Prezident topshirig‘idan so‘ng Toshkentga 20 ta MAN va 100 ta Isuzu avtobuslari keltirilib, haydovchilar qabuli haqida e’lon berildi. IIV avtoparkidan yana 30 ta Isuzu topshirildi. Biroq Isuzu`lar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilmagani sababli 2018 yildan ularni sotib olish taqiqlangandi.
Qozog‘istonda elektr energiyasi iste’moli rekord darajada oshgani sababli yirik sanoat korxonalari uchun cheklovlar joriy etilmoqda. Elektr taqchilligi Rossiyadan import qilish hisobiga qoplanyapti.
Elektr va tabiiy gaz bo‘yicha o‘g‘riliklar haqida gapirgan prezident, 15% darajasida qolgan asosiy stavka, avtobus haydovchilarning oyligi 2 barobarga oshishi, yana ortayotgan kovid statistikasi, viloyatlarga qo‘shimcha poyezd qatnovlari, yuk mashinalaridan to‘y korteji va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Prezident farmoniga ko‘ra, yanvar oyidan boshlab fuqarolarning pensiya tayinlashda hisobga olingan o‘rtacha oylik ish haqi 3,2 mln so‘mdan yuqori bo‘lsa, ularga amaldagiga nisbatan qariyb 390 ming so‘m ko‘proq pul to‘lanadi. Pensiyasi oshadigan fuqarolarga dekabr oyida SMS xabar yuboriladi.
ASUS egasi xohlagan ketma-ketlikda — noutbukdan planshetga, planshetdan monoblokka, monoblokdan elektron kitobga va yana oldingi holatiga aylana oladigan Zenbook 17 Fold OLED haqida gapirib berdi.
Prezident O‘zbekistonda energiya ta’minoti «qo‘l boshqaruvi» orqali emas, tizim asosida ishlashi kerakligini ma’lum qildi. Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, AI-80 benzinini aksiz solig‘idan ozod qilish imtiyozi joylarda «o‘yinga aylanib ketmasligi» kerakligini qat’iy ko‘rsatib o‘tdi.
O‘zbekistonda OAV, saytlar va blogerlarga «bir jinslilar o‘rtasidagi g‘ayritabiiy aloqalarni targ‘ib qilish»ni taqiqlash rejalashtirilmoqda. Ushbu ibora sohadagi 8 ta qonunni birlashtirish taklif etilayotgan Axborot kodeksi loyihasidan o‘rin olgan.
Prezident so‘nggi yillarda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar uchun bosh vazir birinchi o‘rinbosari Achilbay Ramatovga va elektr energiya sohasidagi korxona rahbarlariga hayfsan berdi. Shuningdek, o‘z vazifasini bajara olmagan tuman hokimi o‘rinbosarlari, mahalla raislari va sektor rahbarlari tanqid qilindi.
Prezident videoselektor yig‘ilishida elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanishlar, o‘g‘irliklar davom etayotganini tanqid qildi. Xususan, Namanganda 110 tonna, Qoraqalpog‘istonda 22 tonna aholiga berilishi kerak bo‘lgan ko‘mir sotib yuborilgan.
Markaziy bank ichki va tashqi iqtisodiy omillar hisobiga narxlarga bo‘lgan bosim yuqori qolayotganini qayd etdi. Shuningdek, logistika va tashish narxlarining qimmatlashuvi tovarlar va xizmatlar narxiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yalpi taklifdagi ayrim uzilishlar inflyatsiyani oshirishi ehtimoldan holi emas.
Prezident topshirig‘iga asosan «Toshshahartransxizmat» avtobus haydovchilari 2022 yilning dekabr oyidan boshlab kamida 5−6 mln so‘m miqdorida oylik maoshi olishini ma’lum qildi.
«O‘zbekiston 24» telekanalida prokuratura xodimi hujjatlarsiz mashina boshqarib kelgani haqida lavha berildi. BP haydovchi tizimda xizmat qilmacligi va guvohnoma qalbaki ekanini aniqladi. Ma’lumot uzatgan Toshkent shahar YHXB matbuot xizmatini bir yoqlama va noxolis axborot taqdim qilganlikda ayblamoqda.
Asialuxe Travel kompaniyasi bayramni ekzotik Sharm-el-Sheyx va Antaliya kurortlarida, ertaklardagidek qorli Laplandiya va hayratlanarli Maldiv orollarida kutib olishni taklif etadi.
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qildi.
AKT vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 31 mlndan oshganini ma’lum qildi. Ulardan 29,5 mln nafari mobil internet orqali tarmoqqa ulanadi. Vazir, shuningdek, xalqaro internet-kanalga ulanish tezligi so‘nggi ikki yilda 2,6 baravarga oshib, 3200 Gbit/s ga yetganini qayd etdi.
Buxoro viloyatidan o‘tgan M-37 xalqaro avtomagistralida YHXB xodimlari yuk mashinalaridan iborat to‘y kortejini to‘xtatdi. Mashinalar jarima maydonchasiga joylashtirildi.
ITIM tahlillariga ko‘ra, noyabr oyida O‘zbekistonda 160 mingga yaqin avtoulov sotilib, oylik o‘sish 41%ni tashkil etdi. Hududlar kesimi bo‘yicha yuqori faollik Toshkent shahri, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida kuzatildi. Shuningdek, mahalliy avtomashinalar 58%ga, xorijiy avtomobillar sotuvi esa 69%ga o‘sdi.
Chilonzor tumani Novza jome masjidi qarshisida 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida haydovchilardan biri jarohat oldi.
Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilar tashishni tashkil qilish maqsadida 26 dekabrdan 8 yanvargacha Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 14 ta «Afrosiyob» elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Chorshanba kuni O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni yana ortib, 134 nafarni tashkil etdi. Kunlik kasallanganlarning eng ko‘pi doimgidek Toshkent shahrida qayd etilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting