Shavkat Mirziyoyev 12 oktabr kuni Qozog‘istonga boradi
10 oktabr 2022, 15:54

Shavkat Mirziyoyev 12 oktabr kuni Qozog‘istonga boradi

Shavkat Mirziyoyev 12−14 oktabr kunlari Osiyoda hamkorlik va o‘zaro ishonch choralari bo‘yicha kengash yig‘ilishi, “Markaziy Osiyo — Rossiya” sammitida ishtirok etish uchun Qozog‘istonga boradi. Sammit doirasida Vetnam va Pokiston yetakchilari bilan ham muzokaralar o‘tkazadi.

Tijorat banklarida 10-oktabr uchun belgilangan dollar kursi
10 oktabr 2022, 12:43

Tijorat banklarida 10-oktabr uchun belgilangan dollar kursi

Markaziy bank 10-oktabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 051,27 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.

Poytaxtda transport harakatining ruxsat etilgan tezligi pasaytiriladi
10 oktabr 2022, 12:32

Poytaxtda transport harakatining ruxsat etilgan tezligi pasaytiriladi

Poytaxtlik deputatlar Kichik halqa avtomobil yo‘li ichida joylashgan barcha ko‘chalarda transport vositalarining harakat tezligini 60 km/soatgacha, yana 10 yaqin markaziy ko‘chada esa 50 km/soatgacha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ushbu chora samara bersa, shahardagi barcha ko‘chalarda tezlik pasaytiriladi.

Hafta davomida havo quruq va iliq bo‘ladi
10 oktabr 2022, 12:20

Hafta davomida havo quruq va iliq bo‘ladi

O‘zbekiston hududida haftaning ikkinchi yarmida antitsiklon periferiyasining ta’siri susayadi va kunduzi harorat yana iqlim me’yoridan yuqori, +28 darajagacha isiydi.

Navoiydagi koloniyada 15 yilga hukm qilingan erkak o‘zini osib qo‘ydi
10 oktabr 2022, 11:20

Navoiydagi koloniyada 15 yilga hukm qilingan erkak o‘zini osib qo‘ydi

Navoiy shahridagi koloniyalardan birida 2018 yilda 15 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum etilgan erkak o‘z joniga qasd qildi. Holat yuzasidan shahar maxsus prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv ishlarini boshladi.

Tojikistonda Amir Temur hayoti haqida o‘zbek tilida bitilgan eski qo‘lyozma topildi
10 oktabr 2022, 11:05

Tojikistonda Amir Temur hayoti haqida o‘zbek tilida bitilgan eski qo‘lyozma topildi

Amir Temurning hayoti va faoliyati haqida o‘zbek tilida bitilgan eski qo‘lyozma aniqlandi. Kitob Amir Temur haqida yozilgan va shu paytga qadar yetib kelgan turkiy qo‘lyozmalarning hozircha eng qadimiysi bo‘lishi mumkin.

PMTI ekspertlari QQS pasayishining iqtisodiyotga ta’sirini o‘rgandi
10 oktabr 2022, 10:57

PMTI ekspertlari QQS pasayishining iqtisodiyotga ta’sirini o‘rgandi

QQSni 3% ga tushirish inflyatsiyani 0,8% ga kamaytirishi mumkin, ammo bu soliq tushumlari bo‘yicha yo‘qotishlarni teng miqdorda kompensatsiya qilishi dargumon, demoqda PMTI ekspertlari. Ularning fikricha, QQSning real va standart stavkalari o‘rtasidagi tafovutni kamaytirish choralarini ko‘rish istiqbolliroq.

Toshkentda Isuzu haydovchisi hujjatlari bo‘lmagan 433 mln so‘mlik pirotexnikalar bilan ushlandi
10 oktabr 2022, 10:41

Toshkentda Isuzu haydovchisi hujjatlari bo‘lmagan 433 mln so‘mlik pirotexnikalar bilan ushlandi

6 oktabr kuni poytaxtda bojxonachilar va DXX xodimlari oldindan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvidagi Isuzu yuk mashinasini to‘xtatganda undan 433 mln so‘mlik pirotxenika vositalari topildi. Organ xodimlari hodisa bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshladi.

Murojaatlar bilan ishlovchilar 3 yilda bir marta malaka oshiradi
10 oktabr 2022, 10:00

Murojaatlar bilan ishlovchilar 3 yilda bir marta malaka oshiradi

Hukumat qarori bilan murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlar malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Endi ushbu xodimlar malakasini oshirish har 3 yilda kamida bir marta amalga oshiriladi. Malaka oshirish bilan bog‘liq xarajatlar ish beruvchi hisobidan qoplanadi.

O‘zbekiston amputantlar o‘rtasida futbol bo‘yicha Jahon kubogida bronza medalini qo‘lga kiritdi
10 oktabr 2022, 05:33

O‘zbekiston amputantlar o‘rtasida futbol bo‘yicha Jahon kubogida bronza medalini qo‘lga kiritdi

Amputantlar o‘rtasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gaiti jamoasini mag‘lub etib, Jahon kubogida uchinchi o‘rinni egalladi. Bu terma jamoaning turnir tarixidagi yettinchi medalidir.

Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda 2 kishi halok bo‘ldi
9 oktabr 2022, 23:50

Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda 2 kishi halok bo‘ldi

Toshkent shahri Maxtumquli ko‘chasida BMW yo‘lni ajratuvchi to‘siqdan oshib o‘tib, Nexia-3 ustiga tushdi. Oqibatda Nexia-3 haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi.

YeTTB ikkita hududda elektr uzatish liniyasini qurish uchun $47 mln ajratdi
9 oktabr 2022, 22:01

YeTTB ikkita hududda elektr uzatish liniyasini qurish uchun $47 mln ajratdi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan Sarimoy (Xorazm) va Jonkeldi (Buxoro) aholi yashash punktlari o‘rtasida yangi elektr uzatish liniyasini qurish uchun $47,1 mlnlik moliyaviy yordam berildi. Yangi liniya umumiy quvvati 1 GVtli ikkita shamol elektr stansiyasini milliy tarmoq bilan bog‘laydi.

Yevrokengash rahbari O‘zbekistonga tashrif buyuradi
9 oktabr 2022, 07:46

Yevrokengash rahbari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel oktabr oyi oxirida O‘zbekistonga tashrif buyurib, Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Fuqarolar geografik obyektlarga nom berish tashabbusi bilan chiqishlari mumkin bo‘ladi
8 oktabr 2022, 14:38

Fuqarolar geografik obyektlarga nom berish tashabbusi bilan chiqishlari mumkin bo‘ladi

Senat qonunchilikka aholi punktlarining tarkibiy qismlariga jahon tarixida muhim iz qoldirgan shaxslarning nomlarini berish imkoniyatini taqdim etuvchi o‘zgartishlar kiritilishini ma’qulladi. Bundan tashqari, endilikda joylarni nomlash yoki qayta nomlashda aholining fikri ham inobatga olinadi.

Qrim ko‘prigining bir qismi yuk mashinasi portlashi natijasida vayron bo‘ldi
8 oktabr 2022, 12:45

Qrim ko‘prigining bir qismi yuk mashinasi portlashi natijasida vayron bo‘ldi

Qrim ko‘prigining avtomobillar yuradigan bo‘lagida yuk mashinasi portladi. Oqibatda ko‘prikning bir qismi qulab tushdi. Ko‘prikda harakat to‘xtatilgan.

Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari pasayishda davom etmoqda. Bu nimaga bog‘liq?
8 oktabr 2022, 10:39

Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari pasayishda davom etmoqda. Bu nimaga bog‘liq?

Sentabr oyida aholida import va oziq-ovqat mahsulotlarining qimmatlashuvi hamda narxlarning sun’iy oshishi bo‘yicha xavotirlar kamaydi. Biroq, ishbilarmonlar valyuta kursining o‘zgarishi, ish haqi va nafaqalarning oshishi, shuningdek, yoqilg‘i mahsulotlari va transport xarajatlarining qimmatlashuvidan xavotirda.

Nima tayyorlaymiz: Go‘shtli piroglar
8 oktabr 2022, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Go‘shtli piroglar

Go‘shtli, nachinkasi sersuv, xamiri kefirdan bo‘lgan, «Xrizantema» va go‘tli konvertlar, o‘zbekcha balish va boshqalar — Zira.uz mazali va to‘yimli taomlarni tayyorlashni istaganlar uchun go‘shtli piroglar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

O‘zbekiston prezidenti MDH norasmiy sammitida ishtirok etdi
8 oktabr 2022, 06:39

O‘zbekiston prezidenti MDH norasmiy sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi. Davlat rahbari shu kunning o‘zida amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

7 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
7 oktabr 2022, 23:20

7 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishga shoshilishning hojati yo‘qligini aytgan prezident, tug‘ilgan kunida vafot etgan afsonaviy qo‘shiqchi Davron G‘oipov, stavka ko‘rib chiqiladigan yig‘ilishni ortga surgan Markaziy bank, Curxondaryodagi bog‘chada 4 yoshli bolaning vafoti va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Markaziy bank asosiy stavka ko‘rib chiqiladigan yig‘ilishni keyinga qoldirdi
7 oktabr 2022, 22:08

Markaziy bank asosiy stavka ko‘rib chiqiladigan yig‘ilishni keyinga qoldirdi

Markaziy bank oktabr oyining ikkinchi yarmida xalqaro tashkilotlarning yangilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari e’lon qilinishini kutmoqda. Shu munosabat bilan regulyator asosiy stavka ko‘rib chiqiladigan yig‘ilishni bir haftaga qoldirishga qaror qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting