Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni 67 yoshga to‘ldi. Davlat rahbari matbuot kotibining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, prezident bu kunni ish joyida, kechqurun esa oilasi davrasida o‘tkazadi.
Bungacha Shvetsiyadagi elchi lavozimida ishlab kelgan Nodir Ganiyev O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi bo‘ldi.
O‘zbekistonda shaharsozlik talablarini buzgani uchun jazolanganlar soni yildan yilga o‘sib bormoqda. Shu sababli Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga ushbu sohada qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Germaniyaning yangi tayinlangan elchisi Manfred Hutererdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Yaqinda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i bo‘lgan Sherzod Ibragimov fuqarolarga murojaat bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy vazifalar ta’lim muassasalari oldi, piyodalar o‘tish joylarida xavfsiz tizim yaratish, ashaddiy huquqbuzarlarga qarshi “murosasiz kurashish” va boshqalardan iborat bo‘ladi.
Raqobat qo‘mitasi Namangan viloyatining 10 ta tumani hokimlari bozorda raqobatni cheklashga hamda iste’molchilar huquq va manfaatlari kamsitilishiga olib keluvchi qarorlar imzolaganini aniqladi. Hujjatlar qonun talablariga muvofiqlashtirildi, hokimliklar ogohlantirildi.
Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov birinchi xonimlar hamrohligida Xiva shahridagi Ichan qal’a majmuasi va Nurillaboy saroy majmuasiga tashrif buyurdi. Foto.
Shavkat Mirziyoyev Ursula fon der Lyayenni Yevrokomissiya prezidentligiga qayta saylangani bilan tabrikladi. O‘zbekiston tez orada Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan hamkorlik va sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolamoqchi. Qolaversa, Samarqandda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” sammiti o‘tkazilishi mumkin.
2020-yildan buyon Isroilning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Zeavit Ben-Hillel mamlakatdagi diplomatik missiyasini tugatmoqda.
Sadir Japarovning Toshkentga tashrifi doirasida 16 ta hujjat imzolandi. O‘zbekistonning JSTga a’zoligi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risida bayonnoma, Issiqko‘ldagi kurort-hordiq xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha hukumatlararo bitim shular jumlasidan.
Sadir Japarov bilan bo‘lgan tor va kengaytirilgan doiradagi uchrashuvlarda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga kuchli va farovon qo‘shni — Qirg‘iziston kerakligini ta’kidladi. Japarov esa O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash Qirg‘iziston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanini aytdi.
O‘zbekistonga ikki kunlik davlat tashrifi bilan kelgan Qirg‘iziston prezidenti va uning rafiqasini Toshkent xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi kutib oldi. Foto.
2019-yilning noyabr oyidan beri Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatini boshqarib kelgan Olim Saidov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Sherzod Ibragimov egalladi.
2021-yil martidan buyon Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Sharlotta Adrian diplomatik missiyasini yakunladi.
Shavkat Mirziyoyev va Eronning yangi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon telefon orqali muloqotda O‘zbekiston-Eron munosabatlarini rivojlantirish, avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, mintaqa kun tartibidagi masalalarni muhokama qildi.
Prezident qarori bilan, “O‘zto‘qimachiliksanoat” sobiq raisi Ilxom Xaydarov tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. U boshqa ishga o‘tishi sabab lavozimini tark etgan Rahmatilla Nurimbetov o‘rnini egallaydi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 18−19-iyul kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Uning Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazishi va qator qo‘shma tadbirlarda qatnashishi kutilmoqda.
Qurilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘tkaziladi va vakolatlari kengaytiriladi. Ruxsatsiz yoki loyihadan chetga chiqib qilinayotgan qurilishlar bo‘yicha jazo choralari kuchaytiriladi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov sog‘lig‘idagi muammo tufayli lavozimidan ozod etildi. Birinchi o‘rinbosar Sherzod Hidoyatov vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Prezident bosh vazirning 28 ta tuman-shahar hokimiga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash va 10 nafar hokimni ishdan olish bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting