Yevropa Ittifoqi moliyalashtiradigan Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga ko‘maklashish dasturi O‘zbekistonning DXX Chegara qo‘shinlari, Bojxona instituti, Tashqi hamda Ichki ishlar vazirligiga jami 213,3 ming yevroga teng texnikalarni topshirdi.
2023-yilning 5 oyi davomida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 13,3 foizga o‘sib, 215,8 mln dollarga yetdi, deya xabar qilindi hukumatlararo qo‘shma komissiyaning Cho‘lponotadagi yig‘ilishida. Tomonlar bu ko‘rsatkichni 2 mlrd dollarga yetkazish imkoniyati mavjudligini ta’kidladi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Qibray tumanidagi deyarli barcha rahbarlarni ishdan bo‘shatib, ularning faoliyatini tekshirishga topshiriq berdi. Hokim bo‘sh o‘rinlarga yoshlar ishga olinishi, hududga “yangi qon” kerakligini ta’kidladi.
Rustam Sultonov Qoraqalpog‘iston moliya vaziri etib tayinlandi. U ushbu lavozimga qadar “Xalq banki”, “Asakabank” va O‘zbekiston Hisob palatasida mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Ohangaron tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan Muzaffar Rashidov Toshkent viloyati Qibray tumani hokimi etib tayinlandi.
2022-yil noyabr oxirida tashkil etilgan Prezident administratsiyasi rahbarining hududlardagi yordamchilari lavozimlari tugatildi. Ushbu yangi lavozimlar “hududlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish va joylardagi vaziyatni hisobga olgan holda tezkor choralar ko‘rish zarurligi” bilan izohlangan edi.
Nurafshon shahri kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi rahbari vazifasida ishlab kelgan Odiljon Ataullayev Yangiyo‘l tumani hokimi etib tayinlandi. Shuningdek, tuman hokimining birinchi o‘rirnbosari “lavozimiga loyiq emas” deb topilib, vazifasidan ozod qilinishi aytildi.
O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi davlat rahbarining farmoni bilan Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi tugatilgani haqida xabar berdi. Avvalroq PAda kadrlar o‘zgarishi haqida xabar berilgandi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Umid Mamadaminov O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Sardor Umurzoqov Prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi. U davlat rahbarining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Sunnatilla Bekenov O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari yordamchisi lavozimidan ketdi. U mazkur lavozimda 2022-yildan beri ishlab kelayotgandi.
2024-yildan boshlab qoidani buzgani uchun ushlangan transportlar “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali to‘xtash joylariga olib kelinib, ularning hisobini yuritiladi. Jarima maydonchasi va huquqbuzarlik uchun jarimalar uchun to‘lov elektron amalga oshiriladi.
Xorazm viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga Toshkent shahri IIBB boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Ravshan Sultonxodjayev tayinlandi.
Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Jamshid Xodjayev Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi. U 2015 va 2020-yillarda ushbu viloyatdan senator etib saylangan.
Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Isroil Jabborov Payariq tumani hokimi etib tayinlandi. Sobiq hokim hududda investitsiya ko‘rsatkichi qoniqarsizligi sababli prezident topshirig‘iga ko‘ra ishdan olingandi.
Adliya vazirligi fuqarolarning imzosi yetarli bo‘lmagani uchun “Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik” demokratik partiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etdi. O‘zbekistonda partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 20 ming imzo talab qilinsa, bu partiyaning faqat 2517 ta imzosi qonunchilikka muvofiq deb topildi.
Nukus davlat pedagogika instituti rektori sifatida ishlab kelgan Bayram Otemuratov Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisiga o‘rinbosar bo‘ldi. Avvalroq shu lavozimda ishlab kelgan Abatbay Daniyarov Nukus shahriga hokim etib tayinlangandi.
O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Vashingtonda “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha memorandum imzoladi.
Qonunchilik palatasi deputatlari Bekzod Narimanovni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari lavozimiga sayladi. Qaror Senatga yuborildi.
O‘zbekiston prezidenti daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jazoni kuchaytirish bo‘yicha parlament tomonidan qabul qilingan qonunni rad etdi. Hujjat jarimalar miqdori kam bo‘lgani tufayli rad etilgan bo‘lishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting