O‘zbekistonda mikro GESlar qurish uchun 250 ta istiqbolli uchastka aniqlandi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ular yiliga 675 mln kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. GESlar yonida gibrid GESlar qurish rejalashtirilmoqda.
Toshkentning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxt hokimligidan ketganidan so‘ng unga daxlsizlik huquqini beruvchi kengash deputati va senatorlik lavozimlarini saqlab qolmoqda. Xususan, u Senat va Kengashning roziligisiz javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.
Sud «Hududgaz Toshkent» korxonasining sobiq direktori Muzaffar Aliyevni garov evaziga ozod qildi. U dekabr oyida O‘zbekistondagi energetika inqirozi vaqtida hibsga olingan edi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Kengashning sobiq rahbari, ishdan olingan poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga shahar rivojiga qo‘shgan hissasi va yordami uchun minnatdorlik bildirdi. Keyinroq esa xabar o‘chirib tashlandi.
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov sobiq hokim Jahongir Ortiqxo‘jayevning yordamchisi bo‘lib ishlagan Muzaffar Abdurahmonov bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi.
Shavkat Mirziyoyev Singapur rahbariyati bilan uchrashdi. Davlat boshqaruvi uchun kadrlar tayyorlash, investitsiyalar, «yashil» texnologiyalarni jalb qilish, shaharsozlik va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, yangi orxideya turiga O‘zbekiston prezidenti nomi berildi.
Jamshid Tursunov Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘ribosari bo‘ldi. O‘ktam Masharipov esa Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Shuningdek, Toshkent viloyatining Piskent tumaniga yangi hokim tayinlandi.
Poytaxtning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev oilasi bilan Turkiyaga uchib ketmoqchi bo‘lgan vaqtda Toshkent aeroportida to‘xtatib qolingan bo‘lishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni lavozimidan ozod etganiga tushuntirish berdi. «Quruq gap, yolg‘on „svodka“ bilan pastga tushmagani uchun kechasi shtabda ishdan oldim», — dedi prezident.
O‘zbekistonda oxirgi oylarning o‘zida neftgaz va energiya nazorati tizimlarida 192 ta korrupsiya holatlari aniqlangani ham «tizim ichidan yemirilganidan» dalolat beradi, dedi prezident. DXX va Bosh prokuraturaga tizimdagi korrupsiya holatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Shavkat Mirziyoyev aholini energiya bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazmoqda. O‘z faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev lavozimidan ozod etildi. Shu paytgacha birinchi o‘rinbosar bo‘lib kelgan Baxtiyor Rahmonov hokim v.b. etib tayinlandi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16−18 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan Singapurda bo‘ladi. Mamlakat prezidenti va bosh vaziri bilan muzokaralar o‘tkazish, «ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami»ni imzolash rejalashtirilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi. Davlat rahbari safarbarlik sohasidagi tayyorgarligi va hududiy mudofaasini tashkil etish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish vazifasini qo‘ydi. U harbiy aviatsiya va HHM tizimini rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.
Senatorlar, yuqori palata mas’ul xodimlaridan iborat guruh lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini o‘rganishni boshladi. Aslida hukumat qarori bilan 2023 yil 1 yanvardan barcha tashkilotlar ish yuritishda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tishi kerak edi.
Shavkat Mirziyoyev «Global Janub ovozi» sammitida nutq so‘zladi. Prezident xalqaro vaziyatda kuzatilayotgan dolzarb tendensiyalarga baho berib, rivojlanayotgan mamlakatlar oldida turgan asosiy vazifalar borasida fikr bildirdi. U xalqaro munosabatlarda o‘zaro ishonch kamayib borayotganiga e’tibor qaratdi.
O‘zbekistonning sobiq tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori bo‘ldi.
Iqtisodiy rivojlanish vazirligi Departamenti boshlig‘i Azamat Fazilov O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi ijro apparati bosh maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Bishkekda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston energetika vazirlari Qambarota-1 GES qurilishi loyihasi bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni imzoladi. GES Markaziy Osiyo mamlakatlarini elektr energiyasi bilan ta’minlashi hamda mintaqaning suv ta’minotini barqarorlashtirishi kutilmoqda.
Qozog‘istonda 2022 yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar bo‘yicha jinoyat ishida O‘zbekiston fuqarolari ham ishtirok etmoqda. Oldin ham Qozog‘iston bosh prokuraturasi voqea sababli ochilgan ishlarga 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi jalb qilingani haqida xabar bergandi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonda qizlarning OTMlarda o‘qishi taqiqlanganidan xavotirda ekanini ma’lum qilib, ushbu qaror qayta ko‘rib chiqilishiga umid bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting