Dohada O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi ochilish marosimi bo‘ldi. 2023-yil may oyida Toshkentda ushbu davlatning diplomatik vakolatxonasi ish boshlagandi.
2018-yildan beri Andijon viloyati Izboskan tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgan Serobiddin Ismoilov ishdan olindi. Uning birinchi o‘rinbosari Hojiakbar Umarov hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘ldi.
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida O‘zbekiston Bosh konsulligining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Prezident Konstitutsiya kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida ustuvor vazifalarni sanab o‘tdi. Konstitutsiyani bevosita qo‘llash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va boshqalar shular jumlasidandir. U davlat xizmatiga kirishda Konstitutsiya asoslari bo‘yicha bilimlarni imtihondan o‘tkazishni taklif qildi.
Farrux Tursunov O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi bo‘ldi. U shu paytga qadar TIV boshqarmasi va departamentini boshqarib kelayotgandi.
Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o‘zining “Mening hayotim. Qaramlikdan ozodlikka” nomli memuari nusxasini sovg‘a qildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-dekabrdan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi.
Markaziy Osiyoning besh mamlakati prezidentlari SOR28 iqlim sammitida o‘z bayonotlari bilan ishtirok etdi. Ular iqlim o‘zgarishining mintaqaga salbiy ta’siri haqida gapirib, birgalikda harakat qilishga chaqirdi. Mamlakatlar yetakchilarining chiqishlaridan parchalar — “Gazeta.uz” sharhida.
Iqlim o‘zgarishi Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishining asosiy muammolaridan biriga aylandi, dedi Shavkat Mirziyoyev Dubayda bo‘lib o‘tgan COP28 sammitida. U “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va uglerod neytralligiga erishish “Yangi O‘zbekistonning strategik maqsadi” ekanini ta’kidladi.
O‘zbekitsonda Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha II global forumi o‘tkazildi. Unda Toshkent kommyunikesi qabul qilindi va BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi loyihasini BMTda ilgari surish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.
Surxondaryoning Qumqo‘rg‘on tumani hokimi hokimlik balansiga fuqarodan “Equinox” mashinasini hadya sifatida qabul qilish bo‘yicha farmoyish imzolagandi. Antikorrupsiya agentligi taqdimnomasidan keyin hokim eski farmoyishini bekor qildi. Ikki hujjat ham E-qaror tizimida yashirin holda turibdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shimoliy Makedoniyada bo‘lib o‘tayotgan YeXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi doirasida Buyuk Britaniya tashqi ishlar bo‘yicha davlat kotibi Devid Kemeron bilan uchrashdi.
Shoyadbek Babayev Andijonning Paxtaobod tumaniga hokimi etib tayinlandi. U bungacha Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan.
Karomidin Gadoyev O‘zbekistonning Malayziyadagi yangi elchisi bo‘ldi. U shu paytga qadar TIVning BMT va boshqa xalqaro siyosiy tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shavkat Mirziyoyev 30-noyabr — 2-dekabr kunlari BMTning Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etish uchun Dubayda bo‘ladi. Davlat rahbari yalpi sessiyada nutq so‘zlashi hamda qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Yetakchilar keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari rivojlanib, kengayib borayotganini qayd etdi.
Nuriddin Mamajonov Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Shaxrux Sharaxmetov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Prezident farmoni bilan Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati kengaytirildi. 1-dekabrdan “Haj”ga borish uchun navbatda turganlar, bolalarni “bog‘cha”ga qabul qilish bo‘yicha arizalar navbati va yana 3 turdagi ma’lumotlar ham ochiq e’lon qilinadi.
Jamil Sharapov O‘zbekistonning Nyu-Yorkda bosh konsuli vazifasini bajarishga kirishdi. U shu paytga qadar TIVning Konsullik-huquqiy departamenti direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting