Deputatlar Mavluda Xo‘jayeva va Rahimjon Hakimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosarlari etib saylandi.
O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri lavozimiga yashirin ovoz berish yo‘li bilan XDP deputati Nuriddin Ismoilov qayta saylandi.
Markaziy saylov komissiyasi hududlardan saylangan Senat a’zolari ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, senatorlarning bir nafari 30 yosh, qolganlari 40 yoshdan oshgan. Senatning birinchi majlisi 19-noyabr kuni chaqiriladi.
Batirbek Ubbiniyazov Bo‘zatov tumaniga hokim etib tayinlandi. U bungacha Mo‘ynoq tumani hokimining ekologiya va Orolbo‘yi hududini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
O‘zbekiston prezidenti Oliy Majlis Senatining 9 nafar a’zosini tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Konstitutsiyaning 92-moddasiga ko‘ra, ushbu 9 nafar senator davlat va jamiyat faoliyatida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan tayinlanadi.
Energetika vazirligi rahbari Jo‘rabek Mirzamahmudov prezident huzuridagi yig‘ilish yakunlari bo‘yicha noyabr oyida sovuq tufayli aholi uchun ham, iqtisodiyot tarmoqlari uchun ham energiya resurslarini uzluksiz yetkazib berishni ta’minlash uchun zaxiralar, jumladan, gaz omboridan gaz jalb qilinganini ma’lum qildi.
Kuz-qish mavsumida iste’molchilarga 21 mlrd kub metr gaz yetkazib berish rejalashtirilgan, deyiladi prezident bilan uchrashuvda. Havo keskin sovigandagi rejalar va ijtimoiy muassasalarni energiya bilan uzluksiz ta’minlash choralari ishlab chiqilgan. Hududlarda gazni tejash imkoniyatlari amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasida transchegaraviy qog‘ozsiz savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi. Hujjat elektron savdo hujjatlarini o‘zaro tan olishga ko‘maklashadi. Bu hamkor davlatlar bilan eksport-import operatsiyalarini tezlashtirish imkonini beradi, deb kutilmoqda.
Shu vaqtgacha Yangiyo‘l shahri hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan Dilshod Sultonov lavozimidan ozod etildi. Shahar hokimi lavozimiga Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlagan Ravshan Raimov tayinlandi.
O‘zbekistonda bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash uchun PSR va sitologik tekshiruvdan foydalangan holda skriningdan o‘tkazishni kengaytirish reja qilinmoqda. SSV rahbari Asilbek Xudayarovga ko‘ra, saratonni erta aniqlashning har bir holati uchun bonuslar berish tajribasi muvaffaqiyatli o‘tgan.
Shavkat Mirziyoyev COP29 konferensiyasi doirasida JST bosh direktori bilan uchrashdi. Ular O‘zbekistonning tashkilotga qo‘shilishidagi dolzarb jihatlar, xususan, a’zo mamlakatlar bilan muzokaralar, qonunchilikni moslashtirish, shuningdek, eksport subsidiyalarini bekor qilish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekistonda manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati tasdiqlandi. Unga deyarli barcha davlat organlari, yirik davlat korxonalari, hokimiyatlar, vazirliklar kiritildi. Yil boshidan beri 1488 nafar xodim kompaniya ta’sischisi ekani aniqlandi.
COP29 sammiti doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon rahbarlari “yashil” energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.
Boku shahridagi COP29 sammiti doirasida O‘zbekiston va Finlyandiya prezidentlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, jumladan, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, ta’lim va ekologiya sohalaridagi almashinuvlarni mustahkamlash masalalariga to‘xtaldi.
Shavkat Mirziyoyev COP 29`dagi nutqida iqlim o‘zgarishlari asosiy global tahdidga aylanib borayotgani, geosiyosiy ziddiyatlar kuchayishiga bevosita ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi. Prezident global iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini birgalikda bartaraf etishda qator takliflarni bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev arab-islom sammitida Falastin mojarosida harbiy harakatlarni to‘xtatish va xavfsiz gumanitar yo‘laklarni ta’minlash BMTning doimiy e’tiborida bo‘lishi kerakligini ta’kidladi va mamlakat urushdan jabr ko‘rgan falastinlik bolalar va ayollarni davolash uchun qabul qilishga tayyorligini bildirdi.
Kengashlarning yangi saylangan deputatlari saylovdan so‘ng O‘zbekistonning viloyat, tuman va shaharlarida amaldagi hokimlarni qayta tasdiqladi. Viloyat hokimlari kengash rahbari lavozimini tark etdi.
Prezident 11-noyabr kuni Saudiya Arabistonida G‘azo va Livandagi vaziyatning keskinlashuvi hamda Yaqin Sharqdagi mojaroga yechim topishga bag‘ishlangan Arab-islom sammitida ishtirok etadi. 12−13-noyabr kunlari esa BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida qatnashadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori buyrug‘i bilan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Prezident nasos stansiyalaridagi ma’lumotlarni jamlab, tahlil qiluvchi axborot tizimi yo‘qligini tanqid qildi. Shu sababli endi Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Suv xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi va u xuddi shunday tizim ishga tushiradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting