Prezident Konstitutsiyani parlament vakolati bilan emas, balki referendum o‘tkazish yo‘li orqali o‘zgartirishni taklif qildi. «Konstitutsiyaviy islohotni fuqarolarimiz fikri va qo‘llab-quvvatlashi asosida referendum orqali amalga oshirsak, bu — haqiqiy xalq Konstitutsiyasi bo‘ladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev «snos"larga barham berish uchun uy-joy bo‘yicha konstitutsiyaviy kafolat belgilab qo‘yish kerakligini aytdi. «Sud qarorisiz hech kim uy-joyidan mahrum qilinmasligi kerak. Imorat buzilishga tushadigan bo‘lsa, bu uchun buzishdan oldin uning qiymatiga mos ravishda kompensatsiya to‘lanishi shart», — dedi u.
Shavkat Mirziyoyev o‘lim jazosini qaytarish haqidagi takliflarga qo‘shilmasligini aytib, uni taqiqlash to‘g‘risidagi normani Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yishni taklif qildi. «Chunki yashash huquqi — har bir insonning tabiiy huquqidir», — dedi u.
Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy islohotni o‘tkazish zaruratiga to‘xtalib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi tahlikali zamonda O‘zbekistonda insonning yuksak o‘rni va qadrini, mamlakat uchun qanday qadriyat va manfaatlar ustuvor ahamiyatga ega ekanligini «Konstitutsiyada aks ettirish — davr taqozosidir».
Yakshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Hindistonning shimoli-sharqiy hududlarida yuz bergan tabiiy ofatlar oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Hodisa oqibatida Bangladesh va Hindistonda kamida 42 kishi vafot etgani aytilmoqda.
O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov Afg‘onistonda muvaqqat hukumat TIV rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Davlat boshqaruvini o‘zgartirish, prezidentga impichment hamda bosh vazirga ishonchsizlik votumini e’lon qilish tartibini joriy etish, bodikamerasi yo‘q ichki ishlar xodimining maqomini oddiy fuqaroga tenglashtirish, o‘zbek tilini bilishni majburiy qilish — Konstitutsiya bo‘yicha ayrim takliflar «Gazeta.uz» materialida.
Referendum to‘g‘risidagi qonunga saylov komissiyalari vakolatlarini o‘zgartirish, kuzatuvchilar huquqlarini kengaytirish va boshqalarni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritildi. Shuningdek, referendumda qabul qilingan qarorlarni faqat referendumda bekor qilish talabiga istisno kiritildi.
Qozog‘iston Lugansk va Donetsk xalq respublikalaridan bo‘lgan «kvazi-davlat hududlari»ni tan olmaydi, dedi prezident Qasim-Jomart Toqayev. «Xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi amalga oshaversa, yer yuzida hozirgi 193 taning o‘rniga 500−600 dan ortiq davlat bo‘ladi. Bu tartibsizlik degani», — dedi u.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markaziga tashrif buyurdi. «Yoningizga yana kelishdan maqsadim — sizlarga kuch berish, umidni ikki karra ko‘paytirish. Bu hammamizga sinov», — dedi davlat rahbari markazda davolanayotgan bolalarga va ularning ota-onalariga.
O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi tuzilmasiga kiritilib, mehnatiga haq to‘lash sharoitlari prezident maslahatchisi o‘rinbosariga tenglashtirildi.
1946 yil AQSh diplomati Jorj Kennanning «Uzun telegrammasi»da Sovet Ittifoqi siyosiy tizimiga berilgan ta’rif hali ham dolzarb bo‘lishi mumkin. Sovetlarning faqat kuch tilini tushunishi, tashqi dunyo haqida obyektiv ma’lumotga ega bo‘lmagan Stalin, yengish oson bo‘lgan propaganda — hujjatdagi qiziqarli fikrlar.
Agar yangi Konstitutsiya qabul qilinsa, hamma qatori prezident Shavkat Mirziyoyevga ham saylovlarda qatnashish imkoni yaratib beriladi, dedi Senat rahbarining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev. U Shavkat Mirziyoyevning «hokimiyatga tish-tirnog‘i bilan yopishib olgan siyosatchi emas"ligini qo‘shimcha qildi.
«Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida»gi qonun Milliy gvardiyaga bu boradagi davlat siyosatini amalga oshirish huquqini berdi. Hujjat bilan qurol-yarog‘ va maxsus texnikani qo‘llash shartlari ham belgilab qo‘yildi.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning 21−22 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelishi kutilmoqda.
Senat raisi Tanzila Narbayeva AQSh davlat kotibining fuqarolik xavfsizligi, demokratiya va inson huquqlari bo‘yicha o‘rinbosari Uzra Zeya, Demokratlar partiyasidan kongressmen Ami Bera va AQShning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha komissiyasining katta siyosiy maslahatchisi Jenis Xelvig bilan uchrashdi.
Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Abdulaziz Kamilov davlat rahbarining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlandi.
Prezident Oliy ta’lim vazirligida yangi vazir o‘rinbosari lavozimi joriy qilingani va unga Buxoro shahar monomarkaz rahbari Sadoqat Siddiqova tayinlanganini ma’lum qildi. U kasb-hunar maktablari va texnikumlarni boshqarish hamda metodik ta’minlashga mas’ul bo‘ladi.
Samarqand viloyatining Qo‘shrabot hamda Ishtixon tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.
AQSh Markaziy qo‘mondonligi rahbari Maykl Kurilla O‘zbekistonga tashrifini har bir mamlakat to‘qnashayotgan xavf-xatarlar va hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlari haqida suhbatlashishni ko‘zda tutgan «tinglash safari»ning bir qismiga qiyosladi. U maxsus kuchlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishni taklif qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting