Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlarini bayram bilan qutlab, 2020 yil O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi uchun mislsiz sinov, izchil rivojlanish va yangi tajriba orttirish yili bo‘lganini ta’kidladi.
CNN, AP, The New York Times va NBC Jo Bayden AQSH prezidentlik saylovlarida g‘alabani qo‘lga kiritganini yozmoqda. U AQSHning eng keksa va 46 prezidenti bo‘ladi. Bayden hisobida 284 ta, Trampda esa — 214 ta saylovchilar ovozi mavjud.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov Markaziy bank rahbariyatida korrupsiyani oldini olishga xohish borligiga shubha bildirdi. Uning aytishicha, “komplayens nazorat” tizimi bo‘yicha o‘qitishga tijorat banklari Markaziy bank rahbariyati orqali “vaqt yo‘q” deya javob bergan.
Kelgusi yildan boshlab bolalarga vitaminlar, parazitlarga qarshi dorilar, yod preparatlari, 35 yoshgacha bo‘lgan ayollarga foliy kislotasi va ferrum bepul beriladi. Prezident ushbu amaliyot bekor qilingani bois davolanish uchun 10 marta ko‘proq mablag‘ sarflashga to‘g‘ri kelayotganini qayd etdi.
Hukumat qarori bilan rasmiy statistikani ishlab chiquvchilarning statistika metodologiyalarini auditdan o‘tkazish tartibiga oid nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, besh yilda kamida bir marta audit o‘tkazilishi hamda aniqlangan kamchiliklar majburiy bartaraf etilishi belgilanmoqda.
Umumiy amaliyot shifokori haqiqiy oilaviy shifokorga aylantiriladi, — deya qayd etdi prezident. Ularga yordam berish uchun tibbiyot brigadalari tashkil etiladi va o‘zlariga biriktirilgan oilalar kesimida manzilli ish olib boradi.
«Bundan buyon sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatiga, uning kadrlar masalasiga hech kim aralashmaydi», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident va bosh vazirdan boshqa birorta rahbar vazir va uning o‘rinbosarlarini yig‘ilishlarga chaqirishii taqiqlab qo‘yildi.
Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash masalasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishini o‘tkazadi. Asosiy e’tibor koronavirusga qarshi kurashishga emas, balki sog‘liqni saqlash tizimini to‘liq qayta ishga tushirishga qaratiladi.
Zarbdor tumani hokimligida mahalla ishlari bo‘yicha hokim o‘rinbosariga avtomobil yetishmagan. Keyin tuman rahbari birinchi o‘rinbosariga o‘zining Captiva avtomashinasini bergan va o‘z navbatida u Lacetti rusumli xizmat avtomobilini hokimning mahalla ishlari bo‘yicha o‘rinbosariga topshirgan. Hokimning o‘zi uchun esa 370 mln so‘m evaziga Trailblazer sotib olingan.
G‘ofir Jamolov Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i, Muxtor Muhitdinov Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — kanallardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Anvar Alimov sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari — Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 2012−2016 yillarda sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lgan edi.
Mutaxassisligi iqtisodchi bo‘lgan Rustam Pardayev Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayevni qabul qildi.
Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Furqat Tojiyev «Adolat» milliy huquqiy axborot markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning ta’kidlashicha, o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish holatlarini nafaqat prezident siyosatiga xiyonat, balki ataylab davlat rahbarining imijini diskreditatsiya qilishga harakat deb baholash kerak. «Yordam berishga imkoniyatingiz bo‘lmasa, iltimos, juda bo‘lmasa xalaqit qilmang», — deya murojaat qildi Sherzod Shermatov hokimlarga.
Anvarjon Tojiboyev «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Direktor vazifasini vaqtincha bajarib kelgan Alisher Jamoliddinov direktorning ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida o‘z ish faoliyatini davom ettiradi.
Jo‘rabek Mirzamahmudov Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. U «O‘zatom» agentligi va «O‘zkimyosanoat» kompaniyasidagi rahbarlik lavozimlarini saqlab qoldi.
«O‘zneftmahsulot» boshqaruvi raisi, qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan Muzaffar Fayziyev Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev boshchiligidagi delegatsiya 5−6 noyabr kunlari O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.
Hukumat qarori bilan Navoiy viloyati G‘ozg‘on shahar hokimi va sektorlar rahbarlari tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting