O‘zbekiston prezidenti Samarqandda Qatar amiri bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar “keng qamrovli sheriklik” darajasiga chiqishiga ishonch bildirdi. Davlatlar rahbarlari o‘zaro savdo ko‘rsatkichlarini oshirishga tayyor ekanini ma’lum qildi. 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi.
Samarqand shahrida Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Markaziy saylov komissiyasi YeXHT DIIHBning 12 nafar saylovni kuzatuvchi missiyasi vakillarini ro‘yxatga oldi, shuningdek, prezidentlikka nomzodlarning ishonchli vakillarini ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqanddagi Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Afrosiyob muzeyi, Registon maydoni va “Boqiy shahar” majmuasini borib ko‘rdi.
Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Uni Samarqand aeroportida prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
O‘zbekiston Qatar fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri mamlakatga keladigan kunda bu haqdagi farmonni imzoladi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Qatar sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan muzokaralar olib boradi.
Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalar tomonidan tasdiqlangan to‘rt nafar nomzodni O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga oldi. Saylovoldi tashviqotlari esa 7-iyundan boshlanishi belgilandi.
Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy 5−6-iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrifning asosiy tadbirlari Samarqand shahrida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston prezidenti Anqaraga tashrifi davomida Turkiya prezidenti etib qayta saylangan Rejep Erdog‘anning inauguratsiya marosimida qatnashdi. Tadbir doirasida Shavkat Mirziyoyev boshqa mamlakatlar yetakchilari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan fikr almashdi. Foto.
O‘zbekiston prezidenti Anqara shahrida Rejep Tayyip Erdog‘anning lavozimga kirishishi munosabati bilan inauguratsiya marosimida ishtirok etish uchun 3-iyun kuni Turkiyaga boradi.
Prezident huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi. U fuqarolarning ijtimoiy himoyaga oid huquqlarini ta’minlash va ijtimoiy xizmatlar sifatini tubdan oshirish maqsadida yaratildi. Bandlik vazirligi, SSV, IIV, MMTV va boshqa tuzilmalarning tegishli bo‘limlari agentlikka o‘tdi. Tafsilotlar.
Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo — YeI” yetakchilari sammitida O‘zbekistonda YeI talablari bo‘yicha standartlashtirish laboratoriyalari hali yaratilmagan bo‘lsa-da, GSP+ tartibini uzaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u Transkaspiy yo‘lagini rivojlantirish uchun qulayroq tariflar zarurligini aytdi.
Sofiya shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon turizm tashkiloti Yevropa komissiyasining ig‘ilishida O‘zbekistonga tashkilotning 25-yubiley sessiyasida mezbon sifatida prezidentlik qilish vakolati berildi. Sessiya 16−20-oktabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
Vazirlar Mahkamasidan Adliya vazirligi huzuriga o‘tkazilgan Personallashtirish agentligiga Ulug‘bek Tashxodjayev direktor bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi sammiti doirasida Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ular tovar ayirboshlash hajmini oshirish, savdoni diversifikatsiya qilish, GSP+ imtiyozli savdo rejimi muddatini uzaytirish kabilarni muhokama qildilar.
Vazirlar Mahkamasidan Adliya vazirligi huzuriga o‘tkazilgan “O‘zarxiv” agentligiga Ulug‘bek Yusupov direktor etib qayta tayinlandi.
Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori lavozimida ishlab kelgan Sherzod Rabiyev adliya vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi. Vazir o‘rinbosarlari Aktam Muxammadiyev va To‘lqin Abdusattorov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan vazifalaridan ozod etildi.
Prezident farmoni bilan Tabiat resurslari vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi deb qayta nomlandi. Shuningdek, sohadagi qonunchilikka rioya etish va uning ijrosi nazoratiga mas’ul bo‘lgan bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.
Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi"ning ikkinchi sammiti bo‘lib o‘tadigan Cho‘lponota shahriga amaliy tashrif bilan bordi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting