Ekologiya vazirligi Toshkentda havo sifatini yaxshilash uchun qilinishi lozim bo‘lgan shoshilinch choralarni e’lon qilgandi. Vazirlik rahbari Aziz Abduhakimov “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida havo ifloslanishining sabablari, Ai-80 benzinini cheklash va qurilishlarni taqiqlash kabi takliflar mazmunini tushuntirdi.
Bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatov kompleksiga 3 ta vazirlik va idora, 3 ta inspeksiya, 5 ta korxona, 11 rahbar, 41 o‘rinbosar, 12 ming boshqaruv xodimi va 224 nafar hokim o‘rinbosari kiradi. “Odamlarimiz eng ko‘p norozi bo‘lgan soha Ramatovning kompleksi”, — dedi prezident.
AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaponiya kabi davlatlar BMTning falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligi (UNRWA)ni moliyalashtirishni vaqtincha to‘xtatdi. Bunga tashkilot xodimlari HAMASning Isroilga hujumiga aloqadorlikda ayblagani sabab bo‘ldi. BMT rahbari tergov boshlanganini e’lon qildi.
Prezident ekologik muammolarga to‘xtalib, Toshkent shahrida chiqindi gazlar miqdori yuqoriligini ta’kidladi. Hududlarning ekologik reytingini joriy etish, korxona, sement zavodlarida chang va gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish, poytaxt atrofida “yashil belbog‘” yaratish va boshqa ko‘rsatmalar berildi.
Prezident 2023-yilda 16 ta tumanda birorta ko‘p qavatli uy-joy qurilmagani, hokimlar buni reja ham qilmaganini aytdi. Bosh vazirga mazkur tumanlar hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.
Prezident o‘z tizimida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun transport vaziri Ilhom Mahkamov, uning birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov, IIV YHXB boshlig‘i Olim Saidov va “Toshshahartransxizmat” AJ raisi Anvar Jo‘rayevga hayfsan e’lon qilib, oxirgi ogohlantirish berdi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva huquq-tartibot idoralari xodimlarining foto va videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda e’lon qilganlik uchun jazolash haqidagi norma Senat qo‘mitalari tomonidan o‘rganilayotganini aytdi. “Qo‘mitalarimiz hozir ko‘rib chiqish jarayonida”, — dedi u.
Senat raisi Tanzila Narbayeva BBC o‘zbek xizmatiga intervyu berib, unda Senat tomonidan tasdiqlanib, prezidentga imzolash uchun yuborilgan, ammo shundan so‘ng “yo‘qolib qolgan” “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi haqida gapirdi. Uning aytishicha, hozirda hujjatni PA ekspertlari o‘rganmoqda.
Prezident yig‘ilishida maktab ta’limini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Baholash tizimini xalqaro testologiya mezonlariga moslashtirish, maktablarni akkreditatsiyadan o‘tkazish, xususiy maktablarga imtiyozlar berish, mahallalarning maktablar hayotidagi ishtirokini kengaytirish rejalari e’lon qilindi.
O‘zbekistonning Dubay shahriga yangi tayinlangan bosh konsuli Kamol Ikromov BAA Tashqi ishlar vazirligining Dubay bo‘limi direktoridan konsullik patentini qabul qilib oldi.
Yangi tashkil etilgan O‘zbekiston mahallalari uyushmasining hududiy boshqarmalariga boshliqlar tayinlandi. Ular orasida vazir, sobiq hokimlar, hokim o‘rinbosarlari, boshqarma boshliqlari va boshqalar bor. Ro‘yxat.
Sardor Rustamboyev O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi etib tayinlandi. U 2018-yildan buyon mamlakatning Fransiyadagi elchisi sifatida ishlab kelayotgandi.
Prezident SANY kompaniyasining Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi qurish bo‘yicha rejalarini qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, u CSG rahbariyati bilan energetik xavfsizlikni ta’minlash va energiya tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish standartlarini joriy etish masalalarini muhokama qildi.
Prezident Xitoyning aholi soni bo‘yicha uchinchi shahri va Guandun muzofotidagi maxsus iqtisodiy zona hisoblangan Shenchjenga bordi. Muzofot partiya qo‘mitasi kotibi Xuan Kunmin bilan o‘tgan uchrashuvda hamkorlikni, birinchi navbatda, yuqori texnologik tarmoqlarda kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Xitoy hukumatlari atrof-muhitni muhofaza qilish, inson resurslarini rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, Xitoydan Yevropaga temir yo‘l ekspresslari yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish va “Havo ipak yo‘li"ni birgalikda qurish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi.
O‘zbekiston va Xitoy rahbarlari muzokaralarida Shavkat Mirziyoyev hamkorlarni O‘zbekiston davlat korxonalari va banklarini xususiylashtirishda ishtirok etishga chaqirdi. Tomonlar hududlar kengashini tuzishga kelishib oldi va Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishini tezroq boshlash muhimligini ta’kidladi.
Pekin shahri Tyananmen maydonidagi Xalq yig‘inlari uyida O‘zbekiston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. O‘sha yerda Xitoy raisi Si Szinpin va Shavkat Mirziyoyevning muzokaralari boshlandi. Foto.
Xitoyga davlat tashrifi bilan borgan Shavkat Mirziyoyev XXR Davlat kengashi bosh vaziri Li Syan bilan uchrashdi. Ular infratuzilmani modernizatsiya qilish, “yashil” energetika, aviaqatnovlar va sayyohlik almashinuvini yanada kengaytirish kabilarni muhokama qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Xitoyga yetib bordi. Ertaga, 24-yanvar kuni u mamlakat rahbari Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Qo‘shilmaslik harakatining barcha a’zolari 2027−2029-yillarda harakat raisligiga O‘zbekiston nomzodini qo‘llab-quvvatladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting