O‘zbekistonning uchta hududida qo‘shni davlatlardan olib kelingan giyohvand moddalar aylanmasiga chek qo‘yildi. Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Farg‘onaning Rishton tumanida kulolchilik tarixiga oid muzey tashkil etiladi. 1-aprelga qadar muzeyga ajratilgan binoning toifasi o‘z faoliyatiga to‘liq moslashtiriladi.
O‘zbekistonda farmatsevtika sohasining biofarmatsevtika, hujayra texnologiyalari, onkologiya kabi yo‘nalishlaridagi startap loyihalarni moliyalashtiradigan venchur jamg‘armasi tashkil etiladi.
Farg‘ona politexnika instituti va TATU Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona davlat texnika universiteti tashkil qilinadi. Yana uchta oliygoh negizida esa Qo‘qon davlat universiteti ochiladi.
2024-yilda O‘zbekistonda 2023-yilga nisbatan tug‘ilish 3,7 foizga kamayib, 926,4 mingta bola tug‘ildi. Bu 2017-yildan beri tug‘ilishning birinchi marta kamayishi hisoblanadi. Bundan tashqari, o‘limlar soni ketma-ket ikiinchi yil ko‘paydi, nikohlarda esa 2022-yilda boshlangan pasayish davom etmoqda.
Raqobat qo‘mitasiga 2024-yilda elektron tijorat sohasiga oid 1328 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 81,9 foizi ijobiy hal etilgan. Muammolarning aksariyati maishiy texnikaning nuqsonli ekani bilan bog‘liq.
Mirobod tumanida avtobus haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urildi. YTH oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q.
Seshanba kuni Toshkent havosi yil boshidan beri eng iflos darajaga yetdi. Aholi kun bo‘yi ijtimoiy tarmoqlarda bu havodan nafas olish xavfsizmi, kabi savollarni berdi. Ammo doimgidek na javob, na maslahat, na biror tavsiya taqdim qilindi.
2025-yilda O‘zbekistonda aholi xonadonlari, kichik biznes va ijtimoiy soha obyektlari energiya iste’molining kamida 40 foizi muqobil energiya manbalari — quyosh panellari va quyosh kollektorlarini o‘rnatish hisobiga qoplanadi. “Bu vazifaning bajarilishi so‘zsiz ta’minlanadi”, — dedi bosh prokuror o‘rinbosari.
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyiha menejeri, rossiyalik Ilya Puts olti oydan beri ish haqi to‘lamagani uchun Enter Engineering ustidan shikoyat qildi. Chilonzor tumani bandlik bo‘limi yordami bilan unga 57 ming dollar to‘lab berildi.
Uzbekistan Airways`ning Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan reysida o‘g‘il chaqaloq tug‘ildi. Jarayonga yo‘lovchilar orasida bo‘lgan shifokor-akusher va jarroh o‘z yordamini ko‘rsatdi. Shu sababli ekipaj Islandiyaning Keflavik shahridagi zaxira aerodromiga majburiy qo‘ndi.
O‘zbekistonda 3−18 yoshdagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda. Yil yakunigacha xizmatlar bilan 2 mingga yaqin nogironligi bo‘lgan bolalar qamrab olinadi. Bu ularning onalari uchun ishlash va ta’lim olish imkoniyatini yaratadi.
Senatorlar haydovchilarni tayyorlash, imtihonlar o‘tkazish va guvohnomani berish tartibini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Avtoraqamlarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, berish, ulardan foydalanish yoki qalbakilashtirish ham jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Prezident Nukus va Namangan davlat texnika universitetlari tashkil etish to‘g‘risidagi qarorlarni imzoladi. Universitetlarda yuridik shaxs maqomisiz Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Uchtepa tumanidagi tikuvchilik korxonasining omborida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa 4 soatda bartaraf etildi. FVBga ko‘ra, yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.
Lukashenkoni saylovdagi g‘alaba bilan tabriklagan Mirziyoyev, mansabdorlarning jinoyatidan ko‘rilgan 3,6 trln so‘m zarar, Toshkentda ochiladigan Turkiy davlatlar xalqaro universiteti, bir yilda 57 foiz oshgan metropoliten yo‘lovchilari soni va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
O‘zbek-qozoq chegarasidagi “Navoiy” — “Qoplonbek” chegara bojxona posti qayta qurilishdan so‘ng ochildi. U 2022-yilning noyabrida modernizatsiya ishlari sabab yopilgandi. Post yonida avtoturargoh qurildi, xalqaro yo‘nalishdagi avtotransportlar uchun elektron navbat tizimini yo‘lga qo‘yish ham kutilmoqda.
Seshanba kuni ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi. Chorshanbadan sovuq havo massalari butun respublikaga tarqala boshlaydi, qor va yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 0…-8, kunduzi 0…+5 darajagacha pasayadi.
Qoraqalpog‘iston va Qozog‘iston o‘rtasidagi “Tajen” — “Dovut ota” chegara o‘tkazish punktlarida harakatlanish 1-fevraldan vaqtincha to‘xtatiladi. Uch oy davomida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Cheklov ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarga tatbiq etilmaydi.
Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi. Universitetda ta’lim jarayoni Turkiya oliy ta’lim tashkilotlarining o‘quv dasturlari asosida olib boriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting