Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nodira Umarova insta-bloger Sevinch Sa’dullayevani sudga berdi. Sud vaqtida bloger o‘z qilmishlarini boshqa takrorlamaslik hamda barcha video va fotosuratlarni o‘chirib tashlashga va’da berib, yengilroq jazo tayinlanishini so‘ragan, biroq 5 sutkaga qamalgan.
Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 4 ballik zilzila sodir bo‘ldi. Bu ikki kun ichida to‘rtinchi yer osti silkinishi.
Buxoro viloyati xalq ta’limi va ichki ishlar boshqarmalari Buxorodagi 4-sonli maktabda dars vaqtida o‘quvchilarning o‘qituvchi tomonidan kaltaklanishi bilan bog‘liq holatni o‘rganmoqda.
Qoraqalpog‘istonda «o‘z sohalari bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni bajarishda xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlamagan» 15 nafar mansabdor shaxs egallab turgan lavozimidan ozod qilinib, 116 nafariga intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
15 dan 17 noyabrgacha Varshavada bo‘lib o‘tadigan Xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmasida O‘zbekiston kompaniyalari qatnashadi.
Poytaxtda yana Equinox, Mercedes-Benz va Nexia ishtirok etgan avariya sodir bo‘ldi. To‘rtinchi mashina esa — Labo. YTH oqibatida 3 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Humo Arena’da #wearethechildren xalqaro fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. U YUNESKO va Maktabgacha ta’lim vazirligi tashabbusi bilan erta yoshdagi bolalarni tarbiya va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi arafasida ochildi. Ko‘rgazmada Osiyo, Afrika, Janubiy Amerikada olingan fotosuratlar o‘rin olgan.
Noqonuniy tadbirkorlarga yordam bermoqchi bo‘lgan «Oybek» chegara bojxona posti boshlig‘i o‘rinbosari va 3 nafar xodimi qo‘lga olindi. Shuningdek, xizmat lavozimini suiiste’mol qilgan Toshkent xalqaro aeroporti navbatchilik qismi boshlig‘i va «Qo‘qon» TIF bojxona postining bir nafar xodimi ham ishdan olindi.
DXX «Sirdaryo yo‘llardan muntazam foydalanish» unitar korxonasi mansabdorlarining 1 mlrd so‘mdan oshiq mablag‘ni talon-toroj qilganini aniqladi. Sud hukmiga ko‘ra, ularga ozodlikdan mahrum qilish, ahloq tuzatish ishlari hamda boshqa jazo turlari tayinlandi.
Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish markazi mehmonxonalarga «yulduzcha» berishning yangi tahrirdagi davlat standarti loyihasini ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, avval mehmonxonalar uchun majburiy bo‘lgan 97 ta talab 85 taga qisqardi.
Shayxontohur tumani Olmazor hamda Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahada Kai K5 va Spark ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida Spark yo‘lovchisi jarohat bilan shifoxonaga yuborildi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlarining qo‘shma yig‘ilishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Senat a’zosi etib saylandi.
Ko‘plab xorijiy kompaniyalarning Rossiya bozorini tark etishi va mahalliy korxonalarning ularning o‘rnini bosishga tayyor emasligi ortidan Moskvada ofis binolarining 8,6 foizi bo‘sh qolmoqda. Aksariyat korxonalar o‘z biznesini O‘zbekiston, Qozog‘iston, BAA va Turkiyaga ko‘chirishni so‘rab murojaat qilmoqda.
Jurnalist Aziza Qurbonova Uchtepada gaz bosimi pastligini tanqid qilgach, post ostida tuman hokimligi nomidan qo‘pol izohlar qoldirishgani haqida yozgandik. Shundan so‘ng, tuman hokimligi bayonot berib, matbuot kotibi To‘rabek To‘rayev «his hayajonga berilib yozgan fikrlari» uchun ogohlantirilganini ma’lum qildi.
Rossiyadagi ayrim OTMlardan o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilish muddati 10 kunga uzaytirildi. Avvalgi muddat 1 noyabrdan 20 noyabrgacha etib belgilangandi. O‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ariza berishlari mumkin.
«Gazeta.uz» va Dmitriy Povarov JCH-2022 boshlanishiga kunlarni sanashda davom etmoqda. Bugun G guruhi bilan tanishamiz: ushbu guruhdan «pentakampion» braziliyaliklar, qo‘rqmas serblar, soat mexanizmidek sxema bo‘yicha o‘ynaydigan shveysariyaliklar, «nol»ga o‘ynamaslikni odat qilib olgan kamerunliklar joy olgan.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tgan kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasida nutq so‘zladi. Davlat rahbari 2025 yilda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 80 foizga yetkazilishni ta’kidladi.
Ruslanbek Davletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Qurilish vazirligi Andijondagi 50-maktab stadioni o‘rnida bino qurilishi loyihaga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritilgani uchun to‘xtatilganini ma’lum qildi. Vazirlik qurilish bo‘yicha barcha zarur xulosalar olinganini qayd etdi. Avvalroq prokuratura hokim qarori qalbaki ekanini ma’lum qilgandi.
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin chet el fuqaroligiga ega shaxslarni RF armiyasida xizmatni o‘tashga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, ikkinchi fuqarolikka ega bo‘lgan rossiyaliklar ham harbiy xizmatga chaqiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting