Noqonuniy migratsiya, firibgarlik kabi jinoyatlarni sodir etishda gumonlangan shaxs Nikaraguadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Uni qo‘lga olish AQSh, Rossiya, Meksika, Turkiya va Panama davlatlari organlari yordamida amalga oshirildi.
Tunda Rossiyaning 6 ta hududiga, jumladan, Pskovdagi xalqaro aeroportga dronlar hujumi uyushtirildi. Voqea oqibatida 4 ta Il-76 samolyoti zarar ko‘rdi va yong‘in yuzaga keldi. Boshqa hududlarda uchuvchisiz texnikalar havo mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan.
Muhammad Monirul Islom Bangladeshning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. TIVda uning ishonch yorliqlari nusxalari qabul qilindi.
Respublika bolalar kutubxonasiga tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyev bolalar bilan kitobxonlikning afzalliklari, zamonaviy telefonlarning ijobiy va salbiy tomonlari haqida gaplashdi.
Kamal Atajanov X️orazm viloyati Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi. U bunga qadar “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasida boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Prezident restavratsiyadan chiqqan Respublika bolalar kutubxonasini ochib berdi. Rekonstruksiya loyihasi Sankt-Peterburgning Ludi Architects byurosi tomonidan amalga oshirildi. Kutubxona o‘z eshiklarini 31-avgust kuni ochadi.
“Toshkent yerosti va yerusti metro yo‘llari halqaga aylandi”. O‘zbekiston prezidenti Qo‘yliqdan Sergeligacha bo‘lgan yerusti metrosining yangi uchastkasini borib ko‘rdi, metroda yurdi. Foto.
2018-yildan buyon huquqiy eksperiment doirasida poytaxt hokimiga bo‘ysungan Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi yana Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi.
Rossiyaning keng miqyosli bosqini boshlanganidan buyon Ukrainada tinch aholi o‘limi soni 9,5 mingdan oshdi, 17 mingdan ortiq kishi jarohat oldi. Qurbonlarning haqiqiy soni bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin, deya ta’kidladi BMT.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Bojxona rasmiylashtiruvi markazi bilan tanishdi. Unda masofaviy elektron deklaratsiyalash, xavflarni boshqarish va boshqa bo‘limlar tashkil etilgan. Markaz rasmiylashtiruv vaqtini 2 baravarga qisqartiradi. Tizim faoliyatiga tadbirkorlar baho berishi kerak, dedi prezident.
Besh yil ichida O‘zbekistondagi barcha maktablarda hozirda Prezident maktablarida qo‘llanayotgan o‘quv dasturlari va baholash tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev. Joriy yilda yangi darsliklar chop etishga 920 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi a’zo davlatlar uchun bolalarning atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashda nima qilishlari kerakligi haqidagi yo‘riqnomani e’lon qildi. Unda aytilishicha, davlatlar o‘z chegaralari va undan tashqarida ham atrof-muhitga yetgan zarar uchun javobgar bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Afg‘onistonga 1 mln dollarlik protein va vitaminlar yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi. 25 kungacha bo‘lgan muddatda dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning o‘zaro soddalashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha kelishuv loyihasi ham ishlab chiqilmoqda.
Maktab o‘qituvchilarini ishga qabul qilish, ularning malakasini oshirish va toifalarini berish tizimi “to‘liq o‘zgaradi”, dedi prezident. O‘qituvchilar tanlov asosida ishga qabul qilinadi va tabaqalashtirilgan tartibda malakasi oshiriladi.
Bosniya va Gersegovinada taekvondo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik Islombek Axchurin oltin medalga ega chiqdi.
Yaqinda Asialuxe Travel milliy turoperatori yangi xizmat turi — O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga ichki sayohat safarlarini e’lon qildi: Samarkand City Break va Bukhara City Break.
Bosh prokuror o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Salom Samadov Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘ldi.
Pokiston va O‘zbekiston bojxona ma’lumotlari almashinuvini yo‘lga qo‘yadi. Yil oxirigacha mamlakatlarning yagona darcha tizimlari o‘rtasida shartnomalar tuzish rejalashtirilgan.
Prezident O‘zbekistonning Qatar bilan investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish hamda daromad soliqlari bo‘yicha imzolangan iqtisodiy bitimlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.
Qoraqalpog‘iston adliya vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Elmurod Tursunov ushbu vazirlikka rahbar bo‘ldi. Amangeldi Prenov esa unga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting