IIV rahbari o‘rinbosari qoidabuzar haydovchilarga ball berish tizimi nega 3 yil ilgari joriy qilinmaganiga izoh berdi
21 fevral 2022, 16:53

IIV rahbari o‘rinbosari qoidabuzar haydovchilarga ball berish tizimi nega 3 yil ilgari joriy qilinmaganiga izoh berdi

12 oy davomida haydovchining qoidabuzarligi uchun hisoblangan jarima ballari 12 balldan oshsa, uni haydovchilik huquqidan bir yilga mahrum etish rejalashtirilmoqda. Shundan so‘ng, haydovchi qayta imtihon topshirib, guvohnomani olishi mumkin bo‘ladi. Aslida, mazkur tartib 2018 yildayoq ishlab chiqilgan, biroq joriy etilmagandi. IIV rahbari o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev «U paytda biz hali bunga tayyor bo‘lmagandirmiz, vaqti endi kelgandir», deb izoh berdi.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi 713,9 mln dollarga kamaydi
21 fevral 2022, 16:43

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi 713,9 mln dollarga kamaydi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1 feral holatida mamlakatning oltin-valyuta zaxirasi 34,425 mlrd dollarni tashkil etib, yanvarga nisbatan 713,9 mln dollarga kamaydi. Bunda asosiy rolni xorijiy valyutadagi zaxiralarning 532,6 mln dollarga kamayishi o‘ynagan. Oltin zaxiralari miqdori o‘zgarmagan bo‘lsada, uning qiymati bu oyda 175,1 mln dollarga kamaydi.

Rossiyadan O‘zbekistonga olib kelinayotgan 7 ta sisterna benzin o‘g‘rilab ketildi
21 fevral 2022, 16:01

Rossiyadan O‘zbekistonga olib kelinayotgan 7 ta sisterna benzin o‘g‘rilab ketildi

Rossiyaning Orsk shahri neftni qayta ishlash zavodidan Toshkentga yuborilgan 7 ta sisternadagi AI-95 markali benzin o‘g‘rilab ketildi. Gumondorlar vagonlar lyukidagi tamg‘ani buzib, neft tashishga mo‘ljallangan transport vositalariga ortib ketishgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

2021 yilda doping tufayli 14 nafar sportchi diskvalifikatsiya qilingan — O‘zMADA
21 fevral 2022, 16:00

2021 yilda doping tufayli 14 nafar sportchi diskvalifikatsiya qilingan — O‘zMADA

Doping iste’mol qilish holatlari asosan og‘ir va yengil atletika, dzyudo, ayollar kurashi, sambo, basketbol, suv polosi, muay-tay va pauerlifting sport turlarida aniqlangan.

Bosh prokuratura O‘zMU mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi
21 fevral 2022, 13:58

Bosh prokuratura O‘zMU mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Bosh prokuratura O‘zbekiston Milliy universiteti kutubxonasidan tarixiy-badiiy ahamiyatga ega 56 ta qo‘lyozma va toshbosma asarlar talon-toroj qilinganini aniqladi. Mansabdor shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

To‘rt nafar o‘zbekistonlikning Shveysariya bankidagi hisob raqamlari ochiqlandi
21 fevral 2022, 13:41

To‘rt nafar o‘zbekistonlikning Shveysariya bankidagi hisob raqamlari ochiqlandi

Jurnalistlar Shveysariyaning Credit Suisse bankidagi hisob raqamlari bo‘yicha sizdirilgan ma’lumotlarni o‘rgandi. Bank xizmat ko‘rsatgan mijozlar orasida O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovning rafiqasi, Tennis federatsiyasining sobiq rahbari Igor Shepelev, Timur Tillayevning qarindoshi va Alisher Usmonovning singlisi bor.

O‘zbekiston maktablarida maxsus avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi
21 fevral 2022, 13:14

O‘zbekiston maktablarida maxsus avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi

IIV rahbarining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda o‘tgan yili YTHlar oqibatida 263 nafar bolalar vafot etgan. Bolalar ishtirokidagi YTHlarining oldini olish maqsadida, kelajakda maktablarda maxsus avtobus harakatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, «Yo‘l harakati xavfsizligi» bo‘yicha alohida fan kiritish taklif qilinmoqda.

Ichki ishlar xodimlarini videoga olib, uning ruxsatisiz ijtimoiy tarmoqlarga joylash taqiqlanishi mumkin
21 fevral 2022, 12:58 2

Ichki ishlar xodimlarini videoga olib, uning ruxsatisiz ijtimoiy tarmoqlarga joylash taqiqlanishi mumkin

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlarni videoga olgandan so‘ng, uning ruxsatisiz ijtimoiy tarmoqlarga joylaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishini ma’lum qildi. IIV rahbari matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov bu borada hujjat hali ishlab chiqilmaganini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, «to‘liq taqiq bo‘lmasa-da, qandaydir chegaralar qo‘yiladi». Bunga deputat Rasul Kusherbayev e’tiroz bildirdi.

O‘zbekiston va Eron investitsiyalar bo‘yicha qo‘shma qo‘mitani tashkil etishga kelishdi
21 fevral 2022, 12:32

O‘zbekiston va Eron investitsiyalar bo‘yicha qo‘shma qo‘mitani tashkil etishga kelishdi

O‘zbekiston va Eron o‘rtasida Hukumatlararo komissiyaning 14-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda investitsiya, transport va logistika bo‘yicha qo‘shma qo‘mitalarni tashkil etishga kelishilgan. O‘zbekiston-Eron hamkorligini har tomonlama chuqurlashtirishga qaratilgan kelishuvlarni qamragan qo‘shma «Yo‘l xaritasi» qisqa muddatda ishlab chiqilishi va imzolanishi kutilmoqda.

Hafta davomida O‘zbekistonda bahoriy iliq havo saqlanib qoladi
21 fevral 2022, 12:01

Hafta davomida O‘zbekistonda bahoriy iliq havo saqlanib qoladi

Dushanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab bahoriy iliq, yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Seshanbadan esa Kavkazdan bulutli massivlar kirib keladi, shunga qaramasdan hafta davomida poytaxtda quruq va iliq ob-havo saqlanib qoladi, boshqa hududlarda esa biroz yomg‘ir yog‘adi.

Toshkent viloyatida hokimlik zaxirasidagi yerni olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
21 fevral 2022, 11:41

Toshkent viloyatida hokimlik zaxirasidagi yerni olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Toshkent tumanida hokimlik zaxirasidagi 14 sotix yer maydonini boshqa shaxsga olib berishni va’da qilgan fuqaro ushlandi. U yerga egalik huquqini beruvchi qarorni chiqartirish uchun 8 ming dollar talab qilgan.

Toshkentda avariya oqibatida Matiz va Spark ag‘darilib ketdi
21 fevral 2022, 11:13

Toshkentda avariya oqibatida Matiz va Spark ag‘darilib ketdi

Toshkentning Sebzor ko‘chasidagi ko‘prik ustida uch avtomobil to‘qnashishi natijasida Matiz va Spark mashinalari ag‘darilib ketdi. Spark`ning ikki nafar yo‘lovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Ekstremistik tashkilotlar tarafdorligida gumonlanayotgan 24 nafar fuqaro qo‘lga olindi
21 fevral 2022, 11:09

Ekstremistik tashkilotlar tarafdorligida gumonlanayotgan 24 nafar fuqaro qo‘lga olindi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ekstremistik tashkilotlar tarafdorligida gumonlanayotgan 24 nafar fuqaro ushlandi. Ularning yashash manzillarida aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan taqiqlangan materiallar aniqlangan.

Covid-19: 160 kishi virusga chalindi, Sirdaryoda kasallar aniqlanmadi
21 fevral 2022, 10:37

Covid-19: 160 kishi virusga chalindi, Sirdaryoda kasallar aniqlanmadi

Yakshanba kuni O‘zbekistonda 160 kishida koronavirus qayd etildi. 34 kishi pnevmoniyaga chalindi. Kasallanish oldingi kunga nisbatan kamaygan. Sirdaryoda va Qashqadaryoda virusga chalingan bemor aniqlanmagan.

«Faqat auksion orqali». Toshkent hokimi va ITSV rahbarining birinchi o‘rinbosari — texnoparkdagi yer ajratishlar haqida
21 fevral 2022, 10:37

«Faqat auksion orqali». Toshkent hokimi va ITSV rahbarining birinchi o‘rinbosari — texnoparkdagi yer ajratishlar haqida

Prezident 210 gektar maydonda barpo etiladigan «Yangihayot» texnoparki loyihasi bilan tanishar ekan, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va ITSV rahbarining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitovga yer ajratishlar tanish-bilish orqali bo‘lmaydimi, deya savol berdi. «Faqat auksion orqali», deb javob berishdi ikkala rahbar ham bir ovozda.

O‘zbekistonga qariyb 136 ming doza Sputnik Light vaksinasi olib kelindi
21 fevral 2022, 10:25

O‘zbekistonga qariyb 136 ming doza Sputnik Light vaksinasi olib kelindi

Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Sputnik Light vaksinasining qariyb 136 ming dozasini qabul qilib oldi. Mazkur turdagi vaksinalarning umumiy miqdori 343 ming dozadan oshdi.

4 nafar sudya ishdan bo‘shatildi, 10 nafariga intizomiy chora ko‘rildi
21 fevral 2022, 10:16

4 nafar sudya ishdan bo‘shatildi, 10 nafariga intizomiy chora ko‘rildi

Andijon, Buxoro va Toshkent viloyatlarida tuman sudlari raislari va sudyalar o‘z arizasiga ko‘ra ishdan olindi. Shuningdek, respublika bo‘ylab 10 nafar sudyalar mas’uliyatsizligi uchun intizomiy jazoga tortildi.

UNFPA Qoraqalpog‘iston SSVga saratonning erta bosqichlarini davolash uskunalarini taqdim etdi
21 fevral 2022, 09:41

UNFPA Qoraqalpog‘iston SSVga saratonning erta bosqichlarini davolash uskunalarini taqdim etdi

BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) Qoraqalpog‘iston SSVga saraton oldi kasalliklarini birlamchi bosqichda davolash uskunalarini taqdim etdi. Endilikda chekka hududlarda yashovchi ayollar onkologiya markazlariga emas, balki poliklinikalarning o‘zida saraton oldi kasalliklarni davolash xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

Endi bojxona organlariga yoshi 30 dan oshgan mutaxassislar ham qabul qilinadi
21 fevral 2022, 09:40

Endi bojxona organlariga yoshi 30 dan oshgan mutaxassislar ham qabul qilinadi

«Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, endi bojxona xizmatiga yoshi 30 dan oshgan yuqori malakali mutaxassislar ham qabul qilinadi. Shuningdek, bojxonachilar endi har 2 yilda emas, balki DBQ raisining buyrug‘iga asosan malaka oshiradi. Qolaversa, bojxona organlariga pullik xizmat ko‘rsatishga ham ruxsat berilmoqda.

Samarqandda yetti kishi taksi haydovchilaridan pul undirib kelgani aniqlandi
21 fevral 2022, 09:36

Samarqandda yetti kishi taksi haydovchilaridan pul undirib kelgani aniqlandi

Samarqandda yetti nafar fuqaro taksi haydovchilaridan tamagirlik yo‘li bilan pul undirib kelishgani aniqlandi. So‘ralgan pullarni bermagan haydovchilar esa yollanma sportchilar tomonidan ta’qib qilinib, kaltaklangan. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting