Siyosat

Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi
8 noyabr 2024, 11:18

Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori buyrug‘i bilan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Suv xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi
8 noyabr 2024, 01:29

Suv xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi

Prezident nasos stansiyalaridagi ma’lumotlarni jamlab, tahlil qiluvchi axborot tizimi yo‘qligini tanqid qildi. Shu sababli endi Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Suv xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi va u xuddi shunday tizim ishga tushiradi.

2025-yilda kanallarni betonlash uchun yana 800 mlrd so‘m ajratiladi
7 noyabr 2024, 23:05

2025-yilda kanallarni betonlash uchun yana 800 mlrd so‘m ajratiladi

O‘zbekistonda suv yo‘qotilishini kamaytirish maqsadida kanallarni betonlash dasturini davom ettirish rejalashtirilmoqda. 2025-yilda bu maqsadga 800 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Prezident betonlangan kanallarda suv oqimini tezlashtirish hisobiga kichik GESlar qurish imkoniyatini qayd etdi.

“YI barcha mavjud vositalar bilan O‘zbekistonga ko‘mak berishda davom etadi” — elchi Toyvo Klaar
7 noyabr 2024, 15:56

“YI barcha mavjud vositalar bilan O‘zbekistonga ko‘mak berishda davom etadi” — elchi Toyvo Klaar

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonni barcha mavjud vositalar bilan qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi, deb ta’kidladi elchi Toyvo Klaar. Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi “yaqin kelajakda” Bryusselda, YI-Markaziy Osiyo birinchi sammiti esa 2025-yilda bo‘lib o‘tishi mumkin.

“O‘zbekistonga rasmiy tashrifingizni kutib qolamiz”. Mirziyoyev Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
6 noyabr 2024, 17:21

“O‘zbekistonga rasmiy tashrifingizni kutib qolamiz”. Mirziyoyev Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga AQSh prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrik yo‘lladi. Davlat rahbari uning davrida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi sheriklikning yangi davri boshlanganini eslab, Trampni O‘zbekistonga taklif qildi. “Do‘stona aloqalarni izchil davom ettirishdan manfaatdormiz”, — dedi u.

Davlatlarimiz global ziddiyatlarning salbiy ta’sirini har tomonlama sezib turibdi — Shavkat Mirziyoyev
6 noyabr 2024, 16:34

Davlatlarimiz global ziddiyatlarning salbiy ta’sirini har tomonlama sezib turibdi — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida jahon geosiyosiy jarayonlari yanada murakkablashgani, mintaqa mamlakatlari turli xavf-xatarlarning “salbiy ta’siri va oqibatlarini har tomonlama sezib turgani”ni ta’kidladi. O‘z nutqida tashkilot doirasidagi turli takliflarni ilgari surdi.

“Yevropa O‘zbekistonning ming yillik tarixidagi yangi bobda hamkoringiz bo‘lishni istaydi” — Ursula fon der Lyayen
6 noyabr 2024, 16:20

“Yevropa O‘zbekistonning ming yillik tarixidagi yangi bobda hamkoringiz bo‘lishni istaydi” — Ursula fon der Lyayen

Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen O‘zbekiston va Yevropa misli ko‘rilmagan darajada bir-biriga yaqinlashganini ta’kidladi. “Sherikligimizning eng yaxshi kunlari hali oldinda”, — dedi u “O‘zbekistonda Yevropa iqtisodiyoti kunlari” biznes-forumining ochilish marosimidagi videomurojaatida.

“Yagona yechim — 1967-yildagi chegaralar asosida mustaqil Falastin davlatini tuzish”. Shavkat Mirziyoyev — Yaqin Sharqdagi vaziyat haqida
6 noyabr 2024, 14:44

“Yagona yechim — 1967-yildagi chegaralar asosida mustaqil Falastin davlatini tuzish”. Shavkat Mirziyoyev — Yaqin Sharqdagi vaziyat haqida

Shavkat Mirziyoyev TDT sammitida Yaqin Sharqdagi vaziyat haqida gapirdi. “Yagona yechim — 1967-yildagi chegaralar asosida mustaqil Falastin davlatini tuzishdir”, — dedi u. Shuningdek, BMTning Falastin qochoqlariga yordam berish bo‘yicha maxsus agentligi faoliyatini cheklashga qaratilgan harakatlarni keskin qoraladi.

O‘zbekistonda “kelishilgan o‘yinlar” uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi
5 noyabr 2024, 21:53

O‘zbekistonda “kelishilgan o‘yinlar” uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi

Sport musobaqasi qatnashchi va tashkilotchilarining pora olishi, ularni moddiyat evaziga og‘dirib olish uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Bu katta miqdordagi jarima, 3 yilgacha ayrim huquqlardan mahrum qilish, 3 yilgacha (og‘irlashtiruvchi holatlarda — 8 yil) ozodlikdan cheklash yo mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kamala Harrisning prezidentligidan nima kutish mumkin? Donald Tramnikidan-chi?
5 noyabr 2024, 19:39

Kamala Harrisning prezidentligidan nima kutish mumkin? Donald Tramnikidan-chi?

AQShda 5-noyabr kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tadi — Demokratik partiyadan amaldagi vitse-prezidenti Kamala Harris, respublikachilardan esa sobiq prezident Donald Tramp nomzodi ko‘rsatilgan. Ular prezident bo‘lsa nima qilmoqchi? Nomzodlarning siyosati haqidagi asosiy savollarga qisqa javoblar.

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga yetib bordi
5 noyabr 2024, 19:32

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga yetib bordi

O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Qirg‘iziston poytaxti Bishkekka yetib bordi. U ertaga Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etadi.

Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi
5 noyabr 2024, 11:14

Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi

Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi qarori bilan viloyat hokimi etib qayta tasdiqlandi.

Shavkat Mirziyoyev 5−6-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Bishkekda bo‘ladi
5 noyabr 2024, 11:08

Shavkat Mirziyoyev 5−6-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Bishkekda bo‘ladi

Prezident 5−6-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Bishkek shahrida bo‘ladi. Davlat rahbari u yerda Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Unda O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Turkiy dunyo xartiyasi qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Xovos tumani hokimining sobiq o‘rinbosari 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi
5 noyabr 2024, 10:22

Xovos tumani hokimining sobiq o‘rinbosari 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi

May oyida korrupsiyada ayblanib qo‘lga olingan Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hokimi sobiq o‘rinbosari 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari va ikki nafar hokim yordamchisi mahallalarda qo‘lga olingani haqida xabar berdi.

O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
4 noyabr 2024, 10:09

O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi

Oybek Eshonov O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchisi etib tayinlandi. U bungacha O‘zbekistonning Isroildagi elchisi, TIVning Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Qonunchilik palatasining yangi chaqiriq deputatlarining o‘rtacha yoshi oshdi
2 noyabr 2024, 22:19

Qonunchilik palatasining yangi chaqiriq deputatlarining o‘rtacha yoshi oshdi

O‘zbekiston parlamenti quyi palatasi yangi saylangan deputatlarining o‘rtacha yoshi 3 yoshga — 49,5 yoshgacha oshdi. Yoshi eng katta partiya O‘zXDP, eng kichigi esa “Milliy tiklanish” bo‘ldi. Ayollar ulushi 32 foizdan 38 foizga o‘sdi.

Senat a’zolari 7−12-noyabr kunlari saylanadi
2 noyabr 2024, 16:03

Senat a’zolari 7−12-noyabr kunlari saylanadi

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari 7−12-noyabr kunlari o‘z deputatlari orasidan Senat a’zolarini saylash bo‘yicha majlislar o‘tkazadi. Endilikda senatorlar soni 100 emas, 65 nafarni tashkil qiladi.

Qonunchilik palatasining 150 nafar deputatidan 64 nafari qayta saylandi. Ro‘yxat
1 noyabr 2024, 14:57

Qonunchilik palatasining 150 nafar deputatidan 64 nafari qayta saylandi. Ro‘yxat

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 150 nafar deputatidan 64 nafari (42,7 foizi) quyi palataning beshinchi chaqirig‘iga qayta saylandi (avvalgi saylovda 27 foiz edi). Avvalgi chaqiriqda Senat a’zosi bo‘lganlar orasida parlament quyi palatasiga saylanganlar ham bor. “Gazeta.uz” to‘liq ro‘yxatni e’lon qiladi.

“Xalqimiz sizlarning yangi g‘oya va tashabbusingizni katta umid bilan kutmoqda”. Prezident — saylangan deputatlarga
1 noyabr 2024, 12:34

“Xalqimiz sizlarning yangi g‘oya va tashabbusingizni katta umid bilan kutmoqda”. Prezident — saylangan deputatlarga

Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatida o‘tkazilgan yig‘ilishda 27-oktabrda o‘tgan parlament saylovi haqida gapirdi. “Xalqimiz sizlarning yangi g‘oya va tashabbusingizga katta umid va ishonch bilan qaramoqda. El-yurtimiz yangi parlament va mahalliy kengashlar a’zolaridan ko‘p narsani kutmoqda”, dedi prezident.

MSK Oliy Majlisga yangi saylangan deputatlarni ro‘yxatga oldi
31 oktabr 2024, 19:36

MSK Oliy Majlisga yangi saylangan deputatlarni ro‘yxatga oldi

Yakshanba kungi saylovlar natijasida parlament quyi palatasi va mahalliy kengashlar tarkibi deyarli 60 foizga yangilandi. Quyi palata deputatlarining 38 foizini ayollar tashkil etdi (O‘zbekiston tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich). Unga ilk bor 3 nafar, kengashlarga esa — 138 nafar nogironligi bor shaxs saylandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting