Jamiyat

Senat qo‘mitasi va YHXX yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni muhokama qildi
21 avgust 2024, 15:33

Senat qo‘mitasi va YHXX yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni muhokama qildi

Yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzish jiddiy qoidabuzarlik sifatida baholanishi kerak. YTHlar vaqtida tahlil qilinmayapti, aholi gavjum joylarda svetoforlar yo‘q, hokimliklar zarur choralarni ko‘rmayapti. Senatda YHXX yangi rahbari bilan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.

Toshkentda daraxt kesgan fuqaro 17,3 mln so‘m to‘laydigan va 100 tup ko‘chat ekadigan bo‘ldi
21 avgust 2024, 14:56 1

Toshkentda daraxt kesgan fuqaro 17,3 mln so‘m to‘laydigan va 100 tup ko‘chat ekadigan bo‘ldi

Sergeli tumanida fuqaro 1 tup mojjevelnik (archa) kesgani aniqlandi. Oqibatda tabiatga 8,8 mln so‘m zarar yetgan. Huquqbuzar jami 17 mln 340 ming so‘m tovon to‘lashi belgilandi. Kompensatsiya tarzida esa 100 tup ko‘chat ekish majburiyati yuklatildi.

O‘zbekistonliklar ATTO kartalaridan Qirg‘izistonda ham foydalanishi mumkin bo‘ladi
21 avgust 2024, 13:15

O‘zbekistonliklar ATTO kartalaridan Qirg‘izistonda ham foydalanishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi yo‘lkira to‘lovlarining avtomatlashtirilgan tizimi operatorlari ATTO va Tulpar integratsiya qilinadi. Jarayon tugagach, Qirg‘iziston fuqarolari O‘zbekistonda Tulpar kartalari orqali, O‘zbekiston fuqarolari esa Bishkekda ATTO orqali to‘lov qilishlari mumkin bo‘ladi.

Raqobat qo‘mitasi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”ga yo‘lovchilardan undirilgan ortiqcha haq bo‘yicha jarima qo‘lladi
21 avgust 2024, 12:34

Raqobat qo‘mitasi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”ga yo‘lovchilardan undirilgan ortiqcha haq bo‘yicha jarima qo‘lladi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi yo‘lovchilarning chiptalaridan vositachilik yig‘im qiymati bo‘yicha 660 mln so‘mga yaqin ortiqcha haq undirgani aniqlandi. Raqobat qo‘mitasi unga va xuddi shu holat bo‘yicha “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” kompaniyasiga moliyaviy jarima qo‘lladi, pullar iste’molchilarga qaytariladi.

O‘zbekistonda 2023-yilda haydovchilik guvohnomasi yo‘q shaxslar 707 ta YTH sodir etdi, ularda 212 kishi vafot etdi
21 avgust 2024, 11:48

O‘zbekistonda 2023-yilda haydovchilik guvohnomasi yo‘q shaxslar 707 ta YTH sodir etdi, ularda 212 kishi vafot etdi

O‘zbekistonda 2023-yilda haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan shaxslar qayta rulga o‘tirib, 707 ta YTH sodir etdi. Ularda 212 nafar shaxs vafot etdi, 546 nafar shaxs jarohatlandi.

“Farzandlaringizni sevsangiz, xavfsiz avtoo‘rindiqlardan foydalaning” — AQSh elchisi
21 avgust 2024, 11:23

“Farzandlaringizni sevsangiz, xavfsiz avtoo‘rindiqlardan foydalaning” — AQSh elchisi

“Gazeta.uz” AQSh elchisi Jonatan Henikdan O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi vaziyatni qanday yaxshilash mumkinligi haqida so‘radi. “Birinchi va eng muhimi — xavfsizlik kamarlarini taqish. Biz bekorga avtomobillarni xavfsizlik kamari bilan jihozlamaymiz”, — dedi u.

Fuqarolarni Angliyaga jo‘natishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi
21 avgust 2024, 11:10

Fuqarolarni Angliyaga jo‘natishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi

Nurobod tumanida 5 kishini Angliyaga noqonuniy ishga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. U fuqarolardan buning uchun 10 400 dollar olgan.

Uchtepa tumanidagi ayrim ko‘chalarni nomlashda aholidan ovoz berish so‘ralmoqda
21 avgust 2024, 09:58

Uchtepa tumanidagi ayrim ko‘chalarni nomlashda aholidan ovoz berish so‘ralmoqda

Toshkent shahri aholisi geonom.tashkent.uz sayti orqali Uchtepa tumanidagi ayrim nomsiz ko‘chalarni nomlash yoki qayta nomlash (jami 187 ta) yuzasidan o‘z fikrini bildirishi mumkin. Jarayon 3-sentabrgacha davom etadi.

Sud faxriysi Mashkura Safayeva 74 yoshida vafot etdi
21 avgust 2024, 09:31

Sud faxriysi Mashkura Safayeva 74 yoshida vafot etdi

Sud faxriysi Mashkura Safayeva kasallik oqibatida 74 yoshida vafot etdi. U 14 yil Oliy sud sudyasi, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi, Qonunchilik palatasi deputati, spiker o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

20-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
20 avgust 2024, 22:21

20-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan muloqoti va undagi takliflar, O‘zbekistonda “propiska” bo‘yicha yagona tartib, Eron orqali O‘zbekistonga kela boshlagan Hindiston tovarlari, aeroportlarda maymunchechakka qarshi choralar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Aeroportlarda maymunchechak kirib kelishining oldini olish choralari ko‘rilmoqda — Uzbekistan Airports
20 avgust 2024, 20:51

Aeroportlarda maymunchechak kirib kelishining oldini olish choralari ko‘rilmoqda — Uzbekistan Airports

O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida maymunchechak kirib kelishining oldini olish choralari kuchaytirildi: xodimlarga kasallik alomatlari tushuntirildi, harorati yuqori yo‘lovchilarni aniqlash uskunalari o‘rnatildi. Kasallik tarqalayotgan Afrika davlatlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘q, dedi Uzbekistan Airports.

Toshkent va Jizzax viloyatlarida hokim yordamchilari pora bilan ushlandi
20 avgust 2024, 18:59

Toshkent va Jizzax viloyatlarida hokim yordamchilari pora bilan ushlandi

O‘rta Chirchiq va G‘allaorol tumanlaridagi mahallalarda hokim yordamchisi bo‘lib ishlovchi ikki nafar shaxs pora bilan ushlandi. Biri ijaraga yer olib berish uchun fuqarodan 15 ming dollar so‘ragan, boshqasi — shifoxonaga ishga kiritib qo‘yish uchun 1200 dollar. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

AQShdan O‘zbekistonga soya shroti ilk bor tijoriy maqsadda olib kelindi
20 avgust 2024, 16:49

AQShdan O‘zbekistonga soya shroti ilk bor tijoriy maqsadda olib kelindi

O‘zbekistonga AQShdan birinchi marta soya shroti tijoriy maqsadda import qilindi: 150 tonna soya shrotining ilk partiyasi mamlakatga yetib keldi. Mahsulot go‘sht va sut mahsulotlari yetishtiruvchilar uchun muhim ozuqa hisoblanadi. Mamlakatga soya shroti shu vaqtgacha Argentinadan kirib kelardi.

Namangan viloyatida 3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
20 avgust 2024, 16:10

Namangan viloyatida 3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Namangan viloyati Uychi tumanida 3 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 219 km uzoqda joylashgan.

Namanganda noqonuniy dori sotgan tez tibbiy yordam feldsheri va uning sheriklari qamaldi
20 avgust 2024, 13:25

Namanganda noqonuniy dori sotgan tez tibbiy yordam feldsheri va uning sheriklari qamaldi

Namangan viloyatida tez tibbiy yordam feldsheri uyida yashirin sex ochib, “Zodak”, “Anaferon” va “Vitamin V6” dorilarini sotish uchun tayyorlab qo‘ygani ma’lum bo‘ldi. DXX feldsherni kerakli buyumlar bilan ta’minlagan boshqa shaxsni ham qo‘lga oldi. Ular 5,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

24−25-avgust kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
20 avgust 2024, 10:14

24−25-avgust kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 24−25-avgust (shanba va yakshanba) kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. “Gazeta.uz” hashar o‘tkazishga qo‘yiladigan talablarni eslatib o‘tadi.

BMT Qoraqalpog‘istonda suv, kanalizatsiya va ekologik muammolarni hal qilish bo‘yicha yangi loyihalarni ishga tushirdi
20 avgust 2024, 09:33

BMT Qoraqalpog‘istonda suv, kanalizatsiya va ekologik muammolarni hal qilish bo‘yicha yangi loyihalarni ishga tushirdi

BMT agentliklari Orolbo‘yi mintaqasi Ko‘p sheriklik trast fondi ko‘magida Qoraqalpog‘istonda ikkita yangi loyihani ishga tushirdi. YUNISEF loyihasi 4 ta tumanda toza ichimlik suvdan foydalanishni yaxshilashga, BMTTD va FAO loyihasi mahalliy aholiga ekologik muammolarni hal etish ko‘nikmalarini berishga qaratilgan.

Balton Trading Asia qanday ishlaydi: ichkaridan nazar
20 avgust 2024, 09:00

Balton Trading Asia qanday ishlaydi: ichkaridan nazar

O‘zbekistonda FMCG distribyutsiyasi bozorining yetakchi ishtirokchilaridan biri bo‘lgan Balton Trading Asia vakillari samarali logistika qurish sirlari bilan o‘rtoqlashib, logistika va saqlash xizmatlari kimlar uchun muhimligi haqida so‘zlab berdi.

Xorazmda noqonuniy boqilayotgan sher bolasi hayvonot bog‘iga topshirildi
20 avgust 2024, 00:01

Xorazmda noqonuniy boqilayotgan sher bolasi hayvonot bog‘iga topshirildi

Urganch shahrida fuqaro yosh sher bolasini noqonuniy saqlab kelayotgani aniqlandi. Unga nisbatan jarima jazosi tayinlandi, yovvoyi jonzot esa vaqtincha Nukus hayvonot bog‘iga topshirildi.

19-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
19 avgust 2024, 23:38

19-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurgan prezident, o‘qishga kirgan 186 ming abituriyent, maymunchechak sabab chegara nazoratini kuchaytirgan Qozog‘iston, kamroq uy hamda avtomobil sotib ola boshlagan o‘zbekistonliklar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting