Surxondaryodagi «Sariosiyo» chegara bojxona postidan o‘tayotgan fransiyalik fuqaroning yuklari orasidan 4 dona quritilgan ko‘knori boshog‘i aniqlandi. Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Prezident farmoni bilan shu vaqtgacha Navoiy viloyati hokim o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Akmaljon Mahmudaliyev Sirdaryo viloyatining hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Viloyatning avvalgi hokimi prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.
IIV Kiberxavfsizlik markazi mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini noqonuniy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazib yurgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ydi. Ular 175 kishining pasportidan foydalangan.
Toshkentda shanba kuni «TTZ — Mashinasozlar» ekspress-yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanuvchi Mercedes-Benz Conecto Low Floor rusumli avtobusda yong‘in chiqdi. Ushbu yo‘nalish bo‘ylab harakatlar uch kun avval boshlangan edi. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
«O‘zbekgidroenergo» «Quyi Chotqol» GES qurilishi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda loyihaning texnik xususiyatlari va ahamiyati xaqida ma’lumot berdi.
A-373 Toshkent-O‘sh-Andijon avtomagistralida “Isuzu” avtobusi va “Fura” yuk mashinasi to‘qnashib ketdi. SSV to‘qnashuv natijasida jami 41 nafar fuqaro jarohat olgani, shulardan 3 nafari voqea joyida vafot etganini ma’lum qildi.
Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov «konstruktiv zo‘riqish vektorlari» tushunchasiga izoh berar ekan, O‘zbekistonda davlat institutlarida inersiyaga xos ehtiyotkorlik borligini ta’kidladi. «Bu O‘zbekistonning geosiyosiy mavqeiga ham, strategik barqarorlikka ham chaqiriq sifatida saqlanib qolaveradi», — dedi u.
Navoiyda qozog‘istonlik narkokur’erlar viloyatning Uchquduq tumani Qizilqum cho‘li hududiga xufiyona tarzda 12 ming dona «Tramadol» dori vositalari ko‘mib ketgani aniqlandi. Toshkentda esa tish doktori psixotrop dorilar savdosiga aralashib qoldi. Boshqa urinishlar ham fosh qilindi.
Juma kuni 124 kishi koronavirusga chalingani qayd etildi, bunday holat oxirgi marta iyun oyida kuzatilgandi (133 kishi). Eng ko‘p virus yuqtirganlar Toshkent shahrida aniqlandi.
“Qahva donalari” pechenyesi, quyultirilgan sut bilan tvorogli pechenye, limon va yalpizli pechenye, brauni hamda “Alfaxores” va boshqalar — Zira.uz dasturxonning bezagi bo‘lgan mazali va noodatiy pechenyelar ro‘yxatini taqdim etadi.
Shanba kuni ertalab Toshkentda quyuq tuman kuzatilmoqda. Aeroportda ba’zi reyslarning uchish va qo‘nishi kechiktirildi. Ayni daqiqalarda shahar qanday ko‘rinishga ega — fotosuratda.
Navoiy aeroportining yuk terminali va «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasi boshqaruvi Birlashgan Arab Amirliklarining ikki kompaniyasiga topshiriladi. Prezident hujjatlarni imzolash marosimida ishtirok etdi.
Shaxmatning FIDE yo‘nalishi bo‘yicha jamoalar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi Xitoyga qarshi bahsda 2,5−1,5 va 2,5−1,5 hisoblarida imkoniyatni boy berdi va 2-o‘rinni egalladi. 3-o‘rin Hindistonni mag‘lub etgan Ispaniya terma jamoasiga nasib etdi.
A va B guruhlaridan joy olgan ikkita bahs: Niderlandiya — Ekvador (1:1), Angliya — AQSh (0:0) uchrashuvlarida g‘oliblar aniqlanmadi. A guruhida hozircha Niderlandiya va Ekvador 4 tadan ochko bilan peshqadam bo‘lib turishibdi. B guruhda esa Angliya 4 ochko bilan 1-o‘rinda turibdi.
25 noyabr kuni JCH-2022`ning 2-turiga start berildi. Tur doirasida Uels — Eron (0:2), Qatar — Senegal (1:3) uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Eron jangga qaytdi, Qatar esa JCH`dagi ilk golini kiritganiga qaramay, katta ehtimol bilan pley-offga chiqishi imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.
Respublika onkologiya markazi, uning poytaxt va Toshkent viloyatidagi filiallarini birlashtirgan umumiy qiymati 600 mlrd so‘mlik yagona onkologiya majmuasi qurilishi Mimar Group kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasining yopiq qarorida ko‘zda tutilgan, deya ma’lum qildi SSV vakili.
Navoiy viloyatiga tayinlangan hokim, ISHIDga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 18 yoshli qiz qamalgani, is gazining navbatdagi qurbonlari, bankomatdagi pullarni o‘g‘rilagani aytilayotgan «Turonbank» xodimlari, ko‘tarilayotgan kovid statistikasi, Chorsu bozoridagi to‘y fotosessiyasi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Joriy yilning sentabrida Moskvadan Toshkentga ko‘chib kelgan Dominik Majintas va Yevgeniya Ribakova Chorsu bozorida to‘y fotosessiyasini o‘tkazishdi. Ularning suratlari tarmoqlarda juda mashhur bo‘ldi. Ular «Gazeta.uz»ga bu g‘oya qanday tug‘ilgani haqida so‘zlab berishdi.
UzAuto Motors kompaniyasi Davinci 2022 mukofotining «Ish izlovchilar orasida eng talabgir ish beruvchi» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Tarmoqlarda maktab o‘quvchilarining ommaviy mushtlashuvi aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB hodisa Mirobod tumanidagi 125-maktabda sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Holat yuzasidan bezorilik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting