Siyosat

Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi 27-dekabrdan boshlanadi
21 dekabr 2024, 22:59

Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi 27-dekabrdan boshlanadi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning ma’lum qilishicha, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi 27-dekabrdan boshlanishi rejalashtirilmoqda. Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi va qo‘shma temiryo‘l kompaniyasi loyiha bo‘yicha investitsiya bitimini imzoladi (tafsilotlar).

Asrorjon Askarov “Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari etib tayinlandi
21 dekabr 2024, 17:04

Asrorjon Askarov “Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari etib tayinlandi

“Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Asrorjon Askarov aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi etib tayinlandi.

“Aminmanki, kelgusi yillarda kambag‘allik darajasini 6 foizga tushiramiz” — prezident
20 dekabr 2024, 20:00

“Aminmanki, kelgusi yillarda kambag‘allik darajasini 6 foizga tushiramiz” — prezident

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi yil oxirigacha 9% ga tushadi, dedi prezident. Unga ko‘ra, agar tadbirkorlar bilan hamkorlik davom etsa, “kelgusi yillarda bu ko‘rsatkichni bemalol 6 foizga tushiramiz”. U, shuningdek, turizm, soliq, eksport va infratuzilma sohalaridagi rejalar haqida ham gapirdi.

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
20 dekabr 2024, 11:28

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamshidjon Abduzuxurov qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U bunga qadar Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish departamenti boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya generali o‘limi yuzasidan Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi
19 dekabr 2024, 23:06

Shavkat Mirziyoyev Rossiya generali o‘limi yuzasidan Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqotda bir necha kun avval Rossiya QK generali Igor Kirillov o‘ldirib ketilgani yuzasidan Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi va mamlakat “ushbu jirkanch terrorchilik harakatini keskin qoralashini” ta’kidladi. General o‘limida O‘zbekiston fuqarosi gumon qilinmoqda.

O‘zbekistonning Kiprdagi birinchi elchisi tayinlandi
19 dekabr 2024, 17:25

O‘zbekistonning Kiprdagi birinchi elchisi tayinlandi

Abat Fayzullayev O‘zbekistonning Kiprdagi birinchi elchisi etib tayinlandi. U bir paytning o‘zida Italiyadagi elchi ham hisoblanadi.

Leyli Seitova Qoraqalpog‘iston ekologiya vaziri bo‘ldi
19 dekabr 2024, 16:34

Leyli Seitova Qoraqalpog‘iston ekologiya vaziri bo‘ldi

Leyli Seitova Qoraqalpog‘iston ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimiga tayinlandi. U bungacha Nukus tumani moliya bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan.

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev ishdan olindi
19 dekabr 2024, 12:38

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev ishdan olindi

2017-yildan buyon Jizzax viloyati hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Ergash Saliyev ishdan olindi. Uning o‘rnini “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi raisi Ulug‘bek Mustafoyev egalladi.

Prezident Tashkent Pharma Park farmatsevtika klasterini borib ko‘rdi
18 dekabr 2024, 21:14

Prezident Tashkent Pharma Park farmatsevtika klasterini borib ko‘rdi

Prezident Tashkent Pharma Park farmatsevtika klasterida birinchi bosqichda texnopark, jumladan, ma’muriy markaz, R&D markazi, xavfsizlik nazorati laboratoriyasi, klinik tadqiqotlar markazi, Farmatsevtika texnik universiteti va vivariy quriladigan ishlarning borishini ko‘zdan kechirdi.

Iqtisodiyot vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
16 dekabr 2024, 23:17

Iqtisodiyot vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

IMVda qator tayinlovlar amalga oshirildi: MHTI direktori Umid Abidxadjayev va DXSH loyihalari departamenti direktori Ilhom Umrzakov vazir o‘rinbosarlari bo‘ldi. G‘aznaqo‘m raisi Murod Bekberganovich Pensiya jamg‘armasiga rahbar etib tayinlandi, uning o‘rnini esa vazir o‘rinbosari Abdulaziz Xaydarov egalladi.

Toshkent viloyati hokimiga oila va ayollar bo‘yicha yangi o‘rinbosar tayinlandi
16 dekabr 2024, 21:48

Toshkent viloyati hokimiga oila va ayollar bo‘yicha yangi o‘rinbosar tayinlandi

Nilufar Normirzayeva Toshkent viloyati hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U bungacha Yangiyo‘l tumani hokimiga o‘rinbosar bo‘lgan.

Shavkat Ayupov Fanlar akademiyasiga prezident bo‘ldi
16 dekabr 2024, 16:53

Shavkat Ayupov Fanlar akademiyasiga prezident bo‘ldi

Fizika-matematika fanlari doktori, senator Shavkat Ayupov Fanlar akademiyasi prezidenti etib saylandi. U bunga qadar akademiyaning Matematika instituti direktori bo‘lib ishlagan.

Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
16 dekabr 2024, 16:33

Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Zebo Saidova Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari bo‘ldi. U bunga qadar shahar hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

“Saylovchilarga nima deb javob beramiz?” Quyi palatada jamoat transportining alohida yo‘laklaridagi jarimalar bahsga sabab bo‘ldi
14 dekabr 2024, 12:42 1

“Saylovchilarga nima deb javob beramiz?” Quyi palatada jamoat transportining alohida yo‘laklaridagi jarimalar bahsga sabab bo‘ldi

Qonunchilik palatasida jamoat transporti yo‘laklarida harakatlangan haydovchilarga javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. Ammo tashabbus bahslarni keltirib chiqardi. Jumladan, spiker Nuriddin Ismoilov tashabbusni asoslanmagan deb atadi. Tafsilotlar.

Adliya vazirligi: media mahsulotlarni “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
14 dekabr 2024, 11:12

Adliya vazirligi: media mahsulotlarni “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi

Adliya vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi e’lon qilgan media mahsulotlarni “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagani va yuridik kuchga ega emasligini ma’lum qildi. Qaror hujjatni qabul qilgan organlar tomonidan bekor qilingan va ijrodan chaqirib olingan.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida IIV vakili lavozimi joriy etilmoqda
13 dekabr 2024, 23:14

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida IIV vakili lavozimi joriy etilmoqda

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi shtatida birinchi kotib — IIV vakili lavozimi joriy etilmoqda. Maqsad — O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini o‘z vaqtida himoya qilishga ko‘maklashish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik o‘rnatish.

O‘zbekiston MDHni erkin savdo zonasi samaradorligini oshirishga chaqirdi
12 dekabr 2024, 22:21

O‘zbekiston MDHni erkin savdo zonasi samaradorligini oshirishga chaqirdi

Abdulla Aripov MDH davlatlarini erkin savdo zonasini yanada samaraliroq qilishga, ayrim xomashyo va oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan tarif va notarif choralarini bekor qilishga chaqirdi. G‘alabaning 80 yilligini nishonlash haqida gapirar ekan, u urush davri fojialarini takrorlamaslik muhimligini ta’kidladi.

Abdulaziz Komilov Turkmanistonning “Hurmatli el yoshullisi” unvoni bilan taqdirlandi
12 dekabr 2024, 17:17

Abdulaziz Komilov Turkmanistonning “Hurmatli el yoshullisi” unvoni bilan taqdirlandi

Prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov Turkmanistonning “Hurmatli el yoshullisi” unvoni bilan taqdirlandi. Qolaversa, unga “Maxtumquli Firog‘iyning 300 yilligi” yubiley medali topshirildi.

Mojaroli hududlardan qaytganlarni reintegratsiyalash tajribasini boshqa mintaqalarda ham joriy etish taklif etilmoqda
12 dekabr 2024, 09:44

Mojaroli hududlardan qaytganlarni reintegratsiyalash tajribasini boshqa mintaqalarda ham joriy etish taklif etilmoqda

O‘zbekiston tashabbusi bilan tuzilgan Qurolli mojaroli hududlardan qaytarilgan shaxslarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish bo‘yicha mintaqaviy kengash bu borada xalqaro sa’y-harakatlarni safarbar etish markazi vazifasini bajara oladi. Mazkur masala BMTning Nyu-Yorkdagi tadbirida muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Suriya va Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi
11 dekabr 2024, 19:39

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Suriya va Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali ikki mamlakat munosabatlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi, Suriya va Ukraina atrofidagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting