Prezident «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni ta’sis etiladi. Ushbu mukofot bilan ko‘plab ish o‘rinlarini yaratgan, biznesning yangi yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘ygan, o‘z sohasida innovatsiya va islohotlar qilgan va el-yurt orasida obro‘ topgan biznes vakillari taqdirlanadi.
Tadbirkorlarga nisbatan yangi jazo choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy e’lon qilinadi. Ularning mulk huquqi faqat sud tomonidan bekor qilinishi mumkin. Qolaversa, savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘liq bekor qilinadi, jarimalar esa to‘lanayotgan soliqdan oshirilmaydi.
Davaktiv Uzcard`dagi davlat ulushlarining 75 foizi sotilishi to‘g‘risidagi qarorini e’lon qildi. Jamiyat ishtirokchilari mazkur ulushni sotib olishda imtiyozli huquqdan foydalanishlari mumkin.
Prezident pandemiya va jahondagi vaziyatga ro‘kach qilib, unga QQSni keyinga qoldirishni taklif qilishganini ta’kidladi. «Biz islohotlar yo‘lidan hech qachon ortga qaytmaymiz va 2023 yil 1 yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 12 foizga tushiramiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident korxonalarni yillik aylanmasiga qarab, 1 mlrd so‘mgacha — mikro, 10 mlrd so‘mchaga — kichik hamda 100 mlrd so‘mgacha bo‘lganini — o‘rta biznes sifatida toifalarga ajratish taklifini ilgari surdi. Shundan kelib chiqib, ishbilarmonlarga bir qator imtiyozlar taqdim etiladi.
IIV rahbariyati YPX xodimlariga mobil telefonlarni topshirish, xizmatga telefonsiz chiqish va ish vaqtida undan foydalanmaslik bo‘yicha taqiq qo‘ygani aytilmoqda. Bu vazirlik rahbariyati talabi emas, balki joylardagi ayrim rahbarlarning shaxsiy tashabbusi bo‘lishi mumkin, deya qayd etdi IIV matbuot xizmati.
1 avgust sanasiga ko‘ra, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari o‘tgan oygiga nisbatan 976,2 mln dollarga kamayib, jami 34,6 mlrd dollarni, shu jumladan valyuta qismi 12,5 mlrd dollarni, oltin qismi esa 21 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti tadbirkorlar bilan ochiq muloqot avvalida davlat mukofotlarini o‘z egalariga topshirdi. «Bu kimgadir yoqadi-yoqmaydi, men sizlarning birinchi advokatlaringman. Bepul advokat», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zbekistonda eshitishda nuqsoni bo‘lgan fuqarolar va sayyohlarning hayotini, qolaversa, davlat va biznes bilan suhbatini osonlashtirish uchun imo-ishorani onlayn tarjima qilish dasturi joriy etilishi kutilmoqda. O‘zbekiston karlar jamiyati faollari buning uchun hukumat va homiylarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirmoqda.
Banklardan birida mijozning plastik kartasidan 8 mln so‘m miqdorida mablag‘ yechib olingani aniqlandi, deb xabar qildi Kiberxavfsizlik markazi. Pullarni Telegram orqali texnik yordam ko‘rsatuvchi koll-markaz xodimi o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda.
Andijon shahrida psixotrop dori vositalari oldi-sotdisi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar ushlandi. Gumondorlarga tegishli avtoulovda 100 dona “Tropikamid” va 16 dona konvalyutada jami 224 dona “Regapen” dori vositalari borligi aniqlangan.
O‘zbekistonda mazkur hafta davomida ham qulay ob-havo saqlanib qoladi. Harorat kunduz kunlari +30 daraja, kechalari esa +17 daraja atrofida bo‘ladi. Hafta oxiriga kelib havo biroz isiydi.
Chilonzor tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajarish Jamoliddin Xodjimanovga yuklatildi. Tuman sobiq hokimi Shavkat Mavlonov Toshkentda 101 tup daraxtga shikast yetkazilgani ortidan lavozimidan ozod etilgan edi.
Turizm vazirligi DSQ bilan hamkorlikda yangi keshbek tizimini ishga tushirmoqda. Unga muvofiq, 1 sentabrdan boshlab respublika hududlari bo‘ylab ichki sayohatlarni amalga oshirgan mamlakat fuqarolariga xarajatlarining bir qismi qaytarib beriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev dushanba kuni tadbirkorlar bilan uchrashadi. Shuningdek, AQSh Kongressi a’zolari Trent Kelli va Derin Laxudni qabul qilishi kutilmoqda. Hafta davomida davlat rahbari Samarqandga tashrif buyurishi ham rejalashtirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Andijonda tadbirkor o‘zini osgani bo‘yicha xabarga viloyat hokimligi munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, tadbirkorga hokim ham, prokuror ham tazyiq o‘tkazmagan. Xabarda aytilishicha, tashkilot rahbarining o‘z joniga qasd qilishi bilan bog‘liq boshqa tafsilotlar kelib chiqmoqda.
«Toshkent-O‘sh» yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi qismida Isuzu yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, oldida harakatlanib ketayotgan ikkita Lacetti bilan to‘qnashib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urildi. Natijada haydovchi va yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etdi.
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish tartibi belgilash bo‘yicha qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. Unga ko‘ra, kon ochish salohiyati yuqori bo‘lgan maydonlar «E-auksion» orqali, olis joylardagi uchastkalar «birinchi kelgan birinchi oladi» tamoyili asosida berilishi rejalashtirilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovni «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotladi. Farmonda u vatan taraqqiyoti va xalq farovonligi uchun qo‘shgan hissasi hamda tavalludining 60 yilligi munosabati bilan taqdirlangani qayd etilgan.
Prezident qarori bilan «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Shavkat Mirziyoyev ishbilarmon doira vakillari bilan ochiq muloqot oldidan 100 nafar tadbirkorni mazkur mukofot bilan taqdirladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting