Toshkent va Namangan shaharlarida Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari saqlagan va savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Dori vositalari esa musodara qilindi.
Toshkentda 107,2 mlrd so‘mga 20 ta yerusti piyodalar o‘tish joyini qurish rejalashtirilmoqda. Poytaxt deputatlari ish boshlash uchun 53,6 mlrd so‘m ajratishni ma’qulladi. O‘tish joylari manzillari ko‘rsatilmagan va shu sababli jamoatchilik va ekspertlar qarorning asosliligiga xavotir bildirmoqda.
Endi narxlari liberallashadigan metan, TIV rahbari bilan ko‘rishgan Italiya bosh vaziri, poyezdlarda bekor qilingan konditsioner uchun to‘lovlar, O‘zbekistonning Olimpiadadagi ikkinchi medali va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Qarshi shahrida 21 yoshli erkak hojatini kiyimiga chiqargani uchun turmush o‘rtog‘i enagalik qilayotgan 1,5 yashar chaqaloq qizni urib o‘ldirib qo‘ydi. U shifokorlarga bola aravachadan yiqilib tushganini aytdi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida fevral oyida mast holda avtomobil boshqarib, yo‘l chetidagi 4 kishini bosib ketgan va o‘limiga sababchi bo‘lgan fuqaro 9 yilga qamaldi.
Toshkent metropolitenining “Alisher Navoiy” va “Paxtakor” bekatlarida yangilangan navigatsiya elementlari: yo‘nalishlar, bekatlar va shaharga chiqish belgilari o‘rnatildi. Ilk bor metroga kirish va chiqishni raqamlash joriy qilindi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin yer ostidan suratlar oldi.
Tashkent City Mall’da “Jadidlar. Turkistonga maktublar” nomli multimediaviy ko‘rgazma ochildi. Fotosuratlar, xatlar, videolar, hujjatlar, ovozli ma’lumotlardan iborat ekspozitsiya 1922-yili Germaniyaga o‘qishga yuborilgan 73 nafar turkistonlik talaba haqida hikoya qiladi.
O‘zbekistonda poyezdlarning kupe vagoni chiptalari narxidan konditsioner uchun to‘lov chiqarib tashlandi va bu xizmat bepul bo‘ldi, deb xabar qildi Raqobat qo‘mitasi. Agar yo‘lovchilarda konditsioner ishlamayotgani haqida dalillar bo‘lsa, ularga kompensatsiya to‘lanadi.
Qamchiq dovonida tormozdagi nosozlik sabab yuk mashinasi, Matiz va Cobalt to‘qnashdi. Oqibatda ularning ikkitasi jarlikka quladi. Ikki kishi voqea joyida halok bo‘ldi.
2024-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston aholisi 334 mingdan ziyodga ko‘payib, 37 million 134,2 ming kishini tashkil qildi. Ushbu olti oy davomida o‘lim darajasi so‘nggi 9 yilning birinchi olti oylari, shu jumladan, pandemiya davriga nisbatan eng yuqori bo‘ldi.
O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ishlayotgan xorijiy til o‘qituvchilaridan kamida B2 darajadagi til sertifikatini talab qilish muddati 2025−2026 o‘quv yiliga qadar uzaytirildi. Ungacha B2 sertifikati bo‘lmagan o‘qituvchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi.
Asaka tumani ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘linmasi sobiq xodimi va tuman prokurori o‘rinbosari 15 ming dollar pora bilan ushlangandi. Ular sud hukmi bilan 6 yil 1 oy va 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Baliqchi tumanida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Nexia 2 avtomobilining 61 yoshli haydovchisi vafot etdi.
Qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh — insoniyat tarixining deyarli barcha davru davlatlariga ma’lum, hozirda kurrai zaminning kamida 10 foiz aholisi hayotiga taalluqli bir fenomen. “Gazeta.uz” chor-atrofimizda hanuz uchrab turuvchi ushbu hodisa mohiyati va oqibatlarini o‘rganishga harakat qildi.
Kattaqo‘rg‘on tumanida Nexia mashinasining mast haydovchi velosipedda 4 va 7 yoshli qizlari bilan ketayotgan yo‘lovchini urib yubordi. Oqibatda ota va kichik qiz voqea joyida halok bo‘ldi, haydovchi qamoqqa olindi.
Tashabbusli budjetda ketma-ket ikki marotaba g‘olib deb topilgan mahallalar (tashkilotlar) uchun navbatdagi ikkita mavsum doirasida loyiha kiritish imkoniyati cheklanadi. Ovoz berishdan avval 7 kunlik targ‘ibot bosqichi o‘tkaziladi. Ovoz berish bosqichi 20 kundan 10 kunga qisqartirildi.
Toshkentda YPX inspektorini avtomashinasi kapotida sudragan haydovchi 15 sutkaga qamaldi. U xodimning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatni davom ettirib, bir necha qoidabuzarliklar sodir etgan.
Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan Royal anor sharbati tarkibidagi E122 azorubin bo‘yog‘i me’yordan oshib ketgan, deb xabar qildi Texnik jihatdan tartibga solish inspeksiyasi. Ushbu bo‘yoq bolalarning faolligi va diqqatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Timur Kapadzening Olimpiadadagi ishtirok haqidagi fikrlari, bir nechta mahsulotlarda kamchiliklar aniqlagan Raqobat qo‘mitasi, elektr uchun to‘lovlarda ehtimoliy uzilishlar, Qozog‘istonga boradigan Shavkat Mirziyoyev va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Chust tumanidagi istiroxat bog‘ida attroksion texnik nosozlik sabab daraxt shoxiga urildi. Oqibatda 3 kishi yengil jaroxat oldi, 1 kishining oyog‘i sindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting