Prezident qarori bilan shu yilning 1 iyulidan 2025 yilning 1 iyuliga qadar OAVlar foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamroq to‘laydi. Qolaversa, budjet tashkilotlariga elektron OAVlarga obuna bo‘lishga ruxsat berilmoqda.
Yevropa Ittifoqi Rossiyadan oltin import qilish bo‘yicha cheklovlarga qo‘shilish masalasini o‘rganmoqda. Avvalroq G7 davlatlari Rossiya oltinini yetkazib berishni taqiqlagandi.
«Yashil makon» harakati doirasida kuz va bahor mavsumida jami 213 mln tup daraxt va buta ekildi, deb ma’lum qildi Ekologiya qo‘mitasi. Mazkur daraxtlarni parvarishlashga mas’ul bo‘lgan 109 nafar mansabdor talablarni bajarmagani bois jami 311 mln so‘m miqdorda jarimaga tortildi.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 16,38 so‘mga arzonlab, 10 823,52 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz ko‘tarildi.
Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida 10 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza, jami 17 ta medalni qo‘lga kiritib, o‘z chiqishlarini yakunladi.
Milliy teleradiokompaniya raisi birinchi o‘rinbosari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Farhod Mahmudov 49 yoshida vafot etdi.
O‘zbekistonda Jahon bankining 143 mln dollarlik «Binolar uchun toza energiya» loyihasi amalga oshiriladi. Imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan 800 dan ortiq ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari binolari modernizatsiya qilinadi.
Bu hafta O‘zbekistonda havo harorati +45 darajagacha issiq bo‘ladi. Faqat juma kuni issiq biroz pasayadi. Bu iqlimiy meyorlardan 5−7 darajaga yuqori ekani aytildi.
Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi 1 tonna 900 kgdan ortiq giyohvandlik vositalarini maxsus pechda yoqib yubordi.
Buxoro viloyatida 7 gektar ekin yer maydonini 120 ming dollarga sotishga uringan shaxs kelishilgan pulning 20 ming dollarini olayotgan vaqtda ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Uzbekistan Airports Toshkent xalqaro aeroportida yuk aravalari yetishmasligini Abadiya Trade kompaniyasi shartnomani bir tomonlama bekor qilgani bilan izohladi. Aeroport xodimlari yo‘lovchilarga yordam berishadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘chada bola kaltaklangani aks etgan videoga Farg‘ona viloyati MTB raddiya berdi. Ma’lum bo‘lishicha, voqea bog‘chada emas, balki defektolog mutaxassisning uyida sodir bo‘lgan. Viloyat IIB bolani mutaxassisning singlisi urgani va ish sudga o‘tkazilganini ma’lum qildi.
26 iyun kuni O‘zbekistonda 133 kishi koronavirusga chalingani (oldingi kun 139 kishi) ma’lum bo‘ldi. Eng ko‘p kasallik Toshkent shahri va Farg‘onada aniqlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda bir yigit ko‘chada qizni kaltaklagani aks etgan videolar tarqaldi. Farg‘ona IIBning ma’lum qilishicha, yigitning shaxsi aniqlangan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Shanba kuni O‘zbekistonda 140 ga yaqin (bir kun avval 120 ga yaqin) koronavirus holati aniqlandi. Shundan 56 tasi Toshkentda qayd etilgan.
Bokschi Murodjon Ahmadaliyev amerikalik Ronni Rios ustidan g‘alaba qozonib, WBA va IBF chempionlik kamarlarini himoya qildi. Bellashuvdan so‘ng o‘zbekistonlik sportchi jangni jarohatlangan qo‘l bilan o‘tkazganini ma’lum qildi.
Taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik Jasur Jaysunov hamda Nikita Rafalovich oltin, Feruza Sadikova va Svetlana Osipova bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida kuchli uchlikda bormoqda.
Biznes ombudsman o‘rganishlari natijasida Qurilish vazirligi tizimida 1326 ta holatda tadbirkorlarning huquqlari buzilgani ma’lum bo‘ldi. Kamchiliklar uchun vazirlik va uning hududiy bosh boshqarmalarining 143 nafar xodimiga nisbatan bayonnoma tuzildi.
Konstitutsiyani o‘zgartirishga oid qonun loyihasi «Bu mening Konstitutsiyam» portalida ikki tilda e’lon qilindi. U PDF formatida joylashtirilgan bo‘lib, alohida moddalarga izoh qoldirish imkoniyati mavjud emas. Lekin fuqarolar o‘z fikrlarini yozib qoldirish imkoniyatiga ega. Muhokama 10 kun davom etadi.
O‘zbekiston zilzila va toshqindan jabr ko‘rgan Afg‘onistonga 74 tonna gumanitar yordam jo‘natdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting