O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan prezident farmoniga ko‘ra mamlakat tarixida ilk bor 400 ga yaqin mahkum afv etildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.
Fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha prezident maslahatchisi o‘rinbosari Alisher Usmanov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi. U Namangan viloyat sudi raisi bo‘ldi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Yaponiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Takashi Xatorini qabul qildi.
O‘zbekiston prezidenti inklyuziv jamiyatni barpo etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirilishini aytdi. «Ishontirib aytamanki, sizlar o‘zlaringizni yolg‘iz his etmasligingiz uchun bor kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz», — dedi u Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan yo‘llagan murojaatida.
Yevropa Ittifoqi Nukus voqealarida ayblanayotganlar ustidan sud jarayonini diqqat bilan kuzatib borayotganini bildirdi. «Biz hukumat fikrni erkin izhor qilish va yig‘ilishlar erkinligi bo‘yicha, shu jumladan, GSP+ doirasidagi o‘zining majburiyatlarini bajarishga chaqiramiz», — deyiladi Yevropa Ittifoqi bayonotida.
Polshaning Lodz shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Ispaniya Qirolligidagi hamkasbi bilan uchrashdi. Tomonlar iqtisodiy aloqalar, turizm, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida hamkorlik bo‘yicha fikr almashdi. O‘zbekiston rasmiy Madridning Toshkentda elchixona ochish rejalarini olqishladi.
Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning mustahkamlanishida Ukrainadagi voqealarning aloqasi yo‘q, dedi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston kun tartibining shakllanishida qandaydir uchinchi davlatlar ta’sir ko‘rsatmaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasiga transport vaziri etib Mamanbiy Omarov tayinlandi. Shuningdek, vazirning o‘rinbosari va vazirlik huquqshunosi lavozimidan ozod etildi. Mamanbiy Omarov shu paytga qadar O‘zbekiston Transport vazirligining boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlat rahbarlari Markaziy Osiyo mintaqasidagi amaliy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashdi. 1−2 dekabr kunlari Samarqandda ikki davlat hukumatlari rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiya uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
30 noyabr — 3 dekabr kunlari Vladimir Norov boshchiligidagi O‘zbekiston TIV delegatsiyasi YeXHTning tashqi ishlar vazirlari kengashining 29-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Polshaning Lodz shahriga tashrif buyuradi.
AQSh ma’muriyati O‘zbekistonga moliyaviy-texnik ko‘mak berishda davom etadi. Bu haqda mamlakat elchisi Jonatan Devid Xennik O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Furqat Sidiqov bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin boshliq Rossiya parlament delegatsiyasi Qonunchilik palatasi rahbari Nurdinjon Ismoilov, Senat raisi Tanzila Narbayeva va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi. Volodin tashrifi davomida O‘zbekiston va AQSh hamkorligi yuzasidan fikr bildirdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahrom A’loyev va Ukraina elchisi Nikolay Doroshenko TIVda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki davlat ishbilarmon doiralariga o‘zaro imtiyoz va preferensiyalar berish masalalarini muhokama qildi.
Qozog‘iston prezidenti matbuot kotibining ta’kidlashicha, Qasim-Jomart Toqayev va Vladimir Putin «uch tomonlama gaz ittifoqi» (Rossiya + Qozog‘iston + O‘zbekiston) tuzish masalasini muhokama qilgan.
Minerva city, Lake city va boshqa qator loyihalarni amalga oshirayotgan hindistonlik tadbirkor Murari Lal Jalan Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni shantajda aybladi. Hokimlik buni davlat xizmatchisini obro‘sizlantirishga urinish deb e’lon qilib, Bosh prokuraturaga ariza berilayotganini bildirdi.
Vladimir Putin Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida «qandaydir uch tomonlama ittifoq» tuzishni taklif qildi, deya ma’lum qildi Qozog‘iston prezidenti Kremldagi muzokaralardan so‘ng. U mazkur taklifni ko‘rib chiqishga tayyorligini va Putin bu borada Shavkat Mirziyoyevga qo‘ng‘iroq qilmoqchi ekanini aytdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev RF Federal Majlisi Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin boshchiligidagi Rossiya parlament delegatsiyasini qabul qildi.
IIV matbuot kotibi har payshanba kuni AOKAda ochiq muloqotni ta’minlash uchun matbuot anjumani o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bundan bir hafta oldin publitsist va bloger Shokir Sharipov tizimda davom etayotgan muammolar tufayli IIV rahbari iste’fosini talab qilib, piket uyushtirgandi.
O‘zbekiston TIV Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makeyning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. «So‘nggi yillarda u ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashga katta hissa qo‘shdi», — deyiladi xabarda. Vladimir Makey 27 noyabr kuni noma’lum sabablarga ko‘ra vafot etgandi.
O‘zbekistonda prezident Administratsiyasi rahbarining hududlarda faoliyat yurituvchi va xalq qabulxonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yordamchilari lavozimi joriy etiladi. Prezidentning ikki maslahatchisi lavozimlari birlashtirildi. Xalq qabulxonalari xodimlari ma’muriy bayonnomalar tuzishlari mumkin bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting