«O‘zbekneftgaz» AI-80 benzini narxini oshirdi
27 may 2022, 14:01

«O‘zbekneftgaz» AI-80 benzini narxini oshirdi

Dekabrdan beri ilk bor «O‘zbekneftgaz» kompaniyasiga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-80 benzini narxi 6800 so‘mgacha (4,3%) ko‘tarildi. Kompaniya buni import qilinayotgan 30 foiz neft mahsulotlarining jahon bozorlaridagi narxi oshgani bilan izohladi. Biroq, bunga qadar «O‘zbekneftgaz» vakillari AI-80 benzini mahalliy xom ashyodan ishlab chiqarilishini aytgandi.

OTMlarda chet tilidan o‘tkaziladigan ijodiy imtihon formati va test namunalari e’lon qilindi
27 may 2022, 12:14 2

OTMlarda chet tilidan o‘tkaziladigan ijodiy imtihon formati va test namunalari e’lon qilindi

Joriy yildan boshlab 6 ta OTMga kirish uchun chet tilidan ijodiy imtihon bo‘lib o‘tadi. Unda abituriyentlarning xorij tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish kompetensiyalari baholanadi. DTM 2 soat 45 daqiqa vaqt ajratiladigan mazkur imtihonning formati va qoidalarini e’lon qildi.

Urganch aeroportida rahbariyat o‘zgardi
27 may 2022, 12:12

Urganch aeroportida rahbariyat o‘zgardi

Urganch xalqaro aeroporti direktori Ruslan Agabullayev egallab turgan lavozimidan ozod etildi. U bu lavozimda bir yildan kamroq vaqt ishladi. Uzbekistan Airports raisining birinchi o‘rinbosari Javlonbek Umarxo‘jayev direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

«O‘zbekiston paxtasiga boykot o‘z vaqtida olib tashlandi» — National Interest
27 may 2022, 12:00

«O‘zbekiston paxtasiga boykot o‘z vaqtida olib tashlandi» — National Interest

National Interest nashri Cotton Campaign koalitsiyasi O‘zbekiston paxtasiga boykotni to‘xtatganidan so‘ng Adidas, H&M, Gap, Zara va boshqa xalqaro brendlar mamlakat to‘qimachilik mahsulotlarini xarid qilishni qayta yo‘lga qo‘yishi mumkinligini ta’kidladi. O‘zbekiston paxtasining yirik importichisi Rossiyadagi moliyaviy sanksiyalar, inflyatsiyaning o‘sishi va iste’mol bozorining qisqarishi natijasida mamlakat yangi xaridorlarni izlashiga to‘g‘ri kelishi aytilgan.

Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘adi va havo salqin bo‘ladi
27 may 2022, 11:59

Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘adi va havo salqin bo‘ladi

Juma kuni Volga bo‘yi hududlaridan nam va salqin havo massalari kirib kelishi natijasida dam olish kunlari barcha hududlar sovuq antitsiklon ta’siri ostida bo‘ladi. Havo harorati +21…+26 darajadan yuqori bo‘lmaydi, shamol tezligi 18−23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini kuzatilishi mumkin.

Toshkentda KIA haydovchisi urib yuborgan piyoda shifoxonada vafot etdi
27 may 2022, 11:47

Toshkentda KIA haydovchisi urib yuborgan piyoda shifoxonada vafot etdi

Seshanba kuni Toshkent shahrida KIA haydovchisi 25 yoshli piyodani urib ketdi, u shifoxonada jon berdi. Chorshanba kuni esa Samarqandda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan 16 yoshli bolani urib, taxminan 20 metrga uchirib yubordi. Bola turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.

4 oyda O‘zbekistonga 734 ta elektromobil olib kirildi
27 may 2022, 11:35

4 oyda O‘zbekistonga 734 ta elektromobil olib kirildi

O‘zbekiston yanvar-aprel oylarida qiymati 21,8 mln dollarlik 734 ta elektromobil import qildi. Ularning ko‘pi Xitoydan keltirilgan. 2021 yilning mos davriga nisbatan elektromobil importi 5 barobarga oshdi.

AQSh Qoraqalpog‘istonga $3 mlnlik gumanitar yordam yubordi
27 may 2022, 10:59

AQSh Qoraqalpog‘istonga $3 mlnlik gumanitar yordam yubordi

AQShning Project CURE xayriya tashkiloti Qoraqalpog‘istonga tibbiy asbob-uskunalardan iborat 3 mln dollarlik gumanitar yordam yubordi. To‘rtta konteynerning har birida UZI uskunalari, IVL, kislorod konsentratorlari, rentgen skanerlari, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun inkubatorlar, defibrillyatorlar va boshqalar mavjud. Uskunalar taxminan iyun oyida yetib kelishi va 24 ta tibbiyot muassasasiga taqdim etilishi kutilmoqda.

Karantin ostidagi mahsulotlar bo‘yicha qoidalarni buzganlarni O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi nazorat qiladi
27 may 2022, 10:28

Karantin ostidagi mahsulotlar bo‘yicha qoidalarni buzganlarni O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi nazorat qiladi

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi karantin ostidagi o‘simlik mahsulotlarini olib kirish va chiqish qoidalarini hamda fitosanitariya talablarini buzganlarni ma’muriy javobgarlikka tortadi. Shuningdek, kimyoviy vositalarni sotish uchun litsenziya beradi.

Dilmurod Parpiyev va Toxir Sharipov «Trastbank»ning qo‘shimcha aksiyalarini sotib oldi
27 may 2022, 10:12

Dilmurod Parpiyev va Toxir Sharipov «Trastbank»ning qo‘shimcha aksiyalarini sotib oldi

«Trastbank» aksiyadorlari Dilmurod Parpiyev va Toxir Sharipov bankdagi ulushlarini oshirdi. Ularning har biri 8,3% dan aksiyalarni sotib oldi. Bitim 231,5 mlrd so‘mga baholangan. Tadbirkorlar bir qator loyihalar, jumladan, Food City majmuasi bilan bog‘liq loyihalarning hamta’sischilari hisoblanadi.

Prokuratura 72 ta tarixiy obyektda noqonuniy reklama bannerlari o‘rnatilganini aniqladi
27 may 2022, 09:45

Prokuratura 72 ta tarixiy obyektda noqonuniy reklama bannerlari o‘rnatilganini aniqladi

Bosh prokuratura O‘zbekistondagi 72 ta madaniy meros obyektida 121 ta noqonuniy reklama joylashtirish holatlarini aniqladi. Ayrim holatlarda reklama bannerlari tarixiy obyektlarning ko‘rinishini to‘liq yopib qo‘ygan.

Deichmann kompaniyasi bilan hamkorlik qilishga kelishildi
27 may 2022, 09:00

Deichmann kompaniyasi bilan hamkorlik qilishga kelishildi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda ITSV vakillari O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi ko‘magida Essen shahrida joylashgan Yevropadagi eng yirik poyabzal ishlab chiqaruvchi Deichmann kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Rossiya Markaziy banki rejadan tashqari asosiy stavkani 11 foizga tushirdi
26 may 2022, 23:14

Rossiya Markaziy banki rejadan tashqari asosiy stavkani 11 foizga tushirdi

Rossiya Markaziy banki rejadan tashqari yig‘ilishda asosiy stavkani 14 foizdan 11 foizga tushirdi. Regulyator stavkani pasaytirish to‘g‘risidagi qarorini «narxlar o‘sishining sezilarli sekinlashishi» bilan izohladi.

«Bir martalik yordam avtomat tarzda to‘lanadi» — moliya vaziri o‘rinbosari
26 may 2022, 22:39 35

«Bir martalik yordam avtomat tarzda to‘lanadi» — moliya vaziri o‘rinbosari

Moliya vaziri o‘rinbosari Jamshid Abruyev bir martalik moddiy yordam kimlarga va qanday berilishi, nima uchun toshkentliklar ko‘proq olishi va pullar qaysi mablag‘lar hisobidan ajratilishini ma’lum qildi. «To‘lovlar avtomat ravishda amalga oshiriladi. Hech qanday ariza yoki murojaat talab qilinmaydi», — dedi u.

26 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
26 may 2022, 22:00

26 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha kelib tushgan takliflar, 1hls.uz`ning prezident farmoni bilan tugatilgani, Jamshid Qo‘chqorovdan kambag‘allikni 2 baravar qisqartirish rejalari, bachadon bo‘yni saratonining oldini olish yo‘llari, maktablarda ta’lim sifati haqida gapirgan prezident, Meta kompaniyasidan $3 mln sarmoya jalb qilgan 2 o‘zbek dasturchi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 26 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zbekiston metan chiqindisini kamaytirish dasturini ishlab chiqadi
26 may 2022, 21:58

O‘zbekiston metan chiqindisini kamaytirish dasturini ishlab chiqadi

O‘zbekiston Metan bo‘yicha global majburiyat dasturiga qo‘shildi. YeTTB mamlakatga metan chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha milliy dasturini ishlab chiqishiga yordamlashadi. Asosiy e’tibor energetika, qattiq maishiy chiqindilar va agrobiznesga qaratiladi.

Qarshida xavfsizlik kamarini taqmaganlik uchun jarimadan norozi bo‘lgan taksi haydovchilari yo‘lni to‘sib qo‘ydi
26 may 2022, 21:17

Qarshida xavfsizlik kamarini taqmaganlik uchun jarimadan norozi bo‘lgan taksi haydovchilari yo‘lni to‘sib qo‘ydi

Qarshida bir guruh taksi haydovchilari xavfsizlik kamarini taqmaganlik uchun javobgarlikdan norozi bo‘lib yo‘lni to‘sib qo‘ydi. O‘zbekiston IIV YHXBB holat bo‘yicha munosabat bildirdi.

Hokimlarning ish o‘rni yaratish bo‘yicha rejalari qoniqarsiz — Shavkat Mirziyoyev
26 may 2022, 17:49

Hokimlarning ish o‘rni yaratish bo‘yicha rejalari qoniqarsiz — Shavkat Mirziyoyev

Prezident hokimlarning ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha rejalari qoniqarsiz ekanligini tanqid qildi. Viloyat hokimlariga qo‘shimcha 110 ming ish o‘rni tashkil etish, kamida 1 mlrd dollarlik eksport uchun sharoit yaratish vazifasi qo‘yildi. Bundan tashqari, EIZlardagi loyihalarni ekspertiza qilish vakolati hamda sanoat zonalarning ma’muriy kengashlari vakolati Investitsiyalar vazirligiga o‘tkazildi. Zonalardagi yerlar endi hokimliklar tomonidan emas, balki direksiyalar tomonidan auksionga qo‘yiladi.

Konstitutsiyani isloh qilish bo‘yicha bugungacha qanday takliflar kelib tushdi?
26 may 2022, 17:24

Konstitutsiyani isloh qilish bo‘yicha bugungacha qanday takliflar kelib tushdi?

O‘zbekiston Bosh qonuniga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha Konstitutsiyaviy komissiya o‘zining birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi. 6 kun davomida 13,15, 29, 37, 40, 41, 53, 78 va 80-moddalarga bog‘liq takliflar kelib tushgan. Komissiya matbuot kotibi Odiljon Tojiyev prezidentga nomzod bo‘yicha talablar va vakolatlar muddati belgilangan 90-modda yuzasidan taklif yuborilgan yoki yo‘qligi haqidagi savolga javob berdi.

Toshkentdagi bir gektar yerni $1 mlnga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
26 may 2022, 16:57

Toshkentdagi bir gektar yerni $1 mlnga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Toshkent shahar IIBB xodimlari Yangihayot tumanidagi 1 gektar yerni 1 million dollarga sotishni va’da qilgan ikki nafar shaxsni qo‘lga oldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting