Jamiyat

Toshkentdagi Riviera majmuasida farrosh ayol lift shaxtasida halok bo‘ldi
4 fevral 2025, 00:44

Toshkentdagi Riviera majmuasida farrosh ayol lift shaxtasida halok bo‘ldi

Toshkent shahridagi Riviera savdo majmuasida farrosh ayol lift shaxtasini tozalayotgan vaqtda uskuna harakatlanishni boshlagan. Oqibatda xodim lift toshlari qisib qolishi oqibatida halok bo‘lgan. Ekspertiza tayinlandi, tekshiruv boshlandi.

3-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
3 fevral 2025, 23:49

3-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Yagona platformada yuritiladigan davlat organlari saytlari, kambag‘allikdan chiqarilgan 719 ming fuqaro, aviatsiya muzeyini ochish rejasi, “Halol” mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash tartibi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

O‘zbekistonda uy-joy qurilishida “Yagona hayotiy sikl” tamoyili joriy etilmoqda. Asosiylar
3 fevral 2025, 22:21

O‘zbekistonda uy-joy qurilishida “Yagona hayotiy sikl” tamoyili joriy etilmoqda. Asosiylar

Prezident “Uy-joyning yagona hayotiy sikli”ni joriy etish taklifini ma’qulladi. 1-iyuldan boshlab quruvchilar ulushdorlar mablag‘ini faqat notarial tasdiqlangan shartnomalar orqali jalb qilishi mumkin. Qurilish ishlarining kamida 30 foizi developerlarning o‘z mablag‘i hisobidan amalga oshirilishi kerak.

Prokuratura Andijonda voyaga yetmagan qizga jinsiy aloqa taklif qilgan shaxs ishini o‘rganmoqda
3 fevral 2025, 21:02

Prokuratura Andijonda voyaga yetmagan qizga jinsiy aloqa taklif qilgan shaxs ishini o‘rganmoqda

Andijonda er-xotin 13 yoshli qo‘shni qizga nisbatan shahvoniy shilqimlikda ayblanib, sud tomonidan 5 sutka qamoq va jarima jazosiga tortilgandi. Sud qarori yuzasidan apellyatsiya shikoyati esa qanoatlantirilmagan. Viloyat prokuraturasi mazkur sud hujjatlarini o‘rganishni boshladi.

Fonon zargarlik uyi qimmatbaho toshlar bo‘yicha oylik mahorat darslari seriyasini boshladi
3 fevral 2025, 19:00

Fonon zargarlik uyi qimmatbaho toshlar bo‘yicha oylik mahorat darslari seriyasini boshladi

Hilton mehmonxonasida brilliantlar, ularning haqiqiyligi va investitsion jozibadorligini baholashga bag‘ishlangan oylik Fonon mahorat darslari seriyasi boshlandi.

Tez yordamga 2024-yilda 2713 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi
3 fevral 2025, 18:08

Tez yordamga 2024-yilda 2713 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi

O‘zbekistonda 2024-yilda “103” xizmatiga 2713 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi. Eng ko‘p yolg‘on chaqiriq Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida kuzatilgan. Bunday chaqiriqlar o‘tgan yilga nisbatan 792 taga kamaygan.

O‘zbekistonda “Halol” mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash tartibi joriy etilmoqda
3 fevral 2025, 17:57

O‘zbekistonda “Halol” mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash tartibi joriy etilmoqda

Hukumat qarori bilan “Halol” mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash tartibi joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, 2025-yil 1-maydan boshlab sertifikatlangan mahsulotlar va xizmatlarni “Halol” belgisi bilan markirovka qilishni boshlash rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston chegarasidan o‘tishda avtotransportlar uchun elektron navbat tizimi joriy etiladi
3 fevral 2025, 17:38

O‘zbekiston chegarasidan o‘tishda avtotransportlar uchun elektron navbat tizimi joriy etiladi

O‘zbekiston davlat chegarasidan avtotransportda o‘tuvchilar endi avvaldan elektron navbat olib qo‘yishi mumkin. Navbatni Bojxona qo‘mitasining rasmiy veb sayti yoki navbatlarni boshqarish tizimi joriy etilgan kutish zonalarida olishi mumkin. Shuningdek, o‘tkazish punktlarida Fast track xizmati paydo bo‘ladi.

Toshkentda AQShga jo‘natishni va’da qilib, fuqarodan 20 ming dollar olgan shaxs ushlandi
3 fevral 2025, 16:12

Toshkentda AQShga jo‘natishni va’da qilib, fuqarodan 20 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Uchtepa tumanida fuqaroni 20 ming dollar evaziga AQShga ishlash uchun yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Unga nisbatan jinoiy ish ochildi.

Samarqandda fuqaro chinor daraxtini kesib, tabiatga 115 mln so‘m zarar yetkazdi
3 fevral 2025, 15:38

Samarqandda fuqaro chinor daraxtini kesib, tabiatga 115 mln so‘m zarar yetkazdi

Toyloq tumanida fuqaro o‘zi yashaydigan mahalladagi chinor daraxtini noqonuniy ravishda kesib tashladi. Oqibatda tabiatga 115 125 000 so‘m zarar yetkazdi. Bu ishda jinoyat alomatlari borligi sababli tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Andijonda erkak 13 yoshli qizga pul evaziga jinsiy aloqa taklif qildi, bu ishda uning xotini vositachi bo‘ldi
3 fevral 2025, 15:05

Andijonda erkak 13 yoshli qizga pul evaziga jinsiy aloqa taklif qildi, bu ishda uning xotini vositachi bo‘ldi

Andijon viloyatida er-xotin 13 yoshli qo‘shni qizga nisbatan shahvoniy shilqimlikda ayblanib, sud tomonidan 5 sutka qamoq va jarima jazosiga tortildi. Erkak o‘smirga pul taklif qilib, jinsiy aloqa qilmoqchi bo‘lgan, uning oldiga qizni xotini olib kelgan.

Toshkentda 203 kishi nomiga avtokreditlar rasmiylashtirgan olti shaxsga hukm o‘qildi
3 fevral 2025, 14:00

Toshkentda 203 kishi nomiga avtokreditlar rasmiylashtirgan olti shaxsga hukm o‘qildi

Sud 203 nafar fuqaroga avtokredit rasmiylashtirib, ularning har biriga 150−200 dollardan bergan olti nafar erkakka nisbatan hukm chiqardi. Banklar kartalardan qarzlarni yechib olishni boshlagan, kreditlarni rasmiylashtirgan firma xodimlari esa g‘oyib bo‘lgan. Ular jami 62 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan.

ASKO Comfort avtomobil egalari uchun qulaylik va yuqori sifat uyg‘unligini ta’minlaydi
3 fevral 2025, 13:00

ASKO Comfort avtomobil egalari uchun qulaylik va yuqori sifat uyg‘unligini ta’minlaydi

Avtomobil ehtiyojlari uchun ASKO Comfort ko‘chma servis do‘koni — shina, akkumulyator va diskalarni almashtirishni tez va samarali amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.

Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. U nima haqda?
3 fevral 2025, 11:49

Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. U nima haqda?

Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasining loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Konsepsiya davlatning dunyoviylik tamoyillarini ro‘yobga chiqarishga hamda mamlakatning taraqqiyoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

Samarqandda Onix haydovchisi YPX inspektorini mashina kapotida sudrab qochib ketdi
3 fevral 2025, 11:39

Samarqandda Onix haydovchisi YPX inspektorini mashina kapotida sudrab qochib ketdi

Samarqand shahrida Onix haydovchisi YPX inspektorining to‘xtash talabiga e’tibor bermay, uni avtomobil kapotida sudrab qochib ketdi. Xodim yerga yiqilib jarohat oldi, haydovchi ushlandi.

Hafta davomida harorat +15 darajagacha ko‘tariladi
3 fevral 2025, 11:10

Hafta davomida harorat +15 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda hafta davomida harorat asta-sekin ko‘tarilib boradi. Havo kechalari 0…+3 daraja, kunduz kunlari +12…+15 darajagacha iliydi.

Xorazm Transport boshqarmasi mutaxassisi 80 ming dollar pora olishda gumonlanmoqda
3 fevral 2025, 10:41

Xorazm Transport boshqarmasi mutaxassisi 80 ming dollar pora olishda gumonlanmoqda

Xorazm viloyati Transport boshqarmasi bosh mutaxassisi fuqarodan 135 ming dollar so‘rab, 80 ming dollarini olganlikda gumonlanmoqda. U 960 metr kvadrat maydonni ko‘p qavatli turar joy qurishi uchun rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

“Aviatsiya muzeyini ochish loyihasi muhokama qilinmoqda” — Uzbekistan Airways rahbari
3 fevral 2025, 09:55

“Aviatsiya muzeyini ochish loyihasi muhokama qilinmoqda” — Uzbekistan Airways rahbari

Transport vazirligi rahbarligida Toshkentda aviatsiya muzeyini tashkil etish masalasi ishlab chiqilmoqda, deya ma’lum qildi Uzbekistan Airways rahbari Shuhrat Xudoyqulov. Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha 2025-yilda hal qilinishi kerak.

O‘zbekistonda 3−9-fevral kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
3 fevral 2025, 08:07

O‘zbekistonda 3−9-fevral kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonda hafta davomida havo harorati asta-sekin ko‘tarilib boradi. Dam olish kunlari janubiy viloyatlarda hatto +20 darajagacha bo‘lgan bahoriy harorat kutiladi. Ish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, yakshanba kuni esa namgarchilik ortib, hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti 4 oyga yopiladi
2 fevral 2025, 11:44

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti 4 oyga yopiladi

Toshkent viloyatidagi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti 5-fevraldan boshlab vaqtincha yopiladi. 4 oy davomida postda qurilish va rekonstruksiya ishlarini yakunlash reja qilinmoqda. Fuqarolar va transport vositalarining harakati “Navoiy” postiga yo‘naltiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting