O‘zbekiston prezidenti MDHning norasmiy sammitida qatnashish uchun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga yetib bordi.
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi Sinszyan avtonom hududidagi huquqbuzarliklarni muhokama qilishdan bosh tortdi. O‘zbekiston ham 19 davlat qatorida rezolyutsiyaga qarshi ovoz berdi.
Alisher Qodirov sobiq TIV rahbari Abdulaziz Kamilovning Ukraina hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash haqidagi bayonotidan so‘ng O‘zbekistonda iqtisodiy muammolar paydo bo‘la boshlaganini aytdi. «O‘zbekistonning shimoldan okeanga ochilish yo‘nalishi bir haftaga maxsus falajlantirildi», — dedi u.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktabr kuni Sankt-Peterburgda o‘tkaziladigan MDH davlat rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etadi. Tadbir kun tartibida «mintaqaviy sheriklikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan».
Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi, qolaversa 70 yoshga to‘lgani uchun «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi.
Payshanba kuni Afg‘onistonda OTMlarga kirish imtihonlari boshlanadi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov qabul kvotasi qariyb 70 foizga oshirilganini olqishladi va oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun qizlarga teng miqdorda o‘rin berilishiga umid bildirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Viktor Orban O‘zbekiston hamda Vengriya o‘rtasida strategik sheriklikni rivojlantirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi. Shuningdek, mamlakatlar vazirlari va idoralari rahbarlari 15 ta hujjatga imzo chekishdi. Budapeshtda O‘zbekiston elchixonasi ochiladi.
Senat 7 oktabrdagi yalpi majlisda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid va yangi tahrirdagi standartlashtirish to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqadi. Qolaversa, Orolbo‘yi mintaqasi bo‘yicha hukumatga yuborilgan so‘rov natijasi hamda Farg‘ona viloyati hokimining hisoboti muhokama qilinadi.
Shavkat Mirziyoyev vengriyalik ishbilarmonlarni bugun investitsiyalar uchun eng yaxshi joy O‘zbekiston ekaniga shaxsan ishonch hosil qilishga taklif etdi. U O‘zbekiston vazirlik va tashkilotlariga vengriyalik hamkorlarga O‘zbekistonda muvaffaqiyatli biznes yuritishda har tomonlama ko‘maklashish topshirdi.
O‘zbekiston va Vengriya prezidentlari o‘rtasidagi muzokaralarda Vengriya tomoni o‘zbekistonlik talaba va doktorantlar uchun yillik kvotani 170 tagacha oshirishga qaror qilgani aytildi. Oliy o‘quv yurtlari rektorlarining ikkinchi O‘zbekiston-Vengriya forumini o‘tkazish maqsadga muvofiqligi ham ta’kidlandi.
Vengriyada rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan prezident Shavkat Mirziyoyevni Budapeshtda rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, davlat rahbari Qahramonlar maydonidagi xotira ustuni poyiga gulchambar qo‘ydi.
«O'zbekistonlik» filmi taqdimoti doirasida bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov xorijdagi vatandoshlarga murojaat qilib, ularni hamkorlikka chaqirdi. «Biz uzoq vaqt davomida o‘z yo‘li va baxtini topishga uringanlardan ranjidik… Lekin Yangi O‘zbekiston boshqacha fikrlaydi va hayot kechiradi», — dedi u.
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida Budapeshtga yetib bordi. Oliy martabali mehmonlarni Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad kutib oldi. O‘zbekiston — Vengriya sammitning asosiy tadbirlari seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Jo Baydenga «Ien» to‘foni qurbonlari va vayronagarchiliklari munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Prezident 3−4 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Vengriyada bo‘ladi. Tashrif doirasida Budapeshtda mamlakat prezidenti va bosh vaziri bilan oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, davlat rahbari Vengriyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston prezidenti Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 73 yilligi munosabati bilan mamlakat rahbari Si Szinpinga tabrik yo‘llab, ezgu tilaklarini bildirdi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Kobul g‘arbidagi ta’lim markazida sodir etilgan terrorchilik hujumi yuzasidan bayonot berdi. Halok bo‘lganlarning aksariyati qizlar ekanligi aytilmoqda. Vazirlik teraktning tashkilotchilari hamda ijrochilarini aniqlashda barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqirdi.
TIV Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha bayonot berdi. Unda O‘zbekiston boshqa davlatlarning hududiy yaxlitligini hurmat qilishga sodiqligi ta’kidlangan. TIV qonunbuzarlik sodir qilmagan chet elliklar, jumladan rossiyaliklar majburiy deportatsiya qilinmasligini ma’lum qildi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi komissiyasi harakat tezligini Kichik halqa yo‘lida 60 km/soat, poytaxt markazi — A.Navoiy, Mahtumquli, A.Temur, KHAY, I.Karimov, T,Shevchenko, Bobur va Furqat ko‘chalarida esa 50 km/soatgacha tushirish masalasini muhokamaga qo‘yishni ko‘zlayapti.
Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Shavkatjon Raximov Toshkent viloyati prokurori etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting