Siyosat

Izboskan tumaniga hokim tayinlandi
29 dekabr 2023, 21:25

Izboskan tumaniga hokim tayinlandi

Elyorbek Karimov Andijon viloyati Izboskan tumaniga hokim bo‘ldi. Hududni 5 yil davomida boshqarib kelgan Serobiddin Ismoilov bir necha kun oldin mansab vakolatini suiiste’mol qilish va yer berish tartibini buzishda ayblanib qamoqqa olingandi.

Bekobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
28 dekabr 2023, 12:14

Bekobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Shuhrat Do‘sbekov Toshkent viloyatining Bekobod tumaniga hokim etib tayinlandi. U bu lavozimda 4 oy ishlagan va mablag‘larni o‘zlashtirganlikda gumonlanib ushlangan Shuhrat Mirzayevning o‘rnini egalladi.

“Qonunchilik palatasi qonunlarni ma’qullab beruvchi organga aylanib qolmoqda” — deputat Doniyor G‘aniyev
28 dekabr 2023, 10:33

“Qonunchilik palatasi qonunlarni ma’qullab beruvchi organga aylanib qolmoqda” — deputat Doniyor G‘aniyev

Deputat Doniyor G‘aniyev Qonunchilik palatasi Senat kabi qonunlarni ma’qullab beruvchi organga aylanayotgani haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasi hukumat tomonidan ilgari surilgan bo‘lsa, uni o‘zgartirish kerak emas, degan noto‘g‘ri qarash mavjud.

Surxondaryo hokimining sobiq birinchi o‘rinbosari 8,5 yilga qamaldi, u apellyatsiya shikoyati bermoqchi
27 dekabr 2023, 21:58

Surxondaryo hokimining sobiq birinchi o‘rinbosari 8,5 yilga qamaldi, u apellyatsiya shikoyati bermoqchi

Surxondaryo viloyati hokimining sobiq birinchi o‘rinbosari, Denov va Qiziriq tumanlarining sobiq hokimi Rustam Pardayev 8,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U yuqori instansiya sudiga apellyatsiya bermoqchi.

Sho‘rchi tumani sobiq hokimiga tayinlangan sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi
27 dekabr 2023, 20:19

Sho‘rchi tumani sobiq hokimiga tayinlangan sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani sobiq hokimi Baxtiyor Xudoyberganov sentabr oyida 4 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi. Sudning apellyatsiya instansiyasi noyabr oyida hukmni o‘z kuchida qoldirgan. Oliy sud esa bu haqda endigina xabar berdi.

MDH davlatlari rahbarlari norasmiy sammitda 2023-yildagi hamkorlik yakunlarini sarhisob qildi
27 dekabr 2023, 10:31

MDH davlatlari rahbarlari norasmiy sammitda 2023-yildagi hamkorlik yakunlarini sarhisob qildi

Sankt-Peterburgda MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy sammiti bo‘ldi. Yetakchilar yil yakuni va kelgusi yil rejalarini muhokama qildi. Mirziyoyev o‘zaro hamkorlikni “tubdan” kengaytirishga chaqirdi. Putinning aytishicha, Rossiya butun MDH hududida “do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik”ni rivojlantirishga intilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlari bilan Sankt-Peterburgdagi saroy-bog‘larni aylandi (foto)
26 dekabr 2023, 21:23

Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlari bilan Sankt-Peterburgdagi saroy-bog‘larni aylandi (foto)

Amaliy tashrif bilan Rossiyaga borgan O‘zbekiston prezidenti MDH davlatlari rahbarlari hamrohligida Sankt-Peterburg shahrining saroy-bog‘ majmualari bilan tanishdi. Foto.

Prezident amaliy tashrif bilan Rossiyaga jo‘nab ketdi
25 dekabr 2023, 16:07

Prezident amaliy tashrif bilan Rossiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev 25-dekabr kuni amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etadi.

“O‘zbekiston hech qachon hech kimga mustamlaka bo‘lmaydi” — Tanzila Narbayeva
25 dekabr 2023, 16:01

“O‘zbekiston hech qachon hech kimga mustamlaka bo‘lmaydi” — Tanzila Narbayeva

Tanzila Narbayeva mamlakat mustaqilligi bilan bog‘liq chiqishlarga to‘xtaldi. “O‘zbekiston hech qachon hech kimga mustamlaka bo‘lmaydi”, — dedi Senat raisi yoshlar bilan uchrashuvda.

14 yildan beri Tomdi tumaniga hokimlik qilib kelgan Kayrat Aldabergenov lavozimidan ozod etildi
24 dekabr 2023, 23:51

14 yildan beri Tomdi tumaniga hokimlik qilib kelgan Kayrat Aldabergenov lavozimidan ozod etildi

2009-yildan beri Navoiy viloyati Tomdi tumani hokimi sifatida ishlab kelgan Kayrat Aldabergenov lavozimidan ozod etildi.

Prezident metsenatlikni “doimiy ishlaydigan tizim”ga aylantirish topshirig‘ini berdi
24 dekabr 2023, 09:54

Prezident metsenatlikni “doimiy ishlaydigan tizim”ga aylantirish topshirig‘ini berdi

“Do‘stlar klubi” O‘zbekiston madaniyat muassasalariga 85 mlrd so‘mlik xayriya yordamini ko‘rsatdi, dedi prezident. Uning fikricha, metsenatlik harakatini doimiy ishlaydigan tizimga aylantirish kerak.

Nozimaxon Davletova Prezident administratsiyasidagi boshqarma boshlig‘i etib tayinlandi
23 dekabr 2023, 15:10

Nozimaxon Davletova Prezident administratsiyasidagi boshqarma boshlig‘i etib tayinlandi

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Nozimaxon Davletova Prezident administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

2023-yilda mudofaa va xavfsizlik xarajatlari 3,2 trln so‘mga oshirildi
22 dekabr 2023, 22:20

2023-yilda mudofaa va xavfsizlik xarajatlari 3,2 trln so‘mga oshirildi

O‘zbekistonda 2023-yilda mudofaa va xavfsizlikni ta’minlash xarajatlari qo‘shimcha 3,2 trln so‘mga oshirildi. Bunga boshqa xarajatlarni kamaytirish orqali erishilgan.

“Jadidlar g‘oyalari yangi O‘zbekiston strategiyasi bilan hamohangdir” — Shavkat Mirziyoyev
22 dekabr 2023, 16:51

“Jadidlar g‘oyalari yangi O‘zbekiston strategiyasi bilan hamohangdir” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston mafkuraviy sohada raqobatga tayyormi, degan savolni berdi. Uning aytishicha, mamlakat madaniy diplomatiyani kuchaytiradi. Shuningdek, o‘zbek xalqi jadidlar ko‘rsatgan yo‘ldan og‘ishmay borishi kerakligi ta’kidlandi.

Prezident — korrupsiya va boshqa jinoyatlar uchun hibsga olish holatlari haqida
22 dekabr 2023, 14:36

Prezident — korrupsiya va boshqa jinoyatlar uchun hibsga olish holatlari haqida

Shavkat Mirziyoyev korrupsiya jinoyatlari uchun mansabdor shaxslarning hibsga olinishi va jinoiy guruhlar vakillariga qarshi o‘tkazilayotgan reydlar bo‘yicha izoh berdi. “Biz bunga hech qachon jim qarab turolmaymiz”, — dedi u.

Dunyodagi qudratli markazlar endi ochiqchasiga bosim o‘tkazish yo‘liga o‘tmoqda — Shavkat Mirziyoyev
22 dekabr 2023, 12:27

Dunyodagi qudratli markazlar endi ochiqchasiga bosim o‘tkazish yo‘liga o‘tmoqda — Shavkat Mirziyoyev

“Ilgari manfaatlarini diplomatiya bilan himoya qilgan qudratli markazlar endi ochiqchasiga bosim o‘tkazish yo‘liga o‘tyapti. Bunday jarayon ta’siri mamlakatimizni ham chetlab o‘tmayapti”, — dedi Shavkat Mirziyoyev. Unga ko‘ra, bu vaziyatda “milliy manfaatlarga javob beradigan to‘g‘ri yo‘lni topish oson bo‘lmayapti”.

Izboskan tumani sobiq hokimi Serobiddin Ismoilov qamoqqa olindi
22 dekabr 2023, 11:54

Izboskan tumani sobiq hokimi Serobiddin Ismoilov qamoqqa olindi

2018-yildan 2023-yilning 10-dekabrigacha Andijon viloyati Izboskan tumaniga hokimlik qilgan Serobiddin Ismoilov qamoqqa olindi. U mansab vakolatini suiiste’mol qilish va yer berish tartibini buzishda ayblanmoqda.

Mariya Zaxarova — rossiyalik siyosatchining O‘zbekistonni Rossiyaga qo‘shib olish bo‘yicha bergan taklifi haqida
21 dekabr 2023, 21:16

Mariya Zaxarova — rossiyalik siyosatchining O‘zbekistonni Rossiyaga qo‘shib olish bo‘yicha bergan taklifi haqida

Rossiya TIV rasmiysi Mariya Zaxarova rossiyalik siyosatchi Zaxar Prilepinning O‘zbekistonni Rossiyaga qo‘shib olish bo‘yicha taklifiga munosabat bildirib, suverenitetni hurmat qilish o‘zaro majburiyat ekanini ta’kidladi. Uning taklifi Rossiyaning rasmiy pozitsiyasidan ancha uzoqda, dedi Zaxarova.

Mudofaa vazirligi: O‘zbekiston o‘z xavfsizligini ta’minlashda yetarli Qurolli Kuchlarga ega
21 dekabr 2023, 20:26 1

Mudofaa vazirligi: O‘zbekiston o‘z xavfsizligini ta’minlashda yetarli Qurolli Kuchlarga ega

Mudofaa vazirligi Konstitutsiyaning 153-moddasidan iqtibos keltirib, O‘zbekiston o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli Qurolli Kuchlarga ega ekanini eslatdi. Bu rossiyalik siyosatchi O‘zbekistonni Rossiyaga qo‘shib olish haqidagi bayonotidan so‘ng TIV Rossiya elchisini vazirlikka taklif etgani fonida yuz berdi.

O‘zbekiston TIV rossiyalik siyosatchining respublikani Rossiyaga qo‘shib olish haqidagi so‘zlari ortidan Rossiya elchisini taklif qildi
21 dekabr 2023, 19:00

O‘zbekiston TIV rossiyalik siyosatchining respublikani Rossiyaga qo‘shib olish haqidagi so‘zlari ortidan Rossiya elchisini taklif qildi

Rossiyalik siyosatchi Zaxar Prilepinning O‘zbekistonni Rossiyaga qo‘shib olish haqidagi bayonotidan so‘ng Rossiya elchisi Oleg Malginov O‘zbekiston TIVga taklif etildi. Unga bu kabi chiqishlar provokatsion bo‘lib, ikki xalq o‘rtasidagi munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi bildirildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting