Jahon yangiliklari dayjesti
13 sentabr 2021, 21:02

Jahon yangiliklari dayjesti

Myanmada qarshilik kuchlari tomonidan 50 ga yaqin harbiy va politsiyachining o‘ldirilgani, BMW’ning Xitoydan 142 mingdan ortiq avtomobilni qaytarib olayotgani, Ispaniyada o‘rmon yong‘inlari tufayli minglab odamlarning uylarini tashlab ketgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Toshkent viloyatidagi YTHlarning 5 tadan bittasi Damas ishtirokida bo‘lmoqda
13 sentabr 2021, 19:50

Toshkent viloyatidagi YTHlarning 5 tadan bittasi Damas ishtirokida bo‘lmoqda

Toshkent viloyatida joriy yil boshidan buyon sodir bo‘lgan YTHlarning 21%ini Damas rusumli avtomobillar ishtirokida sodir bo‘lgani aniqlangan. Mazkur YTHlar oqibatida 25 nafar fuqoro vafot etgan.

Afg‘onistonlik barcha harbiylar va fuqarolar O‘zbekistonni tark etdi — TIV
13 sentabr 2021, 18:46

Afg‘onistonlik barcha harbiylar va fuqarolar O‘zbekistonni tark etdi — TIV

O‘zbekiston hududida bo‘lib turgan barcha Afg‘oniston fuqarolari so‘nggi ikki kun ichida boshqa mamlakatga evakuatsiya qilindi, deya xabar berdi TIV rasmiy vakili.

Reuters: AQSh afg‘on uchuvchilarini O‘zbekistondan olib chiqishni boshladi
13 sentabr 2021, 17:52

Reuters: AQSh afg‘on uchuvchilarini O‘zbekistondan olib chiqishni boshladi

12 sentabr kuni afg‘on uchuvchilari va boshqa xizmatchilari O‘zbekistonni tark eta boshladi. Ikkita samolyot Termiz aeroportidan BAAga jo‘nab ketganligi aytilmoqda.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi kun pasaydi
13 sentabr 2021, 17:16

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi kun pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 4,22 so‘mga pasayib, 10 651,69 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

Alisher Qodirov «Adolat» nomzodi bilan debatga tayyor — «Milliy tiklanish»
13 sentabr 2021, 17:04

Alisher Qodirov «Adolat» nomzodi bilan debatga tayyor — «Milliy tiklanish»

«Milliy tiklanish» partiyasi vakolatli vakili partiya debatlar va saylovoldi dasturini ekspertizadan o‘tkazishga tayyor ekanini ma’lum qildi. «Alisher Qodirov o‘zining joyini bo‘shatib berishga emas, kurashishga tayyor. Biz hech qachon orqaga chekinmaymiz», — dedi Bahodir Mamatxonov.

O‘zbekiston futzalchilari jahon chempionatini mag‘lubiyat bilan boshladi
13 sentabr 2021, 15:10

O‘zbekiston futzalchilari jahon chempionatini mag‘lubiyat bilan boshladi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Litvada bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatidagi o‘yinlarini Gvatemala bilan uchrashuvdagi mag‘lubiyat bilan boshladi.

O‘zbekiston AQShdan Pfizer/BioNTech vaksinasini qabul qildi
13 sentabr 2021, 14:31

O‘zbekiston AQShdan Pfizer/BioNTech vaksinasini qabul qildi

Dushanba kuni 1 mln 200 ming dozadan ortiq Pfizer/BioNTech vaksinasi AQShdan beg‘araz ko‘mak sifatida Toshkentga olib kelindi. YUNISEF umumiy hajmi 3064 litr bo‘lgan 8 ta muzlatgich sotib oldi, bu vaksinaning butun hajmini -70 daraja haroratda saqlash uchun yetarli.

«Masofaviy elektron deklaratsiyalash» bojxona postlari tashkil etiladi
13 sentabr 2021, 12:35

«Masofaviy elektron deklaratsiyalash» bojxona postlari tashkil etiladi

Prezident farmoni bilan 1 oktabrdan boshlab Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida «Masofaviy elektron deklaratsiyalash» bojxona postlari tashkil etiladi. 2022 yil 1 apreldan boshqa hududlarda yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, farmonga asosan hududlardagi 6 ta bojxona postlari tugatiladi.

O‘zbekiston harbiylari SHHT davlatlari o‘rtasidagi «Mirnaya missiya» mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda
13 sentabr 2021, 11:50

O‘zbekiston harbiylari SHHT davlatlari o‘rtasidagi «Mirnaya missiya» mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston harbiylari Rossiyaning Orenburg viloyatidagi Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari o‘rtasida o‘tkaziladigan «Mirnaya missiya — 2021» o‘quv shtab mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda SHHT sammitida ishtirok etadi
13 sentabr 2021, 11:29

Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda SHHT sammitida ishtirok etadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16−17 sentabr kunlari Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan SHHT sammitida ishtirok etadi hamda Tojikiston, Rossiya, Pokiston, Eron rahbarlari bilan uchrashadi. Yig‘ilish yakunida SHHTga raislik Tojikistondan O‘zbekistonga o‘tadi.

Hafta davomida havo kam bulutli va quruq bo‘ladi
13 sentabr 2021, 11:23

Hafta davomida havo kam bulutli va quruq bo‘ladi

Haftaning oxirigacha respublika hududi bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati seshanba kuni +29…+34 darajadan hafta oxiriga kelib +32…+37 darajagacha ko‘tariladi

12 sentabr kuni O‘zbekistonda 526 kishida koronavirus aniqlandi
13 sentabr 2021, 11:00

12 sentabr kuni O‘zbekistonda 526 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha kun davomida O‘zbekistonda 526 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 6 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, yakshanba kuni 96 kishida pnevmoniya qayd etildi, 1 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

Ombudsmanga qonunchilik tashabbusi huquqi beriladi
13 sentabr 2021, 10:43

Ombudsmanga qonunchilik tashabbusi huquqi beriladi

Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsman) qonunchilik tashabbusi huquqi beriladi.

Chilonzorda IIO xodimlari va fuqarolar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi
13 sentabr 2021, 10:38

Chilonzorda IIO xodimlari va fuqarolar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi

Toshkentning Chilonzor tumanida YPX xodimlari haydovchiga yo‘l harakati qoidalarini buzganlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzayotganida janjal sodir bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Spot: Toshkentdagi ikkilamchi uy-joy bozorida o‘rtacha narxlar sharhi
13 sentabr 2021, 10:17

Spot: Toshkentdagi ikkilamchi uy-joy bozorida o‘rtacha narxlar sharhi

Avgust oyida Toshkent shahridagi ikkilamchi bozorda turar joy narxlari har kvadrat metr uchun o‘rtacha 7,5 mln so‘mni tashkil qildi, birlamchi bozorda — 8,4 mln so‘m.

Surxondaryoda YTHdan so‘ng piyodalar yo‘lakchasi tashkil etiladi hamda tezlikni cheklovchi belgilar o‘rnatiladi
13 sentabr 2021, 09:50

Surxondaryoda YTHdan so‘ng piyodalar yo‘lakchasi tashkil etiladi hamda tezlikni cheklovchi belgilar o‘rnatiladi

Sariosiyo tumanida Matiz avtomashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan 12 yoshli qizni urib yubordi. Oqibatda qiz shifoxonada vafot etdi, Matiz haydovchisi va yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizildi. YTH sodir bo‘lgan hududda piyodalar yo‘lakchasi tashkil etish hamda tezlikni cheklovchi belgilar o‘rnatilishi aytildi.

USAID rahbari O‘zbekistonga kelishni rejalashtirmoqda
13 sentabr 2021, 09:43

USAID rahbari O‘zbekistonga kelishni rejalashtirmoqda

USAID ma’muri Samanta Pauer O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqidagi rejalarini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, AQSh prezident Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston» haqidagi qarashlarini olqishlaydi.

Dehli aeroportida ikki o‘zbekistonlik og‘zida 951 gramm oltin yashirib o‘tayotganda ushlandi — India Today
13 sentabr 2021, 09:03

Dehli aeroportida ikki o‘zbekistonlik og‘zida 951 gramm oltin yashirib o‘tayotganda ushlandi — India Today

Dehli aeroportida ikki o‘zbekistonlik og‘iz bo‘shlig‘ida tish va metall zanjir ko‘rinishida 951 gramm oltin yashirganlikda ayblanib qo‘lga olindi.

Ombudsmanning joylarda mintaqaviy vakillari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
13 sentabr 2021, 08:57

Ombudsmanning joylarda mintaqaviy vakillari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Barcha hududlarda ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ular fuqarolardan shikoyatlarni qabul qilib, inson huquqlari monitoringini yuritadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting