USAID`ning O‘zbekistondagi maqsadlari qanday? Agentlik mamlakatda qaysi sohalarda ish olib boryapti? Nima uchun barcha bolalar yaxshi o‘qituvchilari va o‘quv dasturi bor maktabda o‘qishi muhim? “Gazeta.uz” USAID administratorining Osiyo byurosi yordamchisi o‘rinbosari Anjali Kaur bilan shular haqda suhbatlashdi.
O‘zbekiston prezidenti Nyu-Yorkda Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni qabul qilishni tezlashtirish, savdo va sarmoya hajmini oshirish, Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi.
Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov Rossiyaning O‘zbekistonda maktab qurish taklifi internetda noto‘g‘ri talqin qilinayotganini bildirdi. Uning aytishicha, davlatlar bir-birining hududida maktab qurishi jahon tajribasida bor va shunday maktab qurilsa ham, uning dasturi har tomonlama o‘rganib chiqiladi.
O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida yadro tibbiyoti sohasida strategik sheriklik, 2023−2024-yillarda kadastr baholash tizimini yaratishda O‘zbekiston tomoniga tekin texnik yordam ko‘rsatish, RFga paxta ip-kalavasini yetkazib berish to‘g‘risidagi hujjatlar imzolandi.
Londonda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya Mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2024-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi imzolandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkka yetib bordi. Bir necha kun davom etadigan tashrif doirasida u BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi, AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammiti hamda boshqa tadbirlarda ishtirok etadi.
Andijon, Buxoro, Jizzax va Xorazm viloyatlari sudlarining raislari lavozimidan ozod etildi. Farg‘ona viloyati sudiga yangi rais tayinlandi.
Zufar Qurbonov ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning aytishicha, Markaziy Osiyo va AQSh prezidentlarining bo‘lajak sammiti “hech bir davlatga qarshi qaratilmagan”. “Bu biz ishlashni istagan mamlakatlar bilan ijobiy kun tartibi haqida”, dedi u.
O‘zbekistonda valyuta operatsiyalariga qo‘yilgan yangi cheklovlar bekor qilindi, deya ma’lum qildi Markaziy bank boshqaruv raisi Mamarizo Nurmuratov. Avvalroq tadbirkorlik subyektlarining valyuta operatsiyalari faqat asosiy hisobvaraq ochilgan banklar orqali amalga oshirilishi talabi haqida yozgandik.
Yevropa Ittifoqi, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va AQSh diplomatik vakolatxonalari vakillari “Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik” partiyasini tuzishga harakat qilgan Xidirnazar Allaqulov bilan uchrashib, “O‘zbekistondagi siyosiy partiyalarni ro‘yxatga olish jarayonini muhokama qildi”.
Markaziy Osiyoda suv resurslari taqchilligi va undan samarasiz foydalanish muammolari uzoq muddatga mo‘ljallangan yangi qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni talab etmoqda, dedi O‘zbekiston prezidenti Dushanbeda bo‘lib o‘tgan Orolni qutqarish jamg‘armasi sammitida.
O‘zbekiston prezidenti Orolni qutqarish jamg‘armasi sammitida Afg‘onistonda Qo‘shtepa kanali qurilayotganiga to‘xtaldi. U kanalning ta’sirini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzish va Afg‘oniston vakillarini suv resurslarini taqsimlash bo‘yicha mintaqaviy muloqotga jalb etishni taklif qildi.
Tojikistonning Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti bo‘ldi. Unda iqlim o‘zgarishi sharoitida gender tengligiga erishish muhokama etilib, bu masalada xalqaro moliya institutlari investitsiyalarini jalb qilish taklifi bildirildi.
2022-yil oxiridan beri Qoraqalpog‘iston transport vaziri sifatida ishlab kelayotgan Mamanbiy Omarov O‘zbekiston transport vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
O‘zbekiston prezidenti yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda ularga tez-tez tirbandlik va avariyalar kuzatiladigan yo‘llarda “svetoforsiz estakadalar” qurishni o‘z ichiga olgan uch yillik dasturni kiritish bo‘yicha topshiriq berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston bosh vazirining amaldorlarga yo dinni, yoki davlat ishini tanlash talabini qo‘ygani haqidagi xabarlar tarqaldi. Hukumat rahbari matbuot xizmati ushbu xabarlarni rad etib, tarmoq foydalanuvchilaridan bunday xabarlarga ishonmaslikni so‘radi.
O‘zbekiston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammitida imkon qadar tezroq mintaqada to‘laqonli erkin savdo zonasini tashkil etish, transport va tranzit bo‘yicha kelishuvni ishlab chiqish, energetika infratuzilmasini birgalikda barpo etish va xavfsizlik bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazishni taklif qildi.
Yevroparlament Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni Ukrainadagi jinoyatlari, xususan, ukrainalik bolalarni deportatsiya qilishda Rossiyaning sherigi deb tan oldi va Gaagadagi sudni uni hibsga olishga order berishga chaqirdi. Shunga o‘xshash hujjat avval Rossiya prezidentining hibsga olinishi uchun chiqarilgandi.
Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda tojikistonlik hamkasbi Emomali Rahmon bilan uchrashib, ittifoqchilik masalalarini muhokama qildi. Qolaversa, ular Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammitiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan fikr almashdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting