O‘zbekistonda “Asakabank”, “O‘zsanoatqurilishbank” va “Aloqabank”ni xususiylashtirish yana keyinroqqa qoldirildi. Mamlakatning bu yirik davlat banklari aksiyalari 2025-yilda sotilishi rejalashtirilmoqda.
1-fevraldan mahalliy yo‘nalishlardagi yotoqli poyezdlar chiptalari ham qimmatlaydi. Biletlar narxi 10,5 foizga oshadi. Avvalroq tezyurar poyezdlarda ham narx oshishi haqida xabar berilgandi.
Surxondaryo viloyatida avtomaktablarga litsenziya berilmayapti. Avtodromlarga qo‘yilgan yangi talablar sabab nomzodlarni imtihonlardan o‘tkazish ishlari to‘xtatilgan. Shu munosabat bilan YHXXga senator so‘rovi yuborildi. Avvalroq “Gazeta.uz” bu muammo boshqa hududlarda ham bor ekanini yozgandi.
7-yanvarda O‘zbekistonga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va sovuq havo kirib keladi, ko‘plab hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Hafta davomida kunduzgi harorat +5…+8 dan 0…-3 gacha o‘zgarib turadi.
Buxoroning Jondor tumanida yashovchi 17 yoshli yigit 17 mlrd so‘mlik (1,3 mln dollar) kriptoaktivlarning noqonuniy aylanmasida gumonlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Yigit aybiga iqror bo‘lgani va tergovga yordam bergani uchun jinoyat ishi harakatdan tugatildi.
O‘zbekistonning ayrim banklarida AQSh dollarining sotuv kursi 13 000 va undan yuqori etib belgilandi. Sotib olish kursi esa 12 940 so‘mgacha ko‘tarildi.
UzAuto Motors 7-yanvar kuni soat 10:00 da Chevrolet Cobalt avtomobili uchun yana kontraktatsiyani ochadi.
FVB xodimlari Toshkentning Yashnobod tumanida 10 metr chuqurlikka tushib ketgan fuqaroni qutqardi. Fuqaro yengil tan jarohati olgan, hozirda shifokorlar nazorati ostida.
SSV OAVda e’lon qilinayotgan metapnevmovirus 2001-yildan beri dunyoda qayd etilgan mavsumiy kasallik ekanini ma’lum qildi. O‘RVI bilan kasallanganlarning 1,2 foizida infeksiya aniqlangan. U O‘RVI belgilari bilan o‘tadi, ba’zan bronxiolit va pnevmoniya chaqiradi, ko‘p hollarda asoratsiz o‘tib ketadi.
Zamin jamg‘armasi va O‘zgidromet qo‘shma loyihasi doirasida Toshkent shahrida havo ifloslanishini nazorat qiluvchi yana uchta avtomatik stansiya ishga tushirildi. O‘zbekistonda bunday stansiyalarning umumiy soni 19 taga yetdi.
O‘zbekistonda joriy hafta boshi iliqroq, o‘rtalari bulutli va sovuq (ba'zi viloyatlarda qor), oxirida esa harorat asta ko‘tarilib, quruq bo‘lishi kutilmoqda. 8-yanvarga o‘tar kechasi Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida qor yog‘ishi, harorat tunda -10 darajagacha pasayishi mumkin.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi 1-fevraldan boshlab poyezd chiptalari narxi yana oshirilishini ma’lum qildi. Xususan, “Afrosiyob” biletlari 20−25 foizga, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” biletlari esa 30 foizga ko‘tariladi.
Sud Rossiya tomonida Ukrainaga qarshi kurashgan 22 yoshli o‘zbekistonlikni shartli jazoga hukm qildi. Ayblanuvchining aytishicha, u deportatsiya o‘rniga, shuningdek, moddiy ahvoli tufayli armiyaga qo‘shilishni tanlagan. Harbiy harakatlardagi ishtiroki uchun u medal va Rossiya fuqaroligini olgan.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 2027-yilda ishga tushirilishi kutilayotgan yangi temiryo‘l quriladi. Liniyaning qurilishi mavjud Sariag‘ash — Toshkent uchastkasidan yuklarni yangi tarmoqqa yo‘naltirish va O‘zbekistonga eksport tashish hajmini oshirish imkonini beradi, deya ta’kidladi QTY.
Botir Tursunov Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari bo‘ldi. U bunga qadar O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi maslahatchi-vakili va SHHT kotibiyati huzuridagi doimiy vakil bo‘lib kelayotgandi.
Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi novvoyxona yashirin ravishda tarmoqqa ulanib, qariyb 1,33 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzildi, daliliy ashyolar tegishli organlarga yuborildi.
O‘zbekiston sudi Rossiya tomonida turib Ukrainadagi urushda qatnashgan 39 yoshli erkakni 4 yil 2 oyga ozodlikdan chekladi. Ayblanuvchining aytishicha, janglarda u 10 dan ortiq ukrainalik askarni o‘ldirgan. Hukm, xususan, aybiga iqror bo‘lgani uchun yumshatildi.
Dala chetlari, shaxsiy tomorqalar, xonadonlar, ko‘p qavatli uylar oldi va mahallalarning ichki ko‘chalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish rejalashtirilmoqda. Maxsus ishchi guruh tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, urug‘ va ko‘chat tanlash bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi iste’moli 200 kVt/soatdan oshsa, har bir kilovatt uchun 900 so‘m emas, 540 so‘m to‘lanishi bo‘yicha yolg‘on ma’lumotlar tarqalmoqda, deya xabar qildi Energetika vazirligi. Limitdan oshgandagi qo‘shimcha to‘lov miqdori aholiga emas, tadbirkorlarga kamaygan.
“Toshkent-Sharqiy” aeroporti ro‘parasida, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yaqinida qurilayotgan 25,5 gektar yer uchastkasi 522,7 mlrd so‘mga sotildi. Auksionda bitta taklifdan so‘ng Valid Trading g‘olib bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting