Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Yangi Orleandagi terakt munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi
3 yanvar 2025, 17:02

Shavkat Mirziyoyev Yangi Orleandagi terakt munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev AQShning Yangi Orlean shahrida mashina odamlar orasiga kirib borgani bilan bog‘liq “terrorchilik harakati” munosabati bilan Jo Baydenga ta’ziya maktubi yubordi. Hodisa oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohat olgan.

Erkin Muhitdinov O‘rmon xo‘jaligi agentligiga direktor v.b. bo‘ldi
3 yanvar 2025, 15:52

Erkin Muhitdinov O‘rmon xo‘jaligi agentligiga direktor v.b. bo‘ldi

Bir oy oldin Ekologiya vazirligida ish boshlagan Erkin Muhitdinov O‘zbekiston O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori etib tayinlandi. O‘rmon xo‘jaligi idorasini yetti yildan ortiqroq davomida Nizomiddin Bakirov boshqarib kelayotgandi.

O‘zbekistonda Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi
2 yanvar 2025, 19:48

O‘zbekistonda Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi

O‘zbekistonda Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilmoqda. Unga prezident maslahatchisi Sardor Umurzakov mas’ul bo‘ladi. Kengash davlat rahbariga mamlakat ichki va tashqi siyosati bo‘yicha takliflarni muntazam ravishda taqdim etib boradi.

Prezident: Inson qadri uchun, inson baxti uchun birgalikda harakat qilamiz
1 yanvar 2025, 00:02

Prezident: Inson qadri uchun, inson baxti uchun birgalikda harakat qilamiz

Shavkat Mirziyoyev yangi yil tabrigida 2024-yil “barqarorlik, do‘stlik va hamjihatlik natijasida” qutli va barakali bo‘lganini ta’kidladi. “Asosiy maqsadimiz inson va tabiat muvozanatiga asoslangan tizim yaratishdir”, — dedi u.

Prezident davlat sirlari to‘g‘risidagi yangi qonunni imzoladi. Asosiy ma’lumotlar
31 dekabr 2024, 15:56

Prezident davlat sirlari to‘g‘risidagi yangi qonunni imzoladi. Asosiy ma’lumotlar

Prezident 1993-yildagi eski qonun o‘rnini bosuvchi “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Hujjat bilan davlat sirlarining alohida toifalari, ularni himoya qilish sohasidagi organlarning vakolatlari, maxfiylik darajasi va ma’lumotlarni maxfiylashtirish muddati belgilandi.

Yangi Toshkentda vazirliklar ishlashi uchun yengil konstruksiyali vaqtinchalik binolar qurilmoqda
28 dekabr 2024, 15:50

Yangi Toshkentda vazirliklar ishlashi uchun yengil konstruksiyali vaqtinchalik binolar qurilmoqda

Shavkat Mirziyoyev shanba kuni Yangi Toshkent qurilishining birinchi bosqichi bilan tanishdi. U 27 ming tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan ko‘chatxonani ko‘zdan kechirdi. Davlat rahbari vazirliklar vaqtinchalik ishlashi uchun mo‘ljallangan yengil konstruksiyali binolar bilan ham tanishdi.

Deputat Checheniston rahbarining O‘zbekistondagi 2 amaldor (biri sobiq)ga qilgan tahdidini qoraladi
28 dekabr 2024, 13:06

Deputat Checheniston rahbarining O‘zbekistondagi 2 amaldor (biri sobiq)ga qilgan tahdidini qoraladi

Deputat Odiljon Tojiyev Checheniston rahbarining Komil Allamjonov va Dmitriy Liga tahdidlarini mamlakat ichki ishlariga aralashish deb qoraladi. U Ramzan Qodirovni kechirim so‘rashga va (agar u do‘st bo‘lsa) qidiruvdagi ikki fuqaroni topishda yordam berib, ularni O‘zbekistonga topshirishga chaqirdi.

O‘zbekiston 1-yanvardan BRIKSning hamkor davlatiga aylanadi
27 dekabr 2024, 21:57

O‘zbekiston 1-yanvardan BRIKSning hamkor davlatiga aylanadi

2025-yildan boshlab O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlati maqomini oladi, deb xabar berdi “Gazeta.uz"ga TIV. Bundan tashqari, Belarus, Boliviya, Indoneziya, Qozog‘iston, Kuba, Malayziya, Tailand va Uganda ham birlashmaning hamkor davlati bo‘lishga tayyorligini tasdiqlagan.

“Yangi transport arteriyasi”. Shavkat Mirziyoyev — Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li haqida
27 dekabr 2024, 16:52

“Yangi transport arteriyasi”. Shavkat Mirziyoyev — Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li haqida

Shavkat Mirziyoyev bugun qurilishiga start berilgan Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘lini xalqaro ahamiyatga ega yangi transport arteriyasi deb atadi. Loyihaga ko‘ra, 20 ta stansiya, 42 ta ko‘prik va 25 ta tunnel quriladi. Bu yo‘lda yiliga 15 mln tonna yuk tashiladi.

100 nafar falastinlik Rafahdan O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi
27 dekabr 2024, 11:03

100 nafar falastinlik Rafahdan O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi

Yuz nafar falastinlik yarador ayollar va bolalar o‘z hamrohlari bilan birga O‘zbekistonga vaqtincha evakuatsiya qilindi. Bemor falastinliklar reabilitatsiya markazlari va shifoxonalarga joylashtiriladi.

O‘zbekiston 2025-yilda Yevrosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqda
26 dekabr 2024, 20:15

O‘zbekiston 2025-yilda Yevrosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqda

Shavkat Mirziyoyev YOII yig‘ilishida O‘zbekiston va ittifoq davlatlari savdosida tarif va notarif cheklovlarni qo‘llamaslik, Ishbilarmonlik kengashi yig‘ilishini Toshkentda o‘tkazish, turizm, IT va AI sohalarida hamkorlikni taklif qildi. Mamlakat 2025-yilda YOTBga a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqda, dedi prezident.

O‘zbekiston prezidenti Ozarbayjon rahbariga telefon qilib, yana hamdardlik bildirdi
26 dekabr 2024, 15:31

O‘zbekiston prezidenti Ozarbayjon rahbariga telefon qilib, yana hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqotda Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining yo‘lovchi layneri halokati munosabati bilan yana bir bor hamdardlik bildirdi. Shuningdek, barcha jabrlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishni tiladi.

Nukus voqealarini o‘rganish bo‘yicha komissiya parlamentga hisobot berdi
26 dekabr 2024, 15:04

Nukus voqealarini o‘rganish bo‘yicha komissiya parlamentga hisobot berdi

Qoraqalpog‘istonda 2022-yil iyul oyida yuz bergan voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya parlamentga hisobot taqdim etdi. Shuningdek, u davlat organlari uchun bir qator tavsiyalarni e’lon qildi, ular orasida tushuntirish berish va fuqarolarni muhim qarorlar muhokamasiga jalb qilish kabilar bor.

Deputatlar ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun jinoiy jazo to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
25 dekabr 2024, 10:26

Deputatlar ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun jinoiy jazo to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

O‘zbekiston Qonunchilik palatasi ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlik va ularni moliyalashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik kiritilishini nazarda tutuvchi qonunni qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga yetib bordi (foto)
25 dekabr 2024, 00:46

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga yetib bordi (foto)

Rossiyaga amaliy tashrif bilan borgan Shavkat Mirziyoyevni aeroportda Sankt-Peterburg gubernatori va boshqa rasmiylar kutib oldi. Asosiy tadbirlar 25−26-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Foto.

Mahalliy hokimliklar ayrim vazirlik va idoralarning bo‘limlari rahbarlarini tayinlashi va ozod etishi mumkin bo‘ladi
24 dekabr 2024, 17:19

Mahalliy hokimliklar ayrim vazirlik va idoralarning bo‘limlari rahbarlarini tayinlashi va ozod etishi mumkin bo‘ladi

Tuman va shaharlar hokimliklari sakkizta vazirlik va idoraning bo‘lim rahbarlarini lavozimga tayinlash va ozod etish, shuningdek, ularni rag‘batlantirish va jazolash huquqiga ega bo‘ladi. 15 ta tumanda “Aholi va tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qilish” huquqiy eksperimenti o‘tkaziladi.

Quvondiq Sanaqulov O‘zbekiston gandbol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi
24 dekabr 2024, 15:54

Quvondiq Sanaqulov O‘zbekiston gandbol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” bosh direktori Quvondiq Sanaqulov O‘zbekiston gandbol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi.

O‘zbekistonda hokimliklar xodimlarining ish haqini oshirish rejalashtirilmoqda
24 dekabr 2024, 15:09

O‘zbekistonda hokimliklar xodimlarining ish haqini oshirish rejalashtirilmoqda

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga O‘zbekistonda hokimliklar xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish miqdorini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish topshirildi. Viloyatlar hokimliklari boshqaruv apparatining yangi namunaviy tuzilmasi tasdiqlanmoqda.

Prezident amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi
24 dekabr 2024, 09:11

Prezident amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev 25−26-dekabr kunlari MDH va YOII sammitlarida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi. Yig‘ilishlarda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinadi va kelgusi yilgi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashiladi.

Avazjon Karimov sport vaziri o‘rinbosari bo‘ldi
23 dekabr 2024, 10:38

Avazjon Karimov sport vaziri o‘rinbosari bo‘ldi

Avazjon Karimov sport vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar vazir maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting