Polsha orqali yana 254 nafar o‘zbekistonlik, shu jumladan 69 nafar ayol, 37 nafar voyaga yetgaman shaxs va 14 nafar chaqaloq Ukrainadan vatanga qaytarildi. 28 fevraldan beri evakuatsiya qilinganlarning umumiy soni 5634 nafarga yetdi.
Toshkent xalqaro aeroportida qo‘shni davlat fuqarosi tamaqi qutilari ichiga 27,3 ming dollar va 1,8 mln rublni yashirgan holda O‘zbekistondan Istanbulga olib chiqib ketmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi.
Yoshlar o‘rtasida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining yarim finalida hakamlar avvaliga hindistonlik Anand Yadav o‘zbekistonlik Abduvali Bo‘riboyev ustidan g‘alaba qozonganini qayd etdi. O‘zbekiston boks federatsiyasining «protestidan» so‘ng, hakamlar qarorini o‘zgartirdi. Final yo‘llanmasini Abduvali Bo‘riboyev bilan birga yana 9 nafar bokschi qo‘lga kiritdi.
Baqlajon va pishloqli tovuq go‘shti, qozon-kabob, qaymoq-qo‘ziqorinli qaylada pishirilgan tovuq filesi, ko‘zachada pishirilgan tovuq, grechka va tovuq oyoqchalari, «dangasa» xonim — Zira.uz tovuq go‘shtidan tayyorlanadigan taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
FVV qor ko‘chish xavfi yuzaga kelganligi sababli 12 mart soat 9:00 dan boshlab «Qamchiq» dovoni transport harakati uchun vaqtincha yopilganini ma’lum qildi.
AQSh navbatdagi sanksiyalar doirasida Rossiyaga dollar banknotalarini yetkazib berishni taqiqladi. Qolaversa, avtomobil, kiyim-kechak va zargarlik buyumlari eksporti cheklandi. Bundan tashqari, Rossiyadan ikra, dengiz mahsulotlari va spirtli ichimliklar, shuningdek, brilliant va olmoslar importiga ham taqiq qo‘yildi.
O‘zbek paxtasiga boykot bekor qilinganiga munosabat bildirgan prezident, Moldovadan evakuatsiya qilingan 100 ga yaqin o‘zbekistonliklar, «hayfsan» olgan Farmatsevtika agentligi rahbari va «O‘zbekiston temir yo‘llari» raisi, bolalarni 2 yoshdan qabul qilishiga ruxsat berilgan ayrim bog‘chalar, rekonstruksiyasi boshlangan Abdulla Qodiriy bog‘i va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 11 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Prezident ishtirokidagi mahalliylashtirish bo‘yicha yig‘ilishda farmasevtika tarmog‘ida mavjud quvvatlarni to‘liq safarbar etish va import o‘rnini to‘ldirish masalasiga to‘xtalib o‘tildi. Davlat rahbari xomashyo olib kelib, bojxona hududida qayta ishlab, eksport qiladigan korxonalarga, apreldan boshlab, qator imtiyoz va yengilliklar berishni ham topshirdi.
Rossiyada Visa va Mastercard to‘lov tizimlari hamda Western Union platformasi o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Rossiyadagi o‘zbekistonliklar vatanga pul yuborish uchun hozirda qaysi xizmatlardan foydalanishlari mumkin? «Gazeta.uz» ushbu masala yuzasidan bir nechta banklardan izoh oldi.
Ukraina elchixonasi 1 mart kuni O‘zbekiston TIVga mamlakatda Rossiya telekanallari efirini taqiqlashni so‘rab nota yubordi. Xatda qayd etilishicha, Rossiya OAVlari olib borayotgan «axborot urushi harbiy kampaniyaning ajralmas qismi» va «jahon hamjamiyatini dezinformatsiyalashga qaratilgan». Elchi Nikolay Doroshenko «Ozodlik» radiosiga bergan intervyusida shuningdek, 28 tonnalik gumanitar yordamni yuborgani uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirdi.
O‘zbekiston razvedkachilari Pokistonda bo‘lib o‘tgan V Xalqaro «Jamoa ruhi» musobaqasida 16 ta davlat orasida rekord natija — 2850 ball bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin esa 1860 ball to‘plagan Marokash jamoasiga nasib etdi.
Ishonchli mualliflarni o‘qish, qarama-qarshi taraf bilan bahslashmaslik, axborot-detoks qilish — asli rossiyalik Mark Novikov urush payti axborot makonida odamlar o‘zini qanday tutishi kerakligi haqida o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.
2021 yilda O‘zbekistonga dunyoning 50 dan ziyod mamlakatidan jami 11,1 mlrd dollarlik xorijiy investitsiyalar kiritildi. Strategik rivojlanish agentligi rahbari o‘rinbosari Aleksey Sim o‘zbek iqtisodiyotiga eng ko‘p investitsiya kiritgan davlatlar beshligini ma’lum qildi.
Xorijdagi nufuzli OTMda o‘qiyotgan va yetakchi kompaniyalarda ishlayotgan yosh vatandoshlarga vazirlik, idora va tashkilotlarda ishlash uchun sharoitlar yaratiladi. Jumladan, ularga xizmat uylari beriladi, kamida 2 yil ishlaganlarga uy-joy uchun ipoteka kreditining dastlabki badali va foizlarining bir qismini qoplashga subsidiya ajratiladi. 1 iyungacha esa «Yosh vatandoshlar reyestri» ishga tushiriladi.
Navoiy viloyatining Navbahor tumanida 250 gramm «Radiy» radioaktiv moddasini noqonuniy ravishda sotishga uringan ikki kishi ushlandi.
Poytaxtning Abdulla Qodiriy nomidagi bog‘i dushanbadan rekonstruksiya uchun yopildi. Bu yerda sug‘orish tizimi va piyodalar yo‘laklari yangilanadi, o‘rindiqlar, chiqindi qutilari, chiroqlar va mashg‘ulotlar uchun maydonlar o‘rnatiladi, shuningdek, yashil maydonlar maydoni kengaytiriladi. Bog‘ning yoz boshida ochilishi kutilmoqda.
Markaziy bank belgilagan rasmiy kursga ko‘ra, dollarning so‘mga nisbatan kursi 40,70 so‘mga qimmatlab, 11 ming so‘mga yaqinlashdi. Rubl kursi ham biroz o‘sdi, yevro esa pastladi.
Shavkat Mirziyoyev Cotton Campaign o‘zbek paxtasiga boykotni bekor qilganiga munosabat bildirdi. «Bu ham biz uchun juda katta imkoniyat, yangi bozorlar degani», — deya ta’kidladi u. Shu bois, tayyor mahsulot ishlab chiqarib, chetga sotuvchi korxonalarga eksportyorlarning imtiyozlari berilishi, dastgohlari uchun bojxona boji undirilmasligi ma’lum qilindi.
Prezident juma kungi videoselektor yig‘ilishida dunyoqarashini o‘zgartirmagani, hozirgi vaziyatdan xulosa chiqarmayotgani uchun Farmatsevtika agentligi direktori Sardor Kariyevga «hayfsan» berdi. Uning ikki o‘rinbosari Dilshod Akbarov va Alisher Temirov esa ishdan bo‘shatilishi aytildi. Bundan tashqari, «O‘zbekiston temir yo‘llari» raisi v.b. Xusnutdin Xasilov ham «hayfsan» oldi.
O‘zbekiston hukumati Cotton Campaign koalitsiyasining o‘zbek paxtasiga boykotni bekor qilish qarorini olqishladi. Prezident matbuot kotibi bu boradagi islohotlar ortga qaytmasligi va bundan buyon ham qat’iy davom etishini ta’kidladi, Senat raisi esa buni «tarixiy voqea» deb atadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting