O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyaning janubiy viloyatlarida bo‘lib turgan fuqarolarga murojaat qildi. Ko‘chada qoling, lekin binolar yonida turmang, ochiq joyga o‘ting, — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston Turkiyaga zilziladan jabr ko‘rganlar uchun gumanitar yordam va Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir guruh qutqaruvchilarini jo‘natadi.
Turkiyada 7 balli zilzila ro‘y berib, oqibatda ko‘plab odamlar halok bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev prezident Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik yo‘lladi. O‘zbekiston TIV hozircha zilzilada o‘zbekistonliklar jabrlangani bo‘yicha murojaat kelib tushmaganini ma’lum qildi.
Nukus voqealari bo‘yicha tekshiruv o‘tkazuvchi parlament komissiyasi Qoraqalpog‘iston IIV Jinoyat qidiruv boshqarmasi bo‘limining sobiq boshlig‘i Polat Shamshetovning Buxorodagi tergov izolyatorida vafot etgan holatini o‘rganishini ma’lum qildi.
Turkmaniston O‘zbekistonga «birodarlik yordami» sifatida suyultirilgan gazni «tegishli hajmda» bepul yetkazib beradi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov missiyasini yakunlayotgan Pokiston va Xitoy elchilari bilan uchrashdi. Vazir elchilardan hamkasblariga salom yetkazishni so‘radi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Ukrainaning favqulodda va muxtor elchisi Mikola Doroshenko bilan uchrashdi. Muloqotda turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Human Rights Watch tashkiloti Dauletmurat Tajimuratovning hibsda qiynoqqa solingani haqidagi da’volari tekshirilishi kerakligini bildirdi. Inson huquqlari tashkiloti, shuningdek, «huquq-tartibot organlari asossiz o‘qotar quroldan foydalangani uchun» hanuz hech kim jazolanmaganini eslatib o‘tdi.
AQSh Moliya vazirligi sanksiyalariga tushgan 10 nafar shaxs ro‘yxatida O‘zbekiston fuqarosi Maks Piflaks ham bor. U «Rossiya harbiy-sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha cheklovlardan qochayotgan» shaxs sifatida qayd etilgan.
Qonunchilik palatasining sobiq deputati Rasul Kusherbayev O‘zbekiston Tabiat resurslari vazirligida ish boshladi. U vazir Aziz Abduhakimovning maslahatchisi bo‘ladi. Bu lavozim unga prezident administratsiyasi tomonidan taklif qilingan.
Rustam Yusupovga Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatildi. Bungacha u o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shagan sobiq rahbar Anvar Umarovning birinchi o‘rinbosari edi.
Erkin Muxitdinov, Jamshid Abruyev va Ra’no Turdiboyeva kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga o‘rinbosarlar etib tayinlandi. Ozoda Parpibayeva Oila va hotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Mirzoxid Ubaydullayev esa Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori bo‘ldi.
Prezident farmoni bilan suv xo‘jaligi, tabiat resurslari hamda tog‘-kon va geologiya vazirlariga o‘rinbosarlar tayinlandi.
Prezident farmoni bilan Abduraxman Abduvaliyev transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi, Taxir Nazarov Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori, Faxriddin Salixov Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Usman Sharifxodjayev O‘zbekiston maktabgacha va maktab ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari, Temurjon Komilov, Dilshod Kenjayev va Uzokboy Begimkulov esa vazir o‘rinbosarlari etib tayinlandi. Alisher Ubbiyev Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga rahbar bo‘ldi.
Prezident O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosarlari, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi hamda Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi boshliqlarini tayinladi.
Baxodir Axmedov va Murodjon Madjidov madaniyat va turizm vazirining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlandi. Firdavs Abduxoliqov vazirlik huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori, Rustambek Kurbanov esa vazirlik huzuridagi Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi raisi bo‘ldi.
Komiljon Karimov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib, Shahloxon Turdiqulova va Sarvarxon Buzrukxonov vazir o‘rinbosarlari etib tayinlandi. Olimjon To‘ychiyev va Majit Karimov esa vazirlik huzuridagi agentliklarga direktor bo‘ldi.
Sud Nukus voqealari bo‘yicha jinoyat ishini ko‘rib chiqishni yakunlab, 22 nafar sudlanuvchiga hukm e’lon qildi. Ayblanuvchilarning ayrimlari duoga qo‘l ochgan bo‘lsa, yaqinlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi, hukm e’lon qilinganidan keyin mahkumlardan birining onasi hushini yo‘qotdi. «Gazeta.uz» fotoreportaji.
Markaziy saylov komissiyasi Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni Oliy Majlis Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting