Siyosat

Davlat mulkini ijaraga berish tartibini buzganlar jarimaga tortiladi
20 iyun 2024, 11:26

Davlat mulkini ijaraga berish tartibini buzganlar jarimaga tortiladi

Endi davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha qonunchilikni buzganlik uchun jarima belgilandi. Ijaraga berish shartnomasini buzgan mansabdor shaxslar 3,4 mln so‘mgacha jarima to‘laydi. Holat bir yil ichida yana takrorlansa, jarima summasi 5,1 mln so‘mgacha oshadi.

“O‘zenergosotish” kompaniyasiga rahbarlar tayinlandi
19 iyun 2024, 11:36

“O‘zenergosotish” kompaniyasiga rahbarlar tayinlandi

“O‘zenergosotish” kompaniyasiga Jahongir Obidjonov rais, Shohruh Karabayev esa uning birinchi o‘rinbosari v.b. etib tayinlandi. Tashkilot o‘z ishini 1-iyuldan boshlaydi va elektr energiyasini markazlashgan tartibda xarid qilish hamda sotish funksiyasini bajaradi.

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi diplomatik missiyasini 25 yil boshqargan Vitaliy Fen vafot etdi
18 iyun 2024, 22:00

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi diplomatik missiyasini 25 yil boshqargan Vitaliy Fen vafot etdi

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi diplomatik vakolatxonasini umumiy hisobda 25 yil boshqargan Vitaliy Fen 77 yoshida vafot etdi.

O‘zbekistonda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining (IFAD) vakolatxonasi ochildi
16 iyun 2024, 10:39

O‘zbekistonda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining (IFAD) vakolatxonasi ochildi

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD, BMTning maxsus muassasasi) O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochdi. Mamlakat 2011-yildan buyon jamg‘armaning a’zosi hisoblanadi.

Koreya respublikasi prezidenti Samarqandga tashrif buyurdi
15 iyun 2024, 13:35

Koreya respublikasi prezidenti Samarqandga tashrif buyurdi

Janubiy Koreya prezidenti rafiqasi bilan Toshkentdan Samarqandga keldi va u yerda shaharning diqqatga sazovor joylari bilan tanishadi. Ular O‘zbekiston prezidenti va birinchi xonim bilan birgalikda Registonga tashrif buyurdi.

Uchqo‘rg‘on tumani hokimi o‘zgardi
14 iyun 2024, 19:54

Uchqo‘rg‘on tumani hokimi o‘zgardi

Fevral oyida Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlangan Muhammad Haydarov “yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar” sabab lavozimidan ozod etilib, uning o‘rnini Dilshod Mirxanov egalladi.

“Markaziy Osiyo — Koreya” formatidagi birinchi sammit Seulda 2025-yil o‘tkaziladi
14 iyun 2024, 17:20

“Markaziy Osiyo — Koreya” formatidagi birinchi sammit Seulda 2025-yil o‘tkaziladi

O‘zbekiston prezidenti 2025-yil Seulda “Markaziy Osiyo — Koreya” formatidagi birinchi sammitni o‘tkazish taklifini ma’qulladi. Shuningdek, davlat rahbarlari ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida 17 ta hujjat imzolandi
14 iyun 2024, 15:19

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida 17 ta hujjat imzolandi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari alohida strategik sheriklikni kengaytirish to‘g‘risidagi bayonotni imzoladi. Shuningdek, 17 ta hujjat imzolandi: Hyundai Rotem poyezdlari xaridi, maktablarni jihozlar bilan ta’minlash, innovatsion farmatsevtika klasterini yaratish, JST doirasida hamkorlik va boshqalar.

O‘zbekiston va Koreya 7 ta yo‘nalishda strategik hamkorlik qilmoqchi
14 iyun 2024, 14:25

O‘zbekiston va Koreya 7 ta yo‘nalishda strategik hamkorlik qilmoqchi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya kelgusi 3 yilda o‘ta muhim minerallar, yarimo‘tkazgichlar, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, shaharsozlik, xavfsiz energetika — jami 7 ta yo‘nalishda hamkorlik qilmoqchi. 2025-yilni “O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi o‘zaro almashinuvlar yili” deb nomlash ham taklif etildi.

O‘zbekiston va Koreya hamkorlikning yangi modelini shakllantiradi
14 iyun 2024, 14:03

O‘zbekiston va Koreya hamkorlikning yangi modelini shakllantiradi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanish, yirik yuqori texnologik loyihalarni aniqlash va yangi sheriklik modelini shakllantirish yuzasidan kelishuvga erishdi.

Foto: Ko‘ksaroyda Koreya prezidentini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
14 iyun 2024, 11:56

Foto: Ko‘ksaroyda Koreya prezidentini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Koreya prezidenti Yun Sok Yolni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi Toshkentda vafot etdi
14 iyun 2024, 11:19

Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi Toshkentda vafot etdi

2019-yildan beri Indoneziyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida ishlab kelgan Sunario Kartadinata 74 yoshida Toshkentda vafot etdi. U bir vaqtning o‘zida Qirg‘izistondagi elchi ham edi.

Toshkent shahri hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi
13 iyun 2024, 16:14

Toshkent shahri hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Baxtiyor Xaydarov Toshkent shahri hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Sanjar Tadjiyev hokimning turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Toshkentga kelgan Koreya prezidenti va uning rafiqasini Abdulla Aripov kutib oldi
13 iyun 2024, 14:38

Toshkentga kelgan Koreya prezidenti va uning rafiqasini Abdulla Aripov kutib oldi

Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol rafiqasi Kim Gon Xi bilan birga Toshkentga yetib keldi. Ularni aeroportda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi (foto).

“Odamlarga o‘zini ko‘rsatishga vaqt berish kerak” — Buyuk Britaniya elchisi Timoti Smart
13 iyun 2024, 13:38

“Odamlarga o‘zini ko‘rsatishga vaqt berish kerak” — Buyuk Britaniya elchisi Timoti Smart

Buyuk Britaniya elchisi “Gazeta.uz” bilan suhbatda mintaqadagi hamkorlik, statistik ma’lumotlarning siyosiy qarorlar uchun ahamiyati hamda odamlarga o‘zini ko‘rsatishga vaqt berish kerakligi haqida gapirdi. Elchi o‘zbek tilini bilishi mamlakatni yaxshiroq tushunishga yordam berishini ta’kidladi.

Janubiy Koreya O‘zbekiston bilan innovatsion Ipak yo‘li qurishga umid qilmoqda — prezident Yun Sok Yol
13 iyun 2024, 12:18

Janubiy Koreya O‘zbekiston bilan innovatsion Ipak yo‘li qurishga umid qilmoqda — prezident Yun Sok Yol

Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol O‘zbekistonga tashrifi oldidan bergan intervyusida mamlakatni mintaqadagi “asosiy hamkor” deb atadi. U o‘z davlati “ijtimoiy, iqtisodiy va demokratik rivojlanishda yaqindan hamkorlik qilishda davom etishini” aytib, tashrifdan amaliy natijalar kutayotganini bildirdi.

O‘zbekiston atom energetikasini rivojlantirishning barcha jihatlari bo‘yicha MAGATE bilan hamkorlik qiladi — Energetika vazirligi
12 iyun 2024, 22:26

O‘zbekiston atom energetikasini rivojlantirishning barcha jihatlari bo‘yicha MAGATE bilan hamkorlik qiladi — Energetika vazirligi

MAGATE O‘zbekistonni atom energetikasi, xususan, kam quvvatli reaktorlarni joriy etish rejalarida qo‘llab-quvvatlashga tayyor, dedi agentlik rahbari Rafael Grossi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov bilan uchrashuvda.

O‘zbekistonda chet el fuqarolarini nomaqbul deb topish tartibini joriy etish taklif qilinmoqda
12 iyun 2024, 19:03

O‘zbekistonda chet el fuqarolarini nomaqbul deb topish tartibini joriy etish taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda chet el fuqarolarini nomaqbul deb topish tartibini joriy etish taklif qilinmoqda. Bunga mamlakat suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga tahdid soluvchi, davlatlararo va milliy adovatni qo‘zg‘atuvchi, xalq sha’ni, qadr-qimmati yoki tarixini kamsituvchi chiqish va harakatlar sabab bo‘lishi mumkin.

Koreya Respublikasi prezidenti 13−15-iyun kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi
11 iyun 2024, 19:33

Koreya Respublikasi prezidenti 13−15-iyun kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi

Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol 13−15-iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif doirasida bir qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekiston-Koreya strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, qo‘shma biznes forumi o‘tkazish rejalashtirilgan.

Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
11 iyun 2024, 18:21

Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sardor Shukurullayev Jizzax viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting