Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida odamlarning yangilik va tahliliy ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyoji to‘ldirilmasa, buni boshqa mamlakatlardagi manbalar amalga oshirishini aytdi. “Bunga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, — dedi u. Video.
O‘zbekiston prezidenti Qurolli kuchlar tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilarga tabrik yo‘lladi. U “hozirgi o‘ta murakkab vaziyatda” mamlakat xavfsizligi va manfaatlarini ishonchli ta’minlash muhimligini ta’kidladi.
Prezident Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini takomillashtirish, armiyani rivojlantirish va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, harbiy-ma'muriy sektor va mudofaa sanoati faoliyatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning “Mening umrim. Qaramlikdan erkinlikka” kitobida davlat chegarasi — bosh mavzulardan biri. Muallif, xususan, o‘zbek-qozoq chegarasi, ikki respublika o‘rtasidagi yer oldi-berdisi mavzulariga to‘xtalib, bahsli masalalar qanday yechilgani haqida hikoya qiladi.
“O‘zmetkombinat” boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Dilshod Axmedov investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Shadmanov uzoq muddatli davolanish uchun mehnat ta’tiliga chiqdi. Uning vazifasini vaqtinchalik Prezident administratsiyasi vakili Davron Sultanov bajaradi.
Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov 2023-yil kuzida qayta tashkil etilgan Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktori etib tayinlandi.
“Qonunlar qog‘ozda emas, balki amalda qat’iy bajarilganda”, odamlar hayotida xotirjamlik va ro‘zg‘orida farovonlik bo‘ladi, dedi prezident. “Bu maqsadga to‘la erishish mumkin”, dedi u prokuratura xodimlariga yo‘llagan tabrigida.
Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev qisqa muddatli ta’tilda bo‘lgani sababli uning o‘rnini yoshlar yetakchisi Dilmurod Rahimjonov vaqtincha egalladi. Hokimlik buni “yoshlarga motivatsiya berish” deya izohladi. Bunday amaliyot 2020-yilda Andijon viloyatida ham kuzatilgan.
O‘zbekiston Italiya bilan ushlab berish, jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam va mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi shartnomalarni ratifikatsiya qildi.
Asilbek Xudayarov Amrillo Inoyatovning o‘rniga sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Shuningdek, u Prezident administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimini ham saqlab qoldi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mansabdor shaxslar o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvi holatlari bartaraf etilganini xabar qildi. Ular orasida ikki nafar hokim, vazir o‘rinbosari, Farmatsevtika agentligi, Antidoping markazi, Markaziy depozitariy, PR-markaz va Axborotlashuv markazi rahbarlari bor.
O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsuli etib Sherzod Abdunazarov tayinlandi. Avvalroq bu lavozimda ishlagan Amirsaid A’zamxo‘jayev O‘zbekistonning Polshadagi elchisi etib tayinlangandi.
2024-yil O‘zbekistonda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. “Inson qadrini ulug‘lash, aholimiz manfaatlarini ta’minlash, buning uchun kuchli iqtisodiyot barpo etish bizning asosiy vazifamizdir”, — dedi u o‘zining Yangi yil tabrigida.
Anomal sovuq va energoinqiroz, muddatidan avvalgi O‘zbekiston prezidenti saylovi, jahon yetakchilarining tashriflari, dorilar bilan bog‘liq bolalar fojialari, Sergelidagi portlash. “Gazeta.uz” O‘zbekistonda yakuniga yetayotgan yilning asosiy voqealari haqida so‘zlovchi fotosuratlarni jamladi.
O‘zbekiston 2023-yilda ijtimoiy va dunyoviy davlat maqomini oldi, bolalar va ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha ilg‘or qonunni qabul qildi, svetoforlar o‘rnatish va jamoat transportini rivojlantirishga kirishib, shaharlarni insoniylashtirishni boshladi. Yilning boshqa voqealari — “Gazeta.uz” sharhida.
Namangan viloyati Chortoq tumaniga Ilhomjon Sattarov hokim etib tayinlandi. Tumanning avvalgi hokimi Anvarjon Otaxodjayev Namangan shahriga hokim etib tayinlangandi.
Bir yildan buyon tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘lib kelgan Bahromjon A’loyev endi vazirning birinchi o‘rinbosari sifatida ishlaydi. Muzaffarbek Madrahimov va Rahmatulla Nurimbetov vazirga o‘rinbosarlik qiladi.
Elyorbek Karimov Andijon viloyati Izboskan tumaniga hokim bo‘ldi. Hududni 5 yil davomida boshqarib kelgan Serobiddin Ismoilov bir necha kun oldin mansab vakolatini suiiste’mol qilish va yer berish tartibini buzishda ayblanib qamoqqa olingandi.
Shuhrat Do‘sbekov Toshkent viloyatining Bekobod tumaniga hokim etib tayinlandi. U bu lavozimda 4 oy ishlagan va mablag‘larni o‘zlashtirganlikda gumonlanib ushlangan Shuhrat Mirzayevning o‘rnini egalladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting