Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi
23 noyabr 2024, 13:53

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi

Shanba kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi vodiy viloyatlari va Toshkent shahrida sezildi (2−3 ball).

“Aholi rozi bo‘lsa, ko‘chirish choralari ko‘riladi”. Hukumat — Boysundagi Kofrun aholisini evakuatsiya qilish haqida
23 noyabr 2024, 13:42

“Aholi rozi bo‘lsa, ko‘chirish choralari ko‘riladi”. Hukumat — Boysundagi Kofrun aholisini evakuatsiya qilish haqida

Bosh vazir Abdulla Aripov Surxondaryoning Boysun tumaniga texnogen falokatdan so‘ng ikki marta bordi, deydi uning matbuot xizmati. Hukumat rahbari mahalliy aholi bilan evakuatsiya masalasini muhokama qilgan.

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Yevropada talabalar muvaffaqiyati uchun yangi imkoniyatlar sari qadam tashlamoqda
23 noyabr 2024, 13:00

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Yevropada talabalar muvaffaqiyati uchun yangi imkoniyatlar sari qadam tashlamoqda

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti vakillari Ispaniya va Portugaliyaga tashrif buyurib, top universitetlar hamda mashhur Real Madrid fondi bilan shartnomalar imzolash bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Nima tayyorlaymiz: pechenye
23 noyabr 2024, 10:53

Nima tayyorlaymiz: pechenye

“Alfaxores” pechenyesi, zanjabilli pryaniklar, “Qahva donalari” pechenyesi, olmali pechenye va boshqa pechenye retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.

“Toshkent viloyati suv ta’minoti” xodimlari 1600 dollar bilan ushlandi
22 noyabr 2024, 23:42

“Toshkent viloyati suv ta’minoti” xodimlari 1600 dollar bilan ushlandi

DXX Olmaliq shahrida “Toshkent viloyati suv ta’minoti"ning ikki nafar mutaxassisini 1600 dollar pora bilan qo‘lga oldi. Ular shifoxonaga qo‘llangan dalolatnoma va hisob-kitob qilingan zararni bartaraf qilib berishni va’da qilgan.

Xitoylik investorlar Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 mlrd dollar investitsiya kiritmoqchi
22 noyabr 2024, 23:31

Xitoylik investorlar Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 mlrd dollar investitsiya kiritmoqchi

Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid rejalarga ko‘ra, kelasi yilda 425 ming aholini ishli qilib, 320 mln dollar eksport qilish ko‘zda tutilmoqda. Xususan, xitoylik investorlar mis va kumush konlariga investitsiya kiritish orqali ikki ming ish o‘rni yaratishni taklif qilmoqda.

Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
22 noyabr 2024, 23:15

Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi

Toshkent aeroportida ilk bor eshitish qobiliyati cheklangan sakkiz nafar fuqaro yuk aravachasi operatori sifatida ish boshladi. Uzbekistan Airports frontlayn personallarni imo-ishora tiliga o‘qitish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

Xorazmga 2025-yilda 1,5 mlrd dollar investitsiya jalb qilish rejalashtirilmoqda
22 noyabr 2024, 23:01

Xorazmga 2025-yilda 1,5 mlrd dollar investitsiya jalb qilish rejalashtirilmoqda

Prezident huzurida 2025-yilda Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. 1,5 mlrd dollar investitsiya jalb qilish, bu orqali ish o‘rinlari va korxonalar yaratish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, 44 ta maktab va bog‘cha ta’mirlanib, DXSh asosida yangilari quriladi.

Qirg‘iziston ko‘mir eksportini vaqtincha chekladi
22 noyabr 2024, 22:28

Qirg‘iziston ko‘mir eksportini vaqtincha chekladi

Qirg‘iziston YOIIdan tashqariga ko‘mir eksportiga olti oylik taqiq joriy qildi. Cheklov “O‘zkimyoimpeks” 2023-yilda ko‘mirni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan “Qirg‘izko‘mur"ga ta’sir qilmaydi. Mamlakat toshko‘mir eksportining 85%, qo‘ng‘ir ko‘mirning 95,7% qismi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi.

2025-yildan madaniyat va san’at sohasi xodimlarining maoshlarini oshirish rejalashtirilmoqda
22 noyabr 2024, 22:12

2025-yildan madaniyat va san’at sohasi xodimlarining maoshlarini oshirish rejalashtirilmoqda

Prezidentga madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga oid takliflar taqdimot qilindi. Rejaga ko‘ra, hududlardagi teatr binolari mukammal ta’mirlanib, ta’lim muassasalarida teatr jamoalari tuziladi. 2025-yildan shu soha xodimlarining ish haqi oshirilib, moddiy manfaat KPI ko‘rsatkichlariga bog‘lanadi.

O‘zbekiston gaz eksportini oshirmoqda. Import ham o‘sib, qazib olish qisqarmoqda
22 noyabr 2024, 21:31

O‘zbekiston gaz eksportini oshirmoqda. Import ham o‘sib, qazib olish qisqarmoqda

Yil boshidan buyon O‘zbekistonga gaz importi 1,36 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2023-yil 10 oyidagi ko‘rsatkichdan 2,4 baravar ko‘p, deya xabar berdi Statagentlik. “Ko‘k yoqilg‘i” eksporti 540,4 mln dollargacha (+17,9%) oshdi. Hukumat avvalroq 2025-yilda gaz eksportini to‘xtatish rejasini e’lon qilgan edi.

Qirg‘izistonda 2025-yil iyuldan elektron sigaretlar taqiqlanadi
22 noyabr 2024, 20:37

Qirg‘izistonda 2025-yil iyuldan elektron sigaretlar taqiqlanadi

Qirg‘iziston prezidenti mamlakatga elektron sigaretlarni olib kirish, sotish va chekishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjat 2025-yil 1-iyuldan kuchga kiradi. Tartibni buzish jismoniy shaxslar uchun 115 dollar (joriy kurs) jarima solishga sabab bo‘ladi.

Rossiya benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni muddatidan oldin bekor qilmoqchi
22 noyabr 2024, 20:16

Rossiya benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni muddatidan oldin bekor qilmoqchi

Rossiya yil oxirigacha benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni muddatidan oldin bekor qilishni rejalashtirmoqda. Yaqinda Energetika vazirligi eksport cheklovlarini olib tashlash mumkinligi, chunki narxlar va bozordagi vaziyat barqaror ekanini bildirgandi.

“Toshshahartransxizmat” va Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi
22 noyabr 2024, 18:09

“Toshshahartransxizmat” va Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi

Sanjar Sattarov “Toshshahartransxizmat” rahbari v.b. etib tayinlandi. Tashkilotining avvalgi rahbari Anvar Jo‘rayev ustidan sud ishi ketmoqda. Shuningdek, Mirakbar Ikramov Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.

Ta’lim vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyevni haqorat qilgan sobiq deputat Kobul Dusovning ozodligi 1 yilga cheklandi
22 noyabr 2024, 17:59

Ta’lim vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyevni haqorat qilgan sobiq deputat Kobul Dusovning ozodligi 1 yilga cheklandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning o‘rinbosari Farhod Boqiyev sobiq deputat va bloger Kobul Dusov ustidan sudga ariza berdi. Birinchi instansiya sudi blogerni vazir o‘rinbosarini haqorat qilgani uchun 1 yilga ozodlikdan chekladi.

Braziliyaning sobiq prezidenti davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanmoqda
22 noyabr 2024, 17:54

Braziliyaning sobiq prezidenti davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanmoqda

Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru 2022-yilgi saylovlarda mag‘lubiyatga uchragach, davlat to‘ntarishiga uringanlikda gumon qilinmoqda. Yana 36 nafar shaxsga, jumladan, sobiq vazirlar va iste’fodagi generallarga ayblov e’lon qilindi. Ular hozirgi prezidentni o‘ldirishni reja qilgan bo‘lishi mumkin.

Ichki ishlar organlari “kolyaska”, velosiped va samokatlarni o‘g‘rilikdan himoyalash uchun ularni o‘zlari olib ketib qolmoqda
22 noyabr 2024, 17:40

Ichki ishlar organlari “kolyaska”, velosiped va samokatlarni o‘g‘rilikdan himoyalash uchun ularni o‘zlari olib ketib qolmoqda

Toshkentning turli tumanlaridagi IIB xodimlari “o‘g‘riliklarning oldini olish maqsadida” pod’ezdlardan bolalar aravachasi, velosipedlari va samokatlarini olib ketmoqda. Jamoatchilik bu harakatlarni ijobiy baholamadi.

O‘zbekiston jinoyat sodir etgan bolalar uchun ozodlikdan mahrum qilishning muqobil choralarini joriy etishni rejalashtirmoqda
22 noyabr 2024, 17:37

O‘zbekiston jinoyat sodir etgan bolalar uchun ozodlikdan mahrum qilishning muqobil choralarini joriy etishni rejalashtirmoqda

Jahon bolalar kuni munosabati bilan UNICEF, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz va bolalar ombudsmani ozodlikdan mahrum etish o‘rniga maslahat, vositachilik va qo‘llab-quvvatlash kabi bolalarga mo‘ljallangan muqobil sudlov choralarini joriy etishga chaqirdi.

Vebster universitetining qo‘shma dasturlari asosida o‘qishga qabul davom etmoqda
22 noyabr 2024, 17:00

Vebster universitetining qo‘shma dasturlari asosida o‘qishga qabul davom etmoqda

Endi AQShdagi Vebster universitetining O‘zbekistondagi hamkor oliygohlar bilan yo‘lga qo‘ygan qo‘shma dasturlariga hujjat topshirish mumkin.

O‘zbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish kamayishda davom etmoqda
22 noyabr 2024, 16:59

O‘zbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish kamayishda davom etmoqda

Oktabr oyida O‘zbekistonda gaz qazib olish ko‘rsatkichi pasayishda davom etib, 3,6 mlrd kubometrga yetdi (2023-yil oktabr oyiga nisbatan 5% kam). Benzin ishlab chiqarish ketma-ket uchinchi oy qisqarmoqda. Quyosh va shamol stansiyalari hisobiga elektr quvvati ishlab chiqarish ko‘paydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting