Siyosat

Kim Nam Sok O‘zbekistonning IT bo‘yicha Janubiy Koreyadagi faxriy elchisi bo‘ldi
26 iyun 2024, 14:39

Kim Nam Sok O‘zbekistonning IT bo‘yicha Janubiy Koreyadagi faxriy elchisi bo‘ldi

2013−2017-yillarda O‘zbekiston ATK vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan Kim Nam Sok mamlakatning IT bo‘yicha Janubiy Koreyadagi faxriy elchisi bo‘ldi. U elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar, respublikada AKTni joriy etish bo‘yicha standartlar va tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etgan.

Pastdarg‘om tumaniga hokim tayinlandi
26 iyun 2024, 11:48

Pastdarg‘om tumaniga hokim tayinlandi

Sherzod Raxmanov Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanining yangi hokimi bo‘ldi. U bungacha viloyatning Narpay tumanini 2020-yildan buyon boshqarib kelayotgandi.

Sherbek Buranov Narpay tumani hokimi bo‘ldi
26 iyun 2024, 09:02

Sherbek Buranov Narpay tumani hokimi bo‘ldi

Qonunchilik palatasi qo‘mitasi a’zosi Sherbek Buranov Samarqand viloyatining Narpay tumani hokimi etib tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya IIV rahbarini qabul qildi
25 iyun 2024, 22:12

Shavkat Mirziyoyev Rossiya IIV rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti va Rossiya ichki ishlar vaziri terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, kiberxavfsizlik va migratsiya sohalarida hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Deputatlar chet el fuqarolarini nomaqbul deb topuvchi qonunni qabul qildi
25 iyun 2024, 12:03

Deputatlar chet el fuqarolarini nomaqbul deb topuvchi qonunni qabul qildi

Deputatlar chet el fuqarolarining O‘zbekistonda bo‘lishini nomaqbul deb topish to‘g‘risidagi o‘zgartirishlarni qabul qildi. Bunga mamlakat suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga tahdid soluvchi, adovat qo‘zg‘atuvchi, xalq sha’ni, qadr-qimmati yoki tarixini kamsituvchi nutq va harakatlar sabab bo‘lishi mumkin.

Farg‘onada 1300 dollar evaziga haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
25 iyun 2024, 11:31

Farg‘onada 1300 dollar evaziga haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Farg‘onada 1300 AQSh dollari evaziga o‘quv kurslariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Shuningdek, Navoiy va Samarqandda ham shunday jinoyat bilan uch kishi qo‘lga olindi.

O‘zbekistonda Mo‘g‘uliston elchixonasi ochildi
24 iyun 2024, 18:19

O‘zbekistonda Mo‘g‘uliston elchixonasi ochildi

Mo‘g‘uliston prezidenti, shuningdek, O‘zbekiston bosh vaziri va TIV rahbari ishtirokida Mo‘g‘ulistonning Toshkentdagi elchixonasi ochildi.

Toshkentda Mo‘g‘uliston elchixonasi ochiladi
24 iyun 2024, 15:32

Toshkentda Mo‘g‘uliston elchixonasi ochiladi

Toshkentda 24-iyun kuni Mo‘g‘uliston elchixonasi rasman ochiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning muzokaralar yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun bergan bayonotida ma’lum qilindi.

O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston o‘rtasida 14 ta hujjat imzolandi
24 iyun 2024, 14:13

O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston o‘rtasida 14 ta hujjat imzolandi

Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Davlatlararo munosabatlar va hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi. Davlat tashrifi davomida savdo, turizm, havo qatnovi, xavfsizlik, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarga oid jami 14 ta hujjatga imzo chekildi.

Mo‘g‘uliston prezidenti Ko‘ksaroy qarorgohida rasmiy kutib olindi (foto)
24 iyun 2024, 11:48

Mo‘g‘uliston prezidenti Ko‘ksaroy qarorgohida rasmiy kutib olindi (foto)

Dushanba kuni Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxni Ko‘ksaroy qarorgohida kutib oldi. Foto.

Mirziyoyev Dog‘istondagi teraktlar munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
24 iyun 2024, 09:23

Mirziyoyev Dog‘istondagi teraktlar munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Darband va Maxachqal’adagi teraktlar munosabati bilan Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi. Ikki cherkov, ikkita sinagoga va yo‘l-patrul postiga uyushtirilgan hujumlar oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi va yaralandi.

Mo‘g‘uliston prezidenti rafiqasi bilan Toshkentga yetib keldi
23 iyun 2024, 17:45

Mo‘g‘uliston prezidenti rafiqasi bilan Toshkentga yetib keldi

Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqasi Luvsandorj Bolorsetseg hamrohligida Toshkentga yetib keldi. Ularni aeroportda bosh vazir Abdulla Aripov kutib oldi.

O‘zbekistonda Mo‘g‘uliston elchisi ish boshladi
21 iyun 2024, 20:05

O‘zbekistonda Mo‘g‘uliston elchisi ish boshladi

Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning Toshkentga tashrifi arafasida Daadanxuu Batbaatar ushbu mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida loyiha ofisi tashkil etilmoqda
21 iyun 2024, 19:35

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida loyiha ofisi tashkil etilmoqda

Prezident qarori bilan “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi tashkil etilmoqda. Avvalroq sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida loyiha ofislari tashkil etilgan edi.

Mo‘g‘uliston prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
21 iyun 2024, 16:09

Mo‘g‘uliston prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi

Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 23−26-iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Prezidentlar do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqadi. U, shuningdek, Xiva shahriga ham boradi.

Xalilillo To‘raxo‘jayev Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi raisi bo‘ldi
21 iyun 2024, 14:21

Xalilillo To‘raxo‘jayev Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi raisi bo‘ldi

Xalilillo To‘raxo‘jayev Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi etib saylandi. U bunga qadar Oliy sud raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Nig‘matilla Yo‘ldoshev bosh prokuror lavozimiga qayta tayinlandi
21 iyun 2024, 14:12

Nig‘matilla Yo‘ldoshev bosh prokuror lavozimiga qayta tayinlandi

2019-yildan beri bosh prokuror lavozimida ishlab kelayotgan Nig‘matilla Yo‘ldoshev yana 5 yil muddatga lavozimiga qayta tayinlandi.

Axmad Suvonqulov “O‘zsuvta’minot” raisi v.b. bo‘ldi
21 iyun 2024, 12:40

Axmad Suvonqulov “O‘zsuvta’minot” raisi v.b. bo‘ldi

Axmad Suvonqulov “O‘zsuvta’minot” boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U bungacha Surxondaryo viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori bo‘lib ishlab kelayotgandi.

Olimjon Umarov raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
21 iyun 2024, 11:11

Olimjon Umarov raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Olimjon Umarov O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U avvalroq ushbu lavozimda va bosh vazirning AKTni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ham ishlagan.

Senat yangi qonunlar hamda bosh prokuror va Raqobat qo‘mitasi rahbari lavozimlariga nomzodlarni muhokama qiladi
20 iyun 2024, 20:43

Senat yangi qonunlar hamda bosh prokuror va Raqobat qo‘mitasi rahbari lavozimlariga nomzodlarni muhokama qiladi

Senatda kiberxavfsizlik va intellektual mulkni himoya qilish, shuningdek, narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunlarga qo‘shimchalar ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, bosh prokuror lavozimiga nomzod ko‘riladi va Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi rahbari saylanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting