Siyosat

Namangandagi 10 ta tuman hokimlari raqobatga zid qarorlar imzolagani aniqlandi
19 iyul 2024, 23:42

Namangandagi 10 ta tuman hokimlari raqobatga zid qarorlar imzolagani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi Namangan viloyatining 10 ta tumani hokimlari bozorda raqobatni cheklashga hamda iste’molchilar huquq va manfaatlari kamsitilishiga olib keluvchi qarorlar imzolaganini aniqladi. Hujjatlar qonun talablariga muvofiqlashtirildi, hokimliklar ogohlantirildi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari birinchi xonimlar bilan Xivani aylandi (foto)
19 iyul 2024, 16:54

O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari birinchi xonimlar bilan Xivani aylandi (foto)

Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov birinchi xonimlar hamrohligida Xiva shahridagi Ichan qal’a majmuasi va Nurillaboy saroy majmuasiga tashrif buyurdi. Foto.

Shavkat Mirziyoyev Ursula fon der Lyayenni Yevrokomissiya prezidentligiga qayta saylangani bilan tabrikladi
19 iyul 2024, 12:58

Shavkat Mirziyoyev Ursula fon der Lyayenni Yevrokomissiya prezidentligiga qayta saylangani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Ursula fon der Lyayenni Yevrokomissiya prezidentligiga qayta saylangani bilan tabrikladi. O‘zbekiston tez orada Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan hamkorlik va sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolamoqchi. Qolaversa, Samarqandda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” sammiti o‘tkazilishi mumkin.

Isroil elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda
19 iyul 2024, 12:47

Isroil elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

2020-yildan buyon Isroilning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Zeavit Ben-Hillel mamlakatdagi diplomatik missiyasini tugatmoqda.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 16 ta hujjat imzolandi
18 iyul 2024, 18:04

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 16 ta hujjat imzolandi

Sadir Japarovning Toshkentga tashrifi doirasida 16 ta hujjat imzolandi. O‘zbekistonning JSTga a’zoligi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risida bayonnoma, Issiqko‘ldagi kurort-hordiq xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha hukumatlararo bitim shular jumlasidan.

Shavkat Mirziyoyev: “Bizga kuchli va farovon qo‘shni — Qirg‘iziston kerak”
18 iyul 2024, 17:52

Shavkat Mirziyoyev: “Bizga kuchli va farovon qo‘shni — Qirg‘iziston kerak”

Sadir Japarov bilan bo‘lgan tor va kengaytirilgan doiradagi uchrashuvlarda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga kuchli va farovon qo‘shni — Qirg‘iziston kerakligini ta’kidladi. Japarov esa O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash Qirg‘iziston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanini aytdi.

Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekistonga tashrifini boshladi (foto)
18 iyul 2024, 12:55

Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekistonga tashrifini boshladi (foto)

O‘zbekistonga ikki kunlik davlat tashrifi bilan kelgan Qirg‘iziston prezidenti va uning rafiqasini Toshkent xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi kutib oldi. Foto.

YHXX boshlig‘i Olim Saidov lavozimidan ozod etildi
18 iyul 2024, 11:04

YHXX boshlig‘i Olim Saidov lavozimidan ozod etildi

2019-yilning noyabr oyidan beri Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatini boshqarib kelgan Olim Saidov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Sherzod Ibragimov egalladi.

YIning O‘zbekistondagi elchisi diplomatik missiyasini yakunladi
18 iyul 2024, 02:23

YIning O‘zbekistondagi elchisi diplomatik missiyasini yakunladi

2021-yil martidan buyon Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Sharlotta Adrian diplomatik missiyasini yakunladi.

Shavkat Mirziyoyev Eronning yangi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan suhbatlashdi
18 iyul 2024, 02:00

Shavkat Mirziyoyev Eronning yangi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev va Eronning yangi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon telefon orqali muloqotda O‘zbekiston-Eron munosabatlarini rivojlantirish, avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, mintaqa kun tartibidagi masalalarni muhokama qildi.

Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
17 iyul 2024, 22:00

Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan, “O‘zto‘qimachiliksanoat” sobiq raisi Ilxom Xaydarov tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. U boshqa ishga o‘tishi sabab lavozimini tark etgan Rahmatilla Nurimbetov o‘rnini egallaydi.

Qirg‘iziston prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
17 iyul 2024, 12:23

Qirg‘iziston prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 18−19-iyul kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Uning Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazishi va qator qo‘shma tadbirlarda qatnashishi kutilmoqda.

Qurilish inspeksiyasi hukumat tarkibiga o‘tkaziladi
17 iyul 2024, 12:21

Qurilish inspeksiyasi hukumat tarkibiga o‘tkaziladi

Qurilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘tkaziladi va vakolatlari kengaytiriladi. Ruxsatsiz yoki loyihadan chetga chiqib qilinayotgan qurilishlar bo‘yicha jazo choralari kuchaytiriladi.

Qurilish vaziri Botir Zokirov lavozimidan ozod etildi
17 iyul 2024, 12:09

Qurilish vaziri Botir Zokirov lavozimidan ozod etildi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov sog‘lig‘idagi muammo tufayli lavozimidan ozod etildi. Birinchi o‘rinbosar Sherzod Hidoyatov vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

10 ta tuman va shahar hokimlari ishdan olindi
17 iyul 2024, 11:05

10 ta tuman va shahar hokimlari ishdan olindi

Prezident bosh vazirning 28 ta tuman-shahar hokimiga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash va 10 nafar hokimni ishdan olish bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatladi.

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga suiqasd uyushtirilganini qoraladi
14 iyul 2024, 13:15

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga suiqasd uyushtirilganini qoraladi

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga saylovoldi uchrashuvda nutq so‘zlayotgan chog‘ida suiqasd uyushtirilganini chuqur xavotir bilan qabul qildi va keskin qoraladi. Prezident unga tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Prezident daromad solig‘ining yarmini tuman budjetlarida qoldirishni taklif qildi
13 iyul 2024, 00:28

Prezident daromad solig‘ining yarmini tuman budjetlarida qoldirishni taklif qildi

Prezident jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yarmini tuman budjetida qoldirish masalasini ko‘rib chiqishni buyurdi. Bu orqali tumanda manfaat ko‘payishi, tadbirkorlar soyadan chiqishi kutilmoqda. Hozirda ko‘plab viloyat hokimliklari JSHODSning katta qismini o‘zlarida saqlab qoladi.

Kambag‘allikni qisqartirish Ijtimoiy himoya agentligi zimmasida bo‘ladi
12 iyul 2024, 14:24

Kambag‘allikni qisqartirish Ijtimoiy himoya agentligi zimmasida bo‘ladi

Kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya masalasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi zimmasiga yuklanadi, dedi prezident. Hozir kambag‘allik masalalari bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi shug‘ullanadi, oldin bunga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi javob bergan.

Qonunchilik palatasi vitse-spikerlaridan biri o‘lim jazosini yoqladi, boshqa biri — qarshi
12 iyul 2024, 10:48

Qonunchilik palatasi vitse-spikerlaridan biri o‘lim jazosini yoqladi, boshqa biri — qarshi

Qonunchilik palatasining ikki vitse-spikeri o‘lim jazosini qaytarish bo‘yicha turli fikrlarni bildirdi. Alisher Qodirov Toshkentda bolaning o‘ldirilishiga oid xabardan so‘ng bunday qotillar “yashamasligi kerak”, dedi. Odiljon Tojiyev esa o‘lim jazosi jinoyatni kamaytirmasligini ta’kidladi.

Prezidentga Farg‘ona turizm halqasi loyihasi taqdim etildi
11 iyul 2024, 19:16

Prezidentga Farg‘ona turizm halqasi loyihasi taqdim etildi

Qo‘qonda prezidentga Farg‘ona turizm halqasini yaratish konsepsiyasi taqdim etildi. Halqani yaratishdan maqsad — sayyohlarning viloyatda qolish muddatini 3 kundan 7 kungacha uzaytirish.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting