Fransiyaning Orano kompaniyasi O‘zbekistondagi uran konlarida geologik qidiruv ishlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Shavkat Mirziyoyev fransuz kompaniyalariga islohotlar va ochiq iqtisodiyot siyosati davom etishiga kafolat berdi. Respublikalar munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqmoqchi.
O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari ishtirokida sakkizta hujjat imzolandi. Ular orasida Samarqand fransuz alyansini tashkil etish, ichimlik suvi infratuzilmasini yaxshilash, ta’lim va madaniy meros sohasidagi hamkorlik kabilar bor.
Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makronning kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari davomida O‘zbekiston-Fransiya savdo palatasi ishga tushishi hamda Toshkentda Business France agentligining ofisini ochish rejalashtirilayotgani e’lon qilindi. Shuningdek, ular Samarqandda Fransiya alyansi filiali ochilishini olqishladi.
Shavkat Mirziyoyevning Emmanuel Makron bilan o‘tgan tor doiradagi uchrashuvida Toshkentda O‘zbekiston-Fransiya oliygohini ochishni tezlashtirish va fransuz tili o‘qituvchilarini tayyorlashda hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi. Shuningdek, Fransiya alyansining Samarqanddagi filiali ochilishi e’lon qilindi.
Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan Usmon Alimov Sherobod tumaniga hokim vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi. Tumanning sobiq hokimi sog‘lig‘i tufayli o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shagan.
Samarqanddagi Kongress markazida Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Davlat rahbarlari u yerda ko‘p qirrali munosabatlarni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqadi.
Shavkat Mirziyoyev Fransiya rahbari Emmanuel Makron bilan uchrashdi. Ular tunda Samarqand bo‘ylab sayr qildi, Registon maydoni va “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasiga tashrif buyurdi (foto, video).
Prezident 2−3-noyabr kunlari Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya rahbari Emmanuel Makron bilan ikki tomonlama sammit o‘tkaziladigan Samarqand shahriga bordi.
Farg‘ona viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Iqboljon Ergashev Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Shu kungacha DXX raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan G‘ayratulla Yoziyev O‘zbekiston prezidentining kadrlar siyosati bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Mazkur maslahatchining qolgan o‘rinbosarlari Prezident administratsiyasining yangi tuzilmasi bo‘yicha o‘z lavozimlariga qayta tayinlandi.
Niyoz Xazratqulov Sirdaryo viloyati Shirin shahriga hokim etib tayinlandi. Shaharning avvalgi hokimi Sarvar Sultonov Mirzaobod tumaniga hokim bo‘lgandi.
Avgust oyidan buyon qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Anvar Karimov Sirdaryoning Sayxunobod tumaniga hokim etib tayinlandi.
Muxtor Hayitmuradov Qashqadaryo viloyati Muborak tumaniga hokim bo‘ldi. U avval rahbarlik qilgan Nishon tumaniga esa qishloq xo‘jaligi vaziri birinchi o‘rinbosari Botir Tog‘ayev hokim etib tayinlandi.
Prezident Navoiy viloyati Karmana tumani hokimi, prokurori, ichki ishlar, elektr tarmoqlari va Bosh prokuratura Departamenti bo‘limi rahbarlarini ishdan bo‘shatishni topshirdi. Sababi — ular 10 oy davomida 452 ta mayning qurilmasi orqali 5,5 mln kVt·s elektr energiyasini noqonuniy ishlatilganini payqamagan.
Adliya vazirligi tizimida ishlab kelayotgan Avazxon Tadjixanov O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston G‘azo sektori aholisiga yordam ko‘rsatish uchun BMTning Yaqin Sharq agentligiga 1,5 million dollar ajratganini ma’lum qildi.
Prezident O‘zbekiston Falastin xalqi bilan birdamligi va uning qabul qilingan rezolyutsiyalarga muvofiq o‘z mustaqil davlatini barpo etishga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. U, shuningdek, yoshlarni yolg‘on tashviqotlarga berilmaslikka chaqirdi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrifi chog‘ida uran yetkazib berishni ko‘paytirish masalasini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg fransuz yetakchisi atrofidagi ikki anonim manbaga tayanib xabar berdi.
Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatilayotganda ayollar sonining eng kam miqdorini nomzodlar umumiy sonining 30 foizidan 40 foiziga oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi qabul qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting