Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga Aziz Voitov nomzodi ma’qullandi
29 avgust 2022, 12:40

Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga Aziz Voitov nomzodi ma’qullandi

Deputatlar 16 iyuldan beri bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga Aziz Voitovning nomzodini ma’qulladi. U bunga qadar investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

DXX tomonidan uchta holatda $45 ming pora olayotgan advokatlar ushlandi
29 avgust 2022, 12:25

DXX tomonidan uchta holatda $45 ming pora olayotgan advokatlar ushlandi

Toshkentda advokat soliq tekshiruvidagi huquqbuzarlik uchun moliyaviy jarima qo‘llamaslik evaziga tadbirkordan 23 ming dollar olganlikda gumonlanmoqda. Yana ikki holatda advokatlar mahbuslar jazosini yengilrog‘iga almashtirishni hal qilib berish uchun 22 ming dollar olganlikda gumonlanib, qo‘lga olingan.

Bayram kunlari ob-havo biroz issiqroq bo‘ladi — O‘zgidromet
29 avgust 2022, 12:02

Bayram kunlari ob-havo biroz issiqroq bo‘ladi — O‘zgidromet

Bayram kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo biroz issiqroq bo‘ladi, harorat +37 darajagacha ko‘tariladi. Kechalari va tonggi vaqtlarda havo salqinlashadi. Hafta davomida yog‘ingarchiliklar kutilmayapti.

Qashqadaryoda avtomobil yonib ketishi oqibatida haydovchi vafot etdi
29 avgust 2022, 11:49

Qashqadaryoda avtomobil yonib ketishi oqibatida haydovchi vafot etdi

Qashqadaryoning Qamashi tumanida Lacetti avtomashinasi yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketgan Gentra avtomobili bilan to‘qnashuv natijasida yonib ketdi. Oqibatda Lacetti haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

DTM: Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi
29 avgust 2022, 10:47 5

DTM: Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Davlat test markazi OTMlarga kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilishni boshladi. Shikoyatlarni ko‘rib chiqish esa 7 sentabrdan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston 7 oyda $550 mlnlik meva va sabzavotlar eksport qildi
29 avgust 2022, 10:42

O‘zbekiston 7 oyda $550 mlnlik meva va sabzavotlar eksport qildi

O‘zbekiston 7 oyda 550 mln dollarlik meva va sabzavotlar eksport qildi, eng ko‘p mahsulot Qozog‘iston va Rossiyaga yetkazib berilgan. Qolaversa, yil boshidan beri Farg‘ona (165,8 ming tonna), Samarqand (106,1 ming tonna) va Toshkent viloyati (101,9 ming tonna) eksport borasida yetakchilikni saqlab qolmoqda.

Talabalar uchun to‘lov-shartnomani onlayn yuklab olish imkoniyati yaratildi
29 avgust 2022, 10:25 56

Talabalar uchun to‘lov-shartnomani onlayn yuklab olish imkoniyati yaratildi

5 sentabrdan barcha bosqich talabalari kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda to‘lov-shartnomalarni onlayn yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

Urganchdagi Jaloliddin Manguberdi haykali nihoyat ochiladi
29 avgust 2022, 10:19

Urganchdagi Jaloliddin Manguberdi haykali nihoyat ochiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganchga yetib bordi. U sarkarda Jaloliddin Manguberdining 25 metrlik haykali ochilishida ishtirok etadi. Haykal bir necha oy avval o‘rnatilgandi, biroq shu davr ichida yopiq holda saqlandi.

Chirchiq shahridagi oqova suv tozalash inshooti $22,2 mlnga rekonstruksiya qilinadi
29 avgust 2022, 09:53

Chirchiq shahridagi oqova suv tozalash inshooti $22,2 mlnga rekonstruksiya qilinadi

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida Chirchiq shahrida oqova suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish bo‘yicha umumiy qiymati $22,2 mlnga teng shartnoma imzolandi. Loyiha natijasida shahar aholisining markazlashgan oqova suv xizmatlari bilan qamrab olinganlik darajasi 84 foizga yetkaziladi.

Farg‘onada IIB xodimlari mastligini tekshirish uchun olib ketayotgan fuqaro yo‘lda vafot etdi
29 avgust 2022, 09:31

Farg‘onada IIB xodimlari mastligini tekshirish uchun olib ketayotgan fuqaro yo‘lda vafot etdi

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida IIB xodimlari mastligini tekshirish uchun olib ketayotgan fuqaro vafot etdi. Sudga oid tibbiy ekspertiza uning o‘limiga bir qancha surunkali kasalliklar sabab bo‘lganini qayd etdi. Holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

TJM Parkwood sotuvlar jarayoni yakunlanishidan oldin so‘nggi 18 foizli chegirmani e’lon qildi
29 avgust 2022, 09:00

TJM Parkwood sotuvlar jarayoni yakunlanishidan oldin so‘nggi 18 foizli chegirmani e’lon qildi

20 sentabrgacha NovaStroy kompaniyasi Parkwood turar-joy majmuasida sotuvlar jarayoni yakunlanishidan oldin loyiha tarixidagi so‘nggi aksiyani e’lon qildi.

«ArMI-2022»: O‘zbekiston 7 ta oltin, 10 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi
28 avgust 2022, 19:25

«ArMI-2022»: O‘zbekiston 7 ta oltin, 10 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi

«ArMI-2022» VIII Xalqaro armiya o‘yinlarida O‘zbekiston 7 ta oltin, 10 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rinni Rossiya, uchinchi o‘rinni esa Belarus jamoalari band qildi.

Qashqadaryoning bir qator tibbiy muassasalarida budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi
28 avgust 2022, 17:02

Qashqadaryoning bir qator tibbiy muassasalarida budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Qashqadaryoda «D.M.» MCHJ rahbari va 10 ta tibbiyot muassasasi mansabdorlari budjet mablag‘lari hisobidan tibbiy uskunalarini bir necha barobar qimmatga xarib qilgani aniqlandi. Yetkazilgan zarar 3 mlrd so‘mdan ortiq. Sud 11 nafar amaldorni 1 yilga mansabdorlik lavozimlarida ishlashdan mahrum qildi.

Davlat OTMlarida barcha talabalar uchun to‘lov-kontrakt miqdori oshirilmaydi — Oliy ta’lim vazirligi
27 avgust 2022, 23:54 10

Davlat OTMlarida barcha talabalar uchun to‘lov-kontrakt miqdori oshirilmaydi — Oliy ta’lim vazirligi

Oliy ta’lim vazirligi 2022/2023 o‘quv yilida davlat OTMlarida barcha bosqich (bakalavriat va magistratura) talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmasligini ma’lum qildi. Shuningdek, «superkontrakt» miqdorlari ham o‘zgarishsiz qoladi. Jadval.

O‘zbekiston OTMlariga kirish natijalari e’lon qilindi
27 avgust 2022, 23:48

O‘zbekiston OTMlariga kirish natijalari e’lon qilindi

2022−2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi. Buni 6 xil usulda bilib olish mumkin.

IT-parkda ilk osmono‘par binolar foydalanishga topshirildi (foto)
27 avgust 2022, 20:28

IT-parkda ilk osmono‘par binolar foydalanishga topshirildi (foto)

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida qurilayotgan IT-parkda dastlabki 20, 22 va 25 qavatli binolar foydalanishga topshirildi. Ularda «Aloqabank» va «O‘zbektelekom» joylashgan. Kelgusida bu yerga AKT vazirligi va sanoat korxonalari ko‘chiriladi. Prezident osmono‘par binolardan birining tomiga ko‘tarildi. Foto.

Prezident yangilangan milliy bog‘ga tashrif buyurdi (foto)
27 avgust 2022, 17:42

Prezident yangilangan milliy bog‘ga tashrif buyurdi (foto)

1932 yilda tashkil etilgan va besh yil avval ta’mirlash uchun yopilgan O‘zbekiston Milliy bog‘i ochilishga tayyor. Ko‘l yana suvga to‘lgan, istirohat bog‘iga prezident tashrif buyurdi. U bog‘ni Toshkent ramzlaridan biri deb atadi va «qadriyatlarimizni e’zozlash va xotira ham kerak"ligini ta’kidladi. Foto.

Bayram kunlari Toshkent — Samarqand yo‘nalishidagi poyezdlar qatnovi ko‘paytiriladi
27 avgust 2022, 16:24

Bayram kunlari Toshkent — Samarqand yo‘nalishidagi poyezdlar qatnovi ko‘paytiriladi

Mustaqillik bayrami munosabati bilan 29 avgustdan 4 sentabrga qadar «Samarqand-Toshkent-Samarqand» yo‘nalishidagi «Afrosiyob» poyezdlari qatnovi bittaga ko‘payadi.

Prezident mamlakatni raqamlashtirishning «yuragi»ga tashrif buyurdi (foto)
27 avgust 2022, 15:46

Prezident mamlakatni raqamlashtirishning «yuragi»ga tashrif buyurdi (foto)

Toshkent viloyati Zangiota tumanida «Elektron hukumat» tizimi ma’lumotlarini saqlash va qayta ishlash yagona markazi bunyod etildi. 20 petabayt xotiraga ega tizim ma’lumotlarni saqlash va texnik qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini kamaytiradi. Prezident markazni mamlakatni raqamlashtirishning «yuragi» deb atadi.

«Taqiqlar jamiyatga zarar yetkazadi» — Komil Allamjonov
27 avgust 2022, 14:05

«Taqiqlar jamiyatga zarar yetkazadi» — Komil Allamjonov

Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonovning ta’kidlashicha, «No Photo, No Video» muammosi O‘zbekiston ijtimoiy hayotidan allaqachon yo‘qotilishi kerak edi. «Ayrim o‘zboshimchalik bilan joriy qilingan taqiqlar jamiyatga zarar keltirishi muqarrar», — dedi u.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting