Prezident BAA mudofaa vaziri bilan uchrashuvda iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalarni ilgari surish, mudofaa sohasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, strategik tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” qabul qilish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekistonda Ai-80 benzinidan foydalanishni taqiqlash 2028-yildan bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Avvalroq 2025-yildan boshlab ushbu markadagi yonilg‘idan voz kechilishi xabar qilingan edi.
O‘zbekistonda gaz qazib olish pasayishda davom etdi va 3,78 mlrd kub metrga (bir yilda -3,6%), neftniki — 60,3 ming tonnaga (-6,2%) yetdi. Quyosh va shamol stansiyalari hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish oshdi — 54,4 mlrd kVt/s (+4,1%). Ko‘mir qazib olish yana rekordni yangiladi.
Asaxiy Books loyihasi Garvard professori Kleyton Kristenson boshchiligidagi jamoa yozgan yangi kitobni o‘zbek tilida taqdim qildi. Bu kitob qashshoqlikdan qutulishga bo‘lgan yondashuv ortidagi paradoksni ochib beradi va rivojlanishdagi innovatsiyalar o‘rnini ko‘rsatadi.
Senatning 58-yalpi majlisi dushanba kuni chaqiriladi. Unda qishloq xo‘jaligi kooperativi, temiryo‘l transporti, xalqaro bitimlarni ratifikatsiya qilish kabi qonunlar muhokama qilinadi.
Yaponiya sobiq mudofaa vaziri Shigeru Ishiba hukmron Liberal-demokratik partiyaning rahbari etib saylandi va mamlakatning yangi bosh vaziri bo‘ladi. 67 yoshli siyosatchi ko‘pincha bir partiyalilar uchun bahsli bo‘lgan liberal qarashlari bilan tanilgan va jamoatchilik orasida mashhur.
Yettita film premyerasi, Lola konserti, festivallar, teatr tomoshalari, ijodiy mahorat darslari, ko‘rgazmalar va kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
O‘zbekiston G‘arbiy Afrikaning ikki mamlakati — Liberiya hamda Togo Respublikasi bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi.
Uzoqni ko‘ra olmaydigan bolalar va o‘smirlarning ulushi 30 yil ichida sezilarli oshdi. Xitoy olimlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda har uchinchi bola undan aziyat chekmoqda. Ularning prognoziga ko‘ra, 2050-yilga borib, voyaga yetmaganlar o‘rtasida miopiya bilan kasallanish 740 milliondan oshadi.
BI Group zamonaviy arxitektura va madaniy qadriyatlarni birlashtirgan yangi BI SAN’AT turar joy majmuasini sotishni boshladi.
Xivada temiryo‘l vokzali yonidan uzunligi 450 metr bo‘lgan yerosti yo‘l o‘tkazgichi quriladi. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbari Jamshid Tursunovning aytishicha, loyiha shaharni shimoliy va janubiy qismlarga ajratib qo‘ygan alleyaning noqulayliklarini bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan.
Dam olish kunlari havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, lekin yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +7…+12, kunduzi 22…+29 daraja bo‘ladi. Ayrim joylarda shamol kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Bosh prokuratura Basketbol federatsiyasida 489 mln so‘m mablag‘ talon-toroj qilinganini aniqladi. Tashkilot ijrochi direktori, ishlar boshqaruvchisi va birinchi vitse-prezidenti jazoga tortildi. Avvalroq Suzish federatsiyasida ham o‘g‘riliklar haqida xabar berilgan edi.
Umidbek Rajabov 2023-yilda “Toshshaharnur” DUK rahbari lavozimidan ozod etilgandi. 8 oydan so‘ng u yana o‘sha ishga qaytib, rahbar vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
O‘zaro ishonchni mustahkamlash yo‘lida davlatlar bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga amal qilish muhim, dedi O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uchrashuv yakunida.
O‘zbekiston Afrikaning yana bir davlati — Botsvana bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi. Avvalgi kunlarda Burundi, Kabo-Verde va Seyshel orollari bilan ham bu borada hujjatlar imzolangandi.
Jizzax shahrida Yandex Go xizmati ish boshladi. Dastlabki bosqichda safarning minimal narxi 2500 so‘mdan boshlanadi.
Muzrabot tumanida Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetiga chiqib ketgan va gaz quvuriga kelib urilgan. Oqibatda gaz sizib chiqqan va 915 ta xonadon ta’minotdan vaqtincha uzib qo‘yilgan. Voqeadan bir kun o‘tib gaz yetkazib berish bosqichma-bosqich tiklangan.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida bir-biriga tutash ikkita hovli uy yonib ketdi. Yong‘inni o‘chirishga 4 ta ekipaj va 3 ta suv tashuvchi transport jalb etildi. Jarohatlanganlar yo‘q, hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Londonda YeTTBning Ozarbayjondagi vakolatxonasini boshqargan va o‘z vatanida ko‘plab ijtimoiy loyihalarni amalga oshirgan o‘zbekistonlik Kamola Maxmudova vafot etdi. “Gazeta.uz” 2022-yilda undan intervyu olgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting