O‘zbekistonlik dzyudochilar Bokudagi «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi turnirda to‘rtta medal — 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi ishlab chiqqan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga ko‘ra, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan hokim yordamchilari suhbat asosida OTMga qabul qilinishi mumkin.
AQSh davlat kotibi yordamchisi Donald Lu yana O‘zbekistonga keladi. U, shuningdek, Turkmaniston va Qozog‘istonga ham tashrif buyuradi. Markaziy Osiyo iqtisodiy barqarorligi tashabbusi doirasida Qo‘shma shtatlar mintaqaviy savdoni mustahkamlash va investitsiyalarni jalb qilish uchun $25 mln ajratishi ko‘zda tutilgan.
O‘zMU hamda Toshkent davlat texnika universiteti hududiga kiruvchi yo‘l 7 noyabrdan 12 noyabrga qadar yopiladi. Ko‘chada 64 metr balandlikdagi O‘zbekiston davlat bayrog‘i o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi. Piyodalar uchun esa harakatlanish cheklanmaydi.
1 AQSh dollarining rasmiy kursi 11 132,41 etib belgilangandan so‘ng tijorat banklari mijozlar uchun takliflarni yangiladi.
6 noyabr kuni soat 08:56 da Buxoro viloyatining Peshko‘ tumani hududida 4 ballik zilzila qayd etildi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor FIFA va UEFA shafeligidagi barcha turnirlardan chetlashtirilgan Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi, shuningdek, Qozog‘iston terma jamoasi bilan ham uchrashadi.
Taxiatosh tumani hokimi Ilhom Matkarimov fermer xo‘jaligi rahbaridan 100 mln so‘m olganlikda gumonlanib qo‘lga olindi.
“Gazeta.uz” jahon chempionati boshlanishiga hafta-kunlarni sanashda davom etmoqda. Sizga “C” guruhini tanishtiramiz: Meksika pley-off yo‘llanmasini imkon qadar tezroq qo‘lga kiritishga, Argentina futbol mamlakati nomini oqlashga, Polsha va Saudiya Arabistoni esa ularga taslim bo‘lmaslikka harakat qiladi.
Tarmoqlarda 2 noyabr kuni hakerlar hujumiga uchragan Senat.uz saytini 14 yoshli o‘smirlar buzib kirgani haqida xabar tarqaldi. Kiberxavfsizlik markazi esa buni inkor etib, hujumni namanganlik fuqaro bajargani va MarshGolden`ni ham u yaratganini ma’lum qildi. Hozirda holat bo‘yicha IIO ish olib bormoqda.
DXX tomonidan Toshkent shahri, Sirdaryo, Farg‘ona va Namanganda o‘tkazilgan tezkor reyd tadbirlarida jami 900 grammga yaqin «opiy» va 4 kgdan ortiq «gashish»ni sotishda gumon qilinayotgan shaxslar ushlandi. Ularning aksariyati muqaddam sudlangan.
Hukumat qarori bilan jamoat joyida turli vositalar ta’sirida mast holda yurgan shaxslarni IIO xodimlari tumanlararo tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib borishi belgilandi. U yerda tartibni saqlash va huquqbuzarliklarning oldini olish uchun Milliy gvardiyaning qo‘riqlash bo‘linmalari xodimlari qo‘yiladi.
Prezident tomonidan standartlashtirishga oid yangi qonun imzolandi. Hujjat milliy standartlash tizimining tarkibiy tuzilmasi vakolatlarini, muddatli reja va toifalarini tartibga soladi. Qonun e’lon qilinganidan 1 yil o‘tib kuchga kiradi.
O‘zbekiston koronavirusga qarshi Johnson & Johnson vaksinasining 583,2 ming dozadan iborat navbatdagi partiyasini qabul qilib oldi. Yil yakuniga qadar mazkur vaksinadan 1 mlndan ortiq doza keltirilishi rejalashtirilmoqda.
Qovoqli gulsimon somsalar, gaz pechida pishirilgan qovoq, qovoqli sho‘rva, manti, pishirilgan qovoqli salat, tatarcha burma va boshqalar — Zira.uz vitaminlarga boy mahsulot — qovoqdan tayyorlangan taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Toshkentdan 41 km uzoqlikda, Qozog‘iston hududida 4,5 ballik zilzila sodir bo‘ldi. Poytaxtda yer osti silkinishlari kuchi 4 balni tashkil etdi.
«O‘zavtosanoat» rahbarining birinchi o‘rinbosari Azizbek Shukurov boj to‘lovlari pasayib, bozor «inomarka»lar uchun ochilgan taqdirda ham UzAuto Motors «yo‘qolib ketmaydi», degan fikrda. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi 95 foizlik ulushni saqlab qolishning imkoni bo‘lmas, ammo ulushda keskin pasayish kuzatilmaydi.
O‘zbekiston fiskal muvozanatni ta’minlash uchun budjet taqchilligini kamaytirishga e’tibor qaratishi kerak, deb hisoblaydi moliya vaziri. «Barcha xarajatlarni qisqartirish talab etilsa ham, bizning siyosat inflyatsiyaga qarshi kurashish bilan muvofiq bo‘lishi kerak. Bu farovonlikka xizmat qiladi», — dedi u.
Toshkentga tramvayni qaytarish zaruratini o‘rganadigan Transport vazirligi, pulli to‘xtash joylarini joriy etish masalasi, Uzcard xususiylashtirilayotgani, yomg‘irli bo‘ladigan dam olish kunlari, Samarqand shahriga kirish yo‘llari yopilishi, Namangandagi soxta DXX xodimi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
«Tolibon» giyohvand moddalar ishlab chiqarishga qarshi oldingi tuzumga qaraganda qat’iyroq kurashmoqda, dedi O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev. U narkotrafikning o‘sishi ishlab chiqarish hajmining ortishi emas, zaxiralardan foydalanish bilan bog‘liqligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting