Vetnamda bo‘lib o‘tayotgan kadetlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritib, o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani yangiladi.
Shavkat Mirziyoyev ikki oy oldingi Nukus voqealari negizida aholining ayrim ijtimoiy-iqtisodiy muammolari yotganini ta’kidladi. «Chunki bu yerdagi ayrim adolatsiz, nopok rahbarlar „xalqni rozi qilish“ degan ezgu tushunchani hali anglab yetmagan», — dedi u.
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Sun’iy intellekt bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etildi. Unga vazir maslahatchisi Bobur Rahimov rahbarlik qiladi. Kengash sun’iy intellekt yordamida amaliy tajribalar o‘tkazish va ularni tezroq mamlakat iqtisodiyotiga tatbiq etish bilan shug‘ullanadi.
Shavkat Mirziyoyev qo‘shimcha imtiyoz va yengilliklar berilishini ma’lum qildi. Jumladan, foyda solig‘i stavkasi 15 foizdan 7,5 foizga tushiriladi, aylanma soliq stavkasi Nukusda 4 foizdan 2 foizga, tumanlarda 2 foizdan 1 foizga, olis hududlarda esa 1 foizdan 0,5 foizga pasaytiriladi.
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Murat Kamalov betobligi tufayli va o‘z murojaatiga asosan lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rniga sobiq ichki ishlar vaziri Amanbay Orinbayev nomzodi taklif etildi.
OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkazilgani sababli vaqtincha yopilgan Botanika bog‘i 26 avgustdan tashrif buyuruvchilar uchun qayta ochilganligi ma’lum bo‘ldi.
Dam olish kunlari mamlakat bo‘ylab quruq va biroz issiq ob-havo kuzatiladi, ayrim tog‘li hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘adi.
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining sessiyasida ishtirok etish uchun Nukusga uchib ketdi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqatlantirish tizimi joriy etilgandi. Hukumat bu bo‘yicha hujjatni tasdiqlab, o‘quvchilarni bepul ovqatlantirish tartibini belgiladi. Unga ko‘ra, taomnoma kundalik.com platformasi orqali yuritilib, maxsus komissiya tomonidan nazorat qilinadi.
Aprelda iftorlik vaqtida Madaniyat vazirligi xodimlari o‘rtasida o‘zaro janjal yuzaga kelgandi. O‘shanda ulardan biri oshxona pichog‘i bilan hamkasbini jarohatlab qo‘ygandi. Sud ayblanuvchini 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Andijonda fuqaroni 11 ming dollar evaziga Janubiy Koreyadagi kemasozlik zavodiga ishga kiritib qo‘yishga uringan shaxslar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumondorlarning aybi sudda o‘z isbotini topsa, ko‘pi bilan 3 yilgacha qamalishi mumkin.
Prezident qarori bilan xizmat vaqtida orttirilgan kasallik yoki olingan jarohati tufayli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqsiz deb topilib, rezervga bo‘shatilgan, shuningdek halok bo‘lgan harbiylarning, ularning xizmat muddatidan qat’i nazar, oila a’zolari uy-joy bilan ta’minlanishi belgilandi.
O‘zbekiston prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Toshkent davlat transport universiteti rektori Odil Abduraxmanov egalladi.
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot haftaligida import qilinayotgan lyuks avtomobillarning ikki barobar qimmatlashuviga olib keladigan sertifikatlash jarayonidagi qiyinchiliklar haqida fikr yuritildi. Moliya vaziri o‘rinbosari jarayonni soddalashtirish bo‘yicha rejalar bilan bo‘lishdi.
Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida Abu Rayxon Beruniy tavalludining 1050 yilligiga bag‘ishlab ulug‘ alloma nomidagi majmua barpo etiladi. Forumlar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish, qo‘lyozmalar va boshqa materiallarni restavratsiya qilish rejalashtirilgan.
Chorshanba kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanida qamishzorlarga o‘t ketdi. Voqea joyiga FVVning 107 nafar qutqaruvchisi jo‘natildi. Payshanba kuni Mudofaa vazirligining vertolyoti ishga qo‘shildi. Yong‘in maydoni 100 gektarni tashkil etgan, 80 gektar maydon o‘chirilgan.
Qonunchilik palatasi nogironlik bo‘yicha pensiyani har ikki yilda bir marta qayta hisoblash hamda ish stajiga va ish haqiga qarab indeksatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. 2023 yildan boshlab 75 ming nogironning pensiyasiga o‘rtacha 300 ming so‘m qo‘shilishi kutilmoqda.
Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatida poyezd va Chaplino vokzaliga uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida 25 kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘ldi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, «Iskander» raketasi 200 dan ortiq harbiy xizmatchi bo‘lgan harbiy eshelonni yo‘q qilgan.
Qoraqalpog‘istonning sobiq ichki ishlar vaziri Amanbay Orinbayev Jo‘qorg‘i Kengesi deputati etib saylandi.
Qonunchilik palatasi Senat tomonidan rad etilgan — nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bir oylik muddatni bekor qilishga oid qonunni qayta ko‘rishdan olib tashlashni bekor qildi. Deputatlar qonunni Senatni chetlab o‘tib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezidentga kiritishni taklif qildi, biroq Spiker shoshmaslikka chaqirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting