Namanganlik shaxs 4 nafar samarqandlik fuqaroni mansabdor tanishlari orqali Buyuk Britaniyaga ishlash uchun yuborishga kelishgan. U buning uchun 12 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. Uning ustidan tergov ishlari ketmoqda.
To‘qqizta kinopremyera, fransuz filmlari festivali, modalar namoyishi, spektakllar, BYD festivali, ko‘rgazmalar, ijodiy mahorat darslari, bolalar uchun shou-dasturlar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Toshkentning Yashnobod tumanidagi FVB qismida 4 mln 65 ming donadan ziyod salyut va petardalar dastlab suvda bo‘ktirilib, yaroqsiz holatga keltirildi va maxsus xandaqqa ko‘mib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilindi.
Energetika vazirligi issiqxona xo‘jaliklariga gaz yetkazib berishda cheklovlar mavjudligini rad etdi. “Issiqxona egalari belgilangan to‘lovlarni amalga oshirgan holda tabiiy gazdan foydalanish imkoniyatiga ega”, — deyiladi xabarda.
Kimyoviy, biologik va bakteriologik vositalardan foydalangan holda qasddan daraxtlarni quritish, ularga shikast yetkazish endilikda BHMning 75 baravarigacha jarimaga sabab bo‘ladi. Elektr toki hamda portlovchi va kimyoviy moddalar bilan ov qilganlar esa 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius bo‘lajak saylovlarda Sotsial-demokratik partiyadan kanslerlikka nomzodini ko‘rsatishdan bosh tortdi va amaldagi kansler Olaf Sholsni qo‘llab-quvvatladi. Partiya a’zolari avvalroq Pistoriusni o‘z nomzodini ko‘rsatishga chaqirgandi.
Xorijda yashab O‘zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy hayotida faol bo‘lgan vatandoshlarni rag‘batlantirish uchun “Vatandosh” guvohnomasi joriy etildi. Guvohnoma olgan nomzod va uning oila a’zolariga mamlakat vizasi, ayrim davlat xizmatlari va turar joy bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish masalalarida imtiyozlar beriladi.
Abdulla Aripov Vazirlar Mahkamasining 2030-yilgacha bo‘lgan Harakat dasturini taqdim etdi. “Hukumatni chinakam xalq xizmatchisiga aylantirish, oddiy insonlarning muammolarini hal etish — faoliyatimizning asosiy mezoni”, — dedi u. “Gazeta.uz” hukumat rahbarining nutqidagi asosiy tezislarni keltiradi.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti O‘zbekistondagi maktablarda bulling yoki bezorilik o‘quvchilarning akademik yutuqlariga qanday ta’sir qilishini o‘rgandi. Tahlillarga ko‘ra, kamida har yetti o‘quvchidan bittasi maktabda o‘zini xavfsiz his qilmaydi va zo‘ravonlik yoki bezorilikka guvoh bo‘lgan.
Endi “T-Bank” bilan Rossiyadan O‘zbekistonga 100 ming rublgacha mablag‘ni komissiyasiz o‘tkazish mumkin.
Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +10…+15, kechalari 0…−3 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Bolalarni ijtimoiy himoya qilishni yaxshilashga qaratilgan farmon imzolandi. Unga ko‘ra, yolg‘iz ona yoki otaga bolalari bog‘chaga borishi uchun moddiy yordam beriladi. 30 yoshga to‘lgan fuqarolarga oilaviy bolalar uyini tashkil etishga ruxsat etiladi. Homiladorlar uchun “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
Diniy qo‘mita Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya qo‘lga kiritgan 12 ta turfirma ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatda bo‘lmagan firmalarning mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.
IHMA Toshkentda Yandex Go bilan birgalikda nogironligi bor shaxslar uchun “Ijtimoiy taksi” loyihasini ishga tushirdi. Xizmat ilovada narx o‘zgarmagan holda maxsus funksiyalarni, masalan, nogironlar aravachasidagi foydalanuvchilarga yordam, nutqi va eshitish qobiliyati zaif odamlar uchun chatni o‘z ichiga oladi.
Toshkent shahri Chilonzor tumanida kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari boshlangani sababli Furqat va Beshyog‘och ko‘chalarining ayrim qismlarida 22-noyabrdan 10-dekabrgacha harakat cheklanadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida shifokorlar aybi bilan homilador qiz va uning homilasi halok bo‘lgani haqida video tarqaldi. SSV shifokorlar bemorning sog‘lig‘i yomonlashgani sababli operatsiya qilishga qaror qilganini ma’lum qildi. Tekshiruv ishlari boshlandi.
Prezident Rossiya bosh prokurori Igor Krasnov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Tomonlar ikki mamlakat bosh prokuraturalarining terrorizm, ekstremizm, noqonuniy migratsiya, sun’iy intellekt sohalaridagi hamkorligi masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi G‘ayrat Fozilov bir vaqtning o‘zida Niderlandiyadagi elchi etib ham tayinlandi. U Niderlandiya TIV Protokol departamenti direktori Xans Akerbumga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
O‘zbekiston hukumati 2025-yilda 200 mingdan ortiq fuqaroni ish haqi yuqori bo‘lgan mamlakatlarga ishga joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bosh vazir Abdulla Aripov kasbiy mahorat va chet tillariga o‘qitish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishini ta’kidladi.
O‘zbekistonda har payshanba kunini “Jismoniy tarbiya va sport kuni” deb belgilash taklif qilindi. OTMlar va hokimliklarda yoshlar sport ligalari tashkil etish, sport klublari ochish rejalashtirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting