Senat kengashi prezident taqdimnomasiga muvofiq Markaziy banki boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratovni egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Alisher Muratov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. U bungacha Biznesni rivojlantirish banki boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yangi Zelandiya, Bosniya va Gersegovina hamda Venesuelaning O‘zbekistondagi yangi elchilari bilan uchrashib, hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi og‘ir surunkali kasallikka chalingan shaxslar subsidiya olishda muammolarga duch kelayotganini ma’lum qildi. Bu yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga senator so‘rovi yuborildi.
Konstitutsiya — “xalqimizning huquqiy tafakkuri, xohish-irodasining yorqin timsoli”, dedi prezident Konstitutsiya kuni bilan tabrigida. “Bu noyob qomusning har bir moddasini o‘rganish, ularga hurmat, mehr va e’tibor bilan munosabatda bo‘lish barchamiz uchun muqaddas burch va mezonga aylanishi kerak”, — dedi u.
Prezident qarori bilan 2025/2026 o‘quv yilidan barcha davlat oliygohlarida jamoaviy sport turlari bo‘yicha klublar tashkil etiladi. Shuningdek, vazirlik va idoralarda ham sport klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Prezident Bo‘stonliq tumanida barpo etilayotgan Ugam River turistik majmuasi bilan tanishdi. U soha mutasaddilariga hudud targ‘ibotini kengaytirib, bunday maskanlarga sayyohlarni jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Juma kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrif buyuradi. Tashrif davomida prezident transport, energetika va turizm sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi.
Prezidentning sobiq maslahatchisi Muzaffar Komilov yana O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori etib tayinlandi.
«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi boshqaruv raisining qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan Odil Temirov «O‘zkimyosanoat» AJ rahbari etib tayinlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev hozirgi sharoitda atom energiyasini tinchlik maqsadlarida foydalanish hayot sifatini oshirish va milliy taraqqiyot strategiyalarini amalga oshirishda muhim muqobil yechim hisoblanadi, deya ta’kidladi.
Prezident farmoni bilan Bolalar masalalari bo‘yicha komissiya vazifalari qaytadan belgilandi. Hujjat bilan respublika komissiyasining yangilangan tarkibi va hududiy komissiyalarning namunaviy tarkiblari ham tasdiqlandi.
Xurshid Qoraboyev Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U bungacha SSP boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Italiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Pergabriyele Papadia de Bottini vazifasini bajarishga kirishdi. U 4-dekabr kuni TIVda vazir Baxtiyor Saidov tomonidan qabul qilindi.
Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan Ruslanbek Davletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma'rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi. DXXning sobiq rahbari Abdusalom Azizov esa uning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib belgilandi.
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi. Unda tinch atom sohasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish yuzasidan qo‘shma «yo‘l xaritasi»ni qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Prezident qarori bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy rahbarlari hokim o‘rinbosari lavozimini egallashi belgilanmoqda. Vazirlikning hududiy tarkibiy bo‘linmalarida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga mas’ul xodim lavozimi joriy etilmoqda.
Kriminologiya tadqiqot institutida elektron braslet qurilmasi va uning dasturiy ta’minoti tayyorlandi. Qurilmani ishlab chiqarish hamda tijoratlashtirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev BAA elchisi Said Matar al-Qamziyni qabul qildi. Abu-Dabi aeroportida o‘zbekistonlik erkak fuqarolarning ushlab turilishi bilan bog‘liq vaziyat muhokama qilindi.
AQSh Moliya vazirligi O‘zbekistonning ikki sobiq davlat xizmatchisi va mehribonlik uyi sobiq rahbariga inson huquqlarini jiddiy buzgani uchun sanksiyalar kiritdi. Gap “Xorazm ishi” bo‘yicha Urganchdagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etganlikda ayblanganlar haqida ketmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting