oziq-ovqat eksporti o‘tgan yilga nisbatan kamaygan, 17 tasida 50 foizga ham yetmagan — prezident
28 noyabr 2024, 17:35

O‘zbekistondagi 64 ta tumanda oziq-ovqat eksporti o‘tgan yilga nisbatan kamaygan, 17 tasida 50 foizga ham yetmagan — prezident

O‘zbekistonda oziq-ovqat eksporti 2023-yilga nisbatan 1,2 barobarga o‘sib, 2 mlrd dollardan oshdi. Ammo 64 ta tumanda eksport 2023-yilga nisbatan kamaygan, undan 17 tasida 50 foizga ham yetmagan. Prezident hokimlarni dunyodagi og‘ir vaziyatni hisobga olib, yangi imkoniyatlarni ishga solish haqida ogohlantirdi.

Seulda 100 yil ichidagi eng kuchli qor yog‘di
28 noyabr 2024, 17:31

Seulda 100 yil ichidagi eng kuchli qor yog‘di

Seul va uning atrofidagi hududlarda so‘nggi 117 yil ichida noyabr oyidagi eng kuchli qor yog‘di. Yog‘ingarchilik tufayli transport faoliyati izdan chiqdi, aviaqatnovlar bekor qilindi. Besh kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.

Buxorodagi xonadonda gaz portlashi ortidan er-xotin vafot etdi, ularning 2 qizi jarohatlandi
28 noyabr 2024, 17:24

Buxorodagi xonadonda gaz portlashi ortidan er-xotin vafot etdi, ularning 2 qizi jarohatlandi

Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi xonadonlardan birida gaz portladi. Undan oilaning 4 nafar a’zosi kuyish jarohati oldi. Xususan, ota va ona voqea oqibatida vafot etdi, 2 nafar voyaga yetmagan qiz shifoxonada.

O‘zbekistonda “Shaffof shaharlar” va “Halol tumanlar” loyihalari ishga tushirilmoqda
28 noyabr 2024, 17:05

O‘zbekistonda “Shaffof shaharlar” va “Halol tumanlar” loyihalari ishga tushirilmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida O‘zbekistonda korrupsiyaning oldini olish maqsadida “Shaffof shaharlar” va “Halol tumanlar” loyihalari ishga tushirilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting